Масъул муҳаррир


MAKTABGACHA TA’LIMDA JISMONIY TARBIYA METODIKASINING PREDMETI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet455/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
MAKTABGACHA TA’LIMDA JISMONIY TARBIYA METODIKASINING PREDMETI 
VA ASOSIY TUSHUNCHALARI
 Tursunova Habiba Berdimurodovna 
 Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-sonli ayrim fanlar
 chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabi
 jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi 
 Tel:+998936120014 Email : Turhabiba1970@inbox.uz
Annotatsiya: Jismoniy tarbiya nazariyasining fanlar tizimida tutgan o‘rni va jismoniy tarbiya 
nazariyasining tadqiqot metodlari haqida so‘z yuriladi 
Kalit so‘zlar: Slayd shou, videolavhalar, animatsiyalar, videoroliklar 
Jismoniy tarbiya nazariyasi inson jismoniy kamolotini boshqarishning umumiy qonuniyatlari 
haqidagi fandir. Nazariyani egallash jismoniy tarbiyaning barcha bug‘inlariga tegishli masalalar-
ni hal qilishga to‘g‘ri yordoshish imkonini beradi. 
Jismoniy tarbiyani nazariyasi jismoniy tarbiya tizimining maqsadi, vazifalari, xususiyatlari, 
prinsplarini o‘rganadi., umuminsoniy tarbiyaning boshqa tomonlari, axloqiy, nafosat tarbiyasi bilan 
mehnat tarbiyasi bilan aloqasini ochib ko‘rsatadi. Bunda jismoniy tarbiya vositalarini o‘rganishga, 
jismoniy mashqlarga o‘rgatish prnsiplarini, usul va metodlarini ochishga, harakat ko‘nikmalarni 
shakllantirishga va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, sport bilan shug‘ullantirishning umumiy 
asoslarini ishlab chiqishga, jismoniy mashqlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar turli shakl 
va usullariga (jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, ertabki badantarbiya va boshqalar), shuningdek 
jismoniy tarbiyadan bo‘ladigan ishlarni rejalashtirish va hisobga olishga katta e’tibor beradi. 
Jismoniy tarbiya tizimi butun tarbiya va ta’lim tizimining ajralmas qismi va unda g‘oyaviy, 
mafkuraviy, ilmiy-metodik, dasturiy-miqdoriy asoslari, shuningdek, mamlakatda fuqarolar 
jismoniy tarbiyasini amalga oshirishiga va nazorat qilishga qaratilgan tashkilot va muassasalar 
mujassamdir. 
Jismoniy tarbiyaning maqsadi shaxsni hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga tayyorlashdan 
iborat. Bu maqsad mamlakatimizda fuqarolar jismoniy tarbiyani amalga oshiradigan barcha 
tashkilotlar uchun yagonadir. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadga ko‘ra quyidagi vazifalarni hal etishni ko‘zda tutadi:
Sog‘lomlashtirish vazifasi: sog‘liqni mustahkamlash, har tomonlama jismoniy rivojlantirish, 
badanni chiniqtirish, kishilarning umri va ijodiy hayotini uzaytirishni ta’minlash.
Ta’limiy vazifasi: harakat ko‘nikmasi va malakasini shakllantirish, jismoniy sifatlarni tarbiyalash 
(tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik va boshqalar), maxsus bilimlarni egallash, tashkilotchilik 
qobiliyatini oshirish.
Tarbiyaviy vazifasi: shaxsni aqliy,axloqiy,estetik jihatdan rivojlantirish va mehnat faoliyatini 
oshirishga ko‘maklashish.
Bu vazifalar shug‘ullanuvchilarning yosh xususiyatini, sog‘ligini, jismoniy rivojlanishini, 
jismoniy tayyorgarligini va qiziqishini hisobga olib oydinlashtirilishi mumkin. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi amaliyotni yagona nazariy asoslar bilan qurollantiradi va bu bilan 
uning yagona takomillashishiga yordamlashadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasidagi asosiy tushunchalar
Jismoniy rivojlanish.
Jismoniy tayyorligi.
Jismoniy kamolot.
Jismoniy tarbiya.
Jismoniy tayyorgarlik.
Jismoniy ta’lim.
Jismoniy mashqlar.
Harakat faoliyati.
Sport.
Jismoniy madaniyat.
Jismoniy harakatlar.
Jismoniy rivojlanish – bu kishi organizmi shakl va funksiyalarining o‘zgarish jarayonidir. 


655
10
«Jismoniy rivojlanish» iborasi tor ma’noda qo‘llanilganda, u antropometrik va biometrik 
ko‘rsatkichlarni anglatadi (buy, gavda og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pkalarning tiriklik 
sig‘imi, qaddi-qomatining holati) va boshqalar. «Jismoniy rivojlanish» iborasi keng ma’noda 
qo‘llanganda unga jismoniy sifatlar (tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, 
ko‘z bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi.
Jismoniy tayyorligi – bu harakat ko‘nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning meyoriy 
ko‘rsatkichidir.
Jismoniy kamolot – bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog‘liqning, 
hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori 
bosqichidir.
«Jismoniy kamolot» o‘sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish, shuningdek kishilar 
ehtiyojining o‘sishiga qarab o‘zgarib turadi.
Jismoniy tarbiya – bu jismoniy kamolotga erishishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. 
Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahlokiy, estetik va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
Jismoniy tayyorgarlik – bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo‘nalganligidir (aktyor, uchuvchi, 
kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U konkret kasb xususiyatiga ko‘ra 
o‘tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, o‘tkazish metodikasining o‘ziga 
xosligi bilan xarakterlanadi.
Jismoniy ta’lim – jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko‘nikma va malakalarini 
egallashdan iborat bir turi.
Jismoniy mashqlar – harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari 
(harakatli o‘yinlar) bo‘lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida tanlab 
olingan. «Mashq» iborasi harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi.
Moddiy boyliklarga sport inshootlari (stadionlar, sport zallari, basseynlar, tennes kortlari…), 
jismoniy tarbiya jihozlari, maxsus kiyim, poyabzal… kiradi, shuningdek kishilarning jismoniy 
kamolot darajasi ham kiradi.
Ma’naviy boyliklarga esa jismoniy tarbiya haqidagi fan va san’at asarlari (adabiyot, 
haykaltaroshlik, rang-tasvir, grafika, muzika …) mansub.
Jismoniy harakat – ijtimoiy harakatning o‘z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi darajasini oshirish 
va sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qo‘ygan maxsus turi. U davlat, jamoat 
tashkilotlari va xalq ommasining jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish sohasidagi maqsadga 
yo‘naltirilgan faoliyatini ko‘zda tutadi.
Bu tushunchalarni o‘zlashtirish talabalarga maxsus adabiyotlarni tushunish, yozma ishlarni 
savodli bajarish, shuningdek, ulardan bolalar va kattalar bilan muomilada foydalanish imkonini 
beradi. 
Jismoniy tarbiya nazariyasining fanlar tizimida tutgan o‘rni. Jismoniy tarbiya nazariyasi 
ijtimoiy, tabiiy va pedagogik fanlar bilan bog‘liqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Raximqulov K.D. Harakatli o‘yinlar 
2. Xo‘jaev F, Murodov M, Mirsolixov.S. “Xalq milliy o‘yinlari” 1-qism. 
3. Normurodov A.N. O‘zbek milliy o‘yinlari 
Elektron manbalar:
1. www.tdpu.uz 
2. www.pedagog.uz 
3. www.ziyonet.uz 
4. www.edu.uz 


656

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish