10
BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING PEDAGOGIK FAOLIYATGA BOG‘LIQLIGI
Turobova Xusnora Baxtiyorovna
Navoiy viloyati Karmana tumani
7 - maktab boshlang‘ich fan o‘qituvchisi.
Telefon: +998 (91) 309 78 18
Anotatsiya: Ushbu maqolam orqali pedagogik faoliyat yordamida barkamol avlodlarning
tarbiyasida insonparvarlik, ma’naviy yetuklik hissini rivojlantirish yo‘llarini yoritganman.
Kalit so‘zlar: Mahorat, ta’lim, insonparvarlik, ma’naviy yetuklik.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq milliy
va
umuminsoniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, jamiyat taraqqiyotiga о‘z hissasini qо‘shishga qodir, jismoniy
va ma’naviy yetuk avlodni kamolotga yetkazishga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar - har bir yurt va millatning betimsol boyligi, buyuk salohiyati hamda kuch-qudrat
manbai ekan, taraqqiyotga intilayotgan jamiyat u haqda g‘amxо‘rlik qilishni birinchi galdagi
vazifasi deb bilishi tabiiy. Binobarin, yoshlarga g‘amxо‘rlik kо‘rsatish yurt va millat kelajagi
tо‘g‘risida qayg‘urmoq demakdir.
Ma’naviy barkamol avlod tushunchasi keng qamrovli, serqirra tushuncha. Ma’naviy barkamol
inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson
tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi.
Shuning uchun ma’naviy barkamol insonni, sog‘lom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb
masala. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki Sharqona axloq-odob
va umumbashariy g‘oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy
barkamol, komil inson hisoblanadi.
Ma’naviy barkamolllik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq atvor normalari, axloq
odobi bilan bevosita aloqadaorligi bilan ajralib turadi. Ma’naviy barkamol kishilar taqdiri va
farovonligi, Vatan taqdiri va uning ravnaqi о‘ylaydilar. Ular mutelikda, qaramlikda yashashni
istamaydilar.
Komil insonni voyaga yetkazishdan iborat keng kо‘lamli vazimfalar bugun oldimizda
turgan ulkan maqsadlar bilan bevosita uyg‘unlashuvchi jarayondir. Mustaqillik yillarida komil
insonga hos muhim xususiyatlardan biri sifatida shaxsning ozodligi, ham fikran, ham ruhan
erkinligiga keng e’tibor berayotganligi, “Komil inson” konsepsiyasiga nazariy boshlab bergan
yangi bosqichidir. Mazkur bosqichning muhim jihati erkin fikrlovchi,tadbirkorlik, matonat
kabi kо‘plab asl insoniy hislat va fazilatlar majmuidir. Komil inson hoyasi azal-azaldan
xalqimizning ezgu-orzusi, ma’naviyatimizning uzviy bir qismi bо‘lib kelgan. Ibn Sino, Beruniy,
Farobiy, Navoiy kabi mutaffakkirlarning komil insonni tarbiyalash haqidagi fikrlari jamiyat
taraqqiyotidagi yangi ma’naviy imkoniyatlar izlash maqsadlari bilan bog‘langan. Komil inson
qullik, mutelik, boqimandalikdan batamom xalos bо‘lgan inson. Komil inson о‘z maslagi, Vatani,
xalqi manfaatlariga yot, zararli g‘oyalarni tarqatayotgan kimsalar ortidan kо‘r-kо‘rona ergashib
ketavermaydi, ogog‘ va faol bо‘ladi.
Komil insonlarning siyrat va suratida ilog‘iylik va insoniylik mujassamdir, zotan ilohiylikni
insoniylikdan va insoniylikni ilohiylikdan ajratib tasavvur qilib bо‘lmas. Ulug‘ insonlardagi
qudrat va karomat, ma’naviylik yetuklik ularning taqvolari evaziga tangri taolo bergan bir ilohiy
ne’mat, tangri taolo qudrati va kamolotining muayyan miqdordagi ifodasi va davomidir.Shuning
uchun komil insonlar hayotini о‘rganish va insonlar hayotini о‘rganish va insonning о‘zini, ham
Allohning tanish va bilish kalitidir. Buyuk vatandoshimiz Shayx Najmiddin Kubro tasavvuf
ta’limotining Kubroviya yо‘nalishiga asos solgan mashhur mutafakkirdir. Shayx Najmiddin
Kubro “Tasavvufdagi komil inson tushunchasi ilohiylik va insoniylik tbassumining mukammal
va oliy darajasi, odamlarni olamni butunlikda, asil uyg‘unlikda kо‘rish orzu hayollari, kamolot
mash’ali bо‘lish barobarida aniq va shaxslar, ya’ni valyulloh insonlar rutbasini tan olish va
qonunlashtirish hamdir. Chunki komil inson barcha ilmlardan, zohiriy va botiniy donishdan
boxabar, qalbida g‘ayb asrori jо‘sh urib turgan zot” – deb ta’riflaganlar. Shayx Najmiddin Kubro
inson zakovati va aqliy – vajdiy qobiliyatiga yuksak baho berib, aytadiki: “Viloyat (valiylik)
odam bolasiga azaldan nasibadir, chunki odam Parvardigorning suygan maxluqi, Parvardigor
odamga aql bergan, uni kuchli mavjudotdan afzal qilib yaratgan”.
651
10
Har qanday jamiyatning rivoji, istiqboli, qudrati oxir-oqibatda har jihatdan inson omiliga
borib taqalar ekan, demak bizning hozirgi vaqtda о‘z oldimizga qо‘ygan kelajagi buyuk, xuquqiy
demokratik, davlat, erkin fuqarolik jamiyatni barpo etishdek buyuk maqsadimizning tо‘la ma’noda
ruyobga chiqishi, avvalo mamlakat yosh avlodini qay kо‘rinishda tarbiya olib, kamolotli shaxslar
sifatida kamol topib borishlariga bog‘liqdir.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy hayot sari shaxsdagi kirib kelayotgan hozirgi yoshlarning tafakkuri, ongi
va dunyoqarashida otashin millatparvarlik, milliy g‘urur, milliy iftixor, vatanparvarlik, о‘zi tug‘ilib
voyaga yetgan zaminga, uning fuqarolariga mislsiz mehr-muxabbat, fidoyilik, sadoqat tuyg‘ularini
kamol toptirish, ularni shu tarzda tarbiyalab voyaga yetkazish, ma’rifatli ilm fan va madaniyat
sohasi xodimlari oldida turgan umumdavlat va dolzarb ahamiyatga ega vazifa hisoblanadi.
О‘zbekistonimizning kelajak bunyodkorlari bо‘lgan navqiron yoshlarimiz taqdiri va uning
istiqbolini yoshlar qо‘liga ishonib topshirib qо‘yganligi hali yoshlar uchun katta imkoniyatdir.
Shuning uchun bunday yoshlarni xarakterlovchi eng muhim xususiyatlar, xossalarni tadqiq
etishimiz lozim. Insonparvar demokratik jamiyat qurish jarayonida sodir bо‘layotgan tub sifatiy
о‘zgarishlar, yangi tipdagi barkamol inson shaxsini shakllantirishni kun tartibiga qо‘ymoqda.
Zero shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrning zarur talablaridan kelib chiqqan holda fikr
yuritib, kelajagimiz yaratuvchilari bо‘lgan yoshlarimizning ongi-tafakkuriga ezgulik urug‘ini
qadab, ularni barkamol va komil insonlar qilib tarbiyalash, voyaga yetkazish, xaqiqiy vatanparvar,
yurtparvar va insonparvar darajasiga yetkazish demokratik tamoyillar yо‘lidan izchil ilgarilab
borayotgan О‘zbekistonimiz oldida turgan eng asosiy vazifa bо‘lib qolmoqda.Har qanday jamiyat
ma’naviyat madaniyatning tarkibiy qismi, boy bilim olami bо‘lib, u insonni qayerda yashashi
va harakat qilishini, umuman, dunyodagi va jamiyatdagi о‘rnini belgilashga yordam beradi.
Pedagoglarning xuquqiy tarbiya borasidagi asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat, deb
о‘ylaymiz. Maqsad - davlatimizning «Yagona demokratik davlat barpo qilish» vazifasini amalga
oshirish uchun qilayotgan sa’y-harakatlariga faol ishtirok etib, yosh avlod ongiga milliy g‘oya va
mafkura asoslarini tо‘g‘ri singdirish, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak fuqarolik his-tuyg‘ularini
mujassamlashtirgan barkamol avlodni tarbiyalash.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mavlonova R. va boshq. Pedagogika. – T.: O‘qituvchi, 2001.
2. Kaldibekova A.S., Xodjayev B.X. O‘quvchilarning bilish faolligini oshirish yo‘llari – T.,
2006.
3. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi., Nasaf, 2000
652
Do'stlaringiz bilan baham: |