10
BOSHLANG‘ICH SINFLARNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Valiyeva Nigora Abduxamedovna
Toshkent shahri Yunusobot tumani
21-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: Zamonaviy sharoitda o‘quvchilarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish,
o‘qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega
ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o‘yinlar, muammoli
o‘qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash o‘qitish)
va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda.
Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiyalar, interfaol ta’lim, didaktik o‘yin, sinov darslari,
muommoli ta’lim.
Pedagogik texnologiya o‘quvchiga ta’lim jarayonining subyekti — faol ishtirokchisi,
o‘qituvchiga jarayonning tashkilotchisi, boshqaruvchisi sifatida qarashni talab etadi. Pedagogik
texnologiyalar bo‘yicha o‘qitishda butun o‘quv vaziyati boshqaruv obyekti sanaladi. Ta’limni
boshqarish maqsadli bo‘lib, o‘quvchining ma’naviytini yuksaltiradi. Ta’lim jarayoni demokratik,
rag‘bat lantiruvchi uslubda tashkil etiladi. O‘quvchining shaxsiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlash,
o‘qituvchi shaxsining ochiqligi, ularning hamkorligi o‘zaro ishonchli munosabatni yuzaga
keltiradi. Pedagogik texnologiya o‘ziga xos tamoyillarga ega:— muayyan dars, mavzu, qism,
o‘quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish; — umumiy maqsaddan kelib
chiqib, darsni yoki o‘quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsadni va
modullar ichida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar tizimini aniqlab olish; — modul ichida
yechiladigan masalalarning har biri bo‘yicha test savollarini tuzib chiqish; — maqsadga yetish
usullari tanlanib, ularni ishlatadigan aniq joylarni belgilab olish;
— dars qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqlikka va fanlararo aloqalarga alohida e’tibor qaratish.
Yangi pedagogik texnologiyalarga oid adabiyot va maqolalarda bir qator innovatsion o‘qitish
usullari haqida so‘z yuritilmoqda. Shulardan modulli ta’lim texnologiyasini tahlil qilamiz.
Bu o‘quvchilarda darslik, ilmiy-ommabop va qo‘shim cha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash
ko‘nikmalari, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantiradi. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining
asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini birgalikda bajarish emas, balki o‘quvchilarni hamkorlikda
o‘qishga o‘rgatish, ular o‘rtasida o‘zaro yordam va fikr almashinuvini vujudga keltirish.
Muammoli ta’lim texnologiyasi. Muammoli vaziyat yaratish, savollar qo‘yish, masalalar va
topshiriqlarni taklif qilish, muhokama uyushtirish va xulosaning to‘g‘riligini tasdiqlashdir.
Interfaol metod texnologiyasi. O‘quvchilarning ijodkorligiga tayanish, darsda erkin bahs-
munozara sharoitini tug‘dirishga qaratilgan. Buning uchun sinf kichik guruhlarga bo‘linadi va
dars davomida shu guruhlar bilan ishlanadi.
Didaktik o‘yinlar texnologiyasi. Darsda turli didaktik o‘yinlarni qo‘llash orqali jonlanish, faol
harakat va qiziqish uyg‘otish.
Sinov darslari. O‘quvchilarning muayyan bilim va ko‘nikmalarini test topshiriqlari yoki
nazorat varaqlari orqali sinash maqsadida o‘tkaziladigan darslar.
O‘yinlar vositasida o‘quvchilarga yangi bilim berish, ko‘nikma hosil qilish, kichik guruh
a’zolarining ijodiy qobiliyatini rag‘batlantirish mumkin. O‘yinlar maqsadiga ko‘ra, 7 turga
ajratiladi:
1. Guruh bo‘lib ishlashga qaratilgan o‘yinlar guruh a’zolarining o‘zaro tanishishiga yordam
beradi, guruh bo‘lib ishlash ishtiyoqini tug‘diradi, a’zolarning o‘zini erkin his etishlarini
ta’minlaydi.
2. Umumiy qiziqishlarni aniqlashga yo‘naltirilgan o‘yinlar guruh a’zolarining ichki munosabatini
tez tiklashga yordam beradi. Guruhning yangi a’zolari (o‘quvchilar) sharoitga moslashishiga
yordam beradi.
3. Guruhning birligini qo‘llab-quvvatlovchi o‘yinlar o‘zaro munosabat o‘rnatishga yordam
beradi, birlik, jipslikni mustahkamlaydi.
4. O‘zaro bog‘lovchi o‘yinlar bir mavzudan ikkinchi mavzuga yengillik bilan, tabiiy o‘tishni
ta’minlaydi. Turli tushunchalarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi.
664
10
5. Rag‘batlantiruvchi o‘yinlar guruh bo‘lib ishlashga rag‘batlantiradi, murakkab mavzularni
muhokama qilishga yordam beradi.
6. Ijodkorlikni rag‘batlantiruvchi o‘yinlar ta’limda innovatsion metodlarni qo‘l lashga yordam
beradi, o‘yin qatnashchilari o‘zlarining yangi qirralarini kashf etadi, yangilikni qabul qilish
ko‘nikmasi shakllanadi.
7. Yakunlovchi o‘yinlar katta mavzularni o‘rganishni yakunlash, egallangan bilim va
ko‘nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi, ta’limning innovatsion metodlarini baholash va
unga munosabat bildirishga o‘rgatadi.
Ta’lim jarayonida qo‘llangan har bir o‘yin yakunida o‘qituvchining sharhiga vaqt ajratiladi.
Bunda u yoki bu o‘yin guruh a’zolari tomonidan qanday qabul qilingani, guruhda qanday g‘oyalar
tug‘dirganini sharhlashga e’tibor beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G‘afforova T., Nurillayeva Sh., Haydarova O. Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili va
o‘qishdan didaktik materiallar. Toshkent. 2004.14-b.
2. Qosimova K, Matchonov S, G‘ulomov X, Yo‘ldosheva Sh, Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish
metodikasi. – Toshkent: “Nosir”, 2009. – 352 bet.
3. “Pedagogik mahorat” A.Xoliqov Toshkent 2011
665
Do'stlaringiz bilan baham: |