640
10
uchun ham “Mahalla ham otang, ham onang”, deb bejiz aytlimagan.
Endi ta’lim – tarbiyaning asosiy o‘chog‘i maktablarda tarbiyaviy ishlar haqida ham o‘z
mulohozalarimizni bildirmoqchimiz.To‘g‘ri maktablarimizda bu sohada ma’lum ishlar va tadbirlar
o‘tkazilmoqda. Boshlang‘ich sinflardan boshlaboq “Odobnoma” darslari o‘tilmoqda. Biroq
darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarda o‘quvchi nima bilan bandligi, qaysi to‘garaklarga qatnashishi,
badiiy kitob o‘qiyotganligi haqida ota-onalar aksariyatining xabari yo‘q.Chunki, bola o‘zidagi
yaxshi fazilatlarni badiiy kitoblardan oladi.Shuning uchun badiiy kitobga qiziqtirish yoshlar
tarbiyasida muhim bosg‘ich hisoblanadi.Bundan tashqari maktabda “Vatan tuyg‘usi”, “Manaviyat
asoslari” va shu kabi fanlar o‘tilib, yoshlarimiz tarbiyasida bu fanlarni o‘rganishning ham o‘ziga
xos o‘rni bor. Tarbiya nafaqat ijtimoiy – gumanitar fanlarni o‘rganishda balki tabiiy-ilmiy fanlarni
o‘rganishda ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.Tabiiy – ilmiy fanlardan ta’lim berishda ham
Yusuf Xos Hojib, al – Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Abdulla Avloniy, Shayx Abu Mansur
Matrudiy va shu kabilar ijodiy faoliyati hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan rivoyatlar, hikoyatlar
hamda ularning ibratli hikmatlaridan foydalanish ham o‘zining ijobiy
pedagogik samaralarini
berishi shubhasiz.Bular orqali yoshlarimiz ongida o‘tmish - ajdodlarimizga hurmat uyg‘otiladi.
Shu bilan umumta’lim maktablardagi yoshlarimizni tarbiyalash balki ularni milliy tarbiyamizni
targ‘ibot qilishga ham tayyorlanishimiz zarur bo‘ladi.
Bu borada Institut, kollej, litsey va umumta’lim maktablarimizda viloyat va respublikamizning
ko‘zga ko‘ringan fan namoyondalari, murabbiylar, xalqimiz sevgan shoirlar va sa’natkorlar
bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda bu esa yosh avlodning tarbiyasiga o‘zining ijobiy ta’sirini
ko‘rsatmoqda.
Mustaqil O‘zbekiston Respubliksini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi ham kelajagi buyuk davlat barpo etish, xalqning maqsad muddaolarini
amalga oshirish, milliy istiqlol g‘oyalarini yoshlar qalbi va ongiga singdirishdan iboratdir.
Oldimizga qo‘ygan maqsadni amalga oshirishda avval yo‘l qo‘ygan
kamchiliklarni bartaraf
etishga bugungi kunda to‘liq tarixiy, ma’naviy, ma’rifiy, ijtimoiy tashkiliy va eng asosiysi pedagogik
asarlarimiz bor, chunki xalqimiz ongiga va qalbiga bunyodkorlik g‘oyalarini singdirishga bo‘lgan
urinishlar va kurashlar uzoq tarixga ega.Jumladan, Shayx Abu Mansur Matrudiyning “Pandnoma”
asarida har bir bobida ota-onalar va ustoz murabbiylar uchun bola tarbiyasida kerakli va juda muhim
pandu-nasixatlar berilgan bo‘lib, diniy va dunyoviy bilimlarni beruvchi juda tarixiy asarlardan
biri, undan tashqari Yusuf Xos Hojibning turkiy adabiyotning nodir namunasi, 1069—70 yillarda
yaratilgan.„Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“) asari ham bola tarbiyasi uchun juda
muhim qo‘llanmalardan biri hisoblanadi.
Yana bir insoniyatning 3000 yillik ongli tarixiy-madaniy tajribasi. Eng qadimgi yozma
obidalarimiz bo‘lgan “Avesto” da ham bunyodkorlik tarannum etilgan.Undagi “Ezgu fikr, ezgu
so‘z, ezgu amal” tizimi kishilarni insonparvarlikka, faollikka, yaratuvchanlikka, pokizalilikka,
adolatlilikka, ya’ni kishilarni o‘zligini anglab yashashiga undaydi.G‘oyaviy tajovuzlarga qarshi
tura oladigan har tamonlama barkamol yetuk insonlarni tarbiyalash
zaruriyati xalqimiz va
jamiyatimiz manfaatlarini mos, ya’ni mafkurasini shakllantirishni taqozo etmoqda.
Bu borada mamlaktimizning barcha ta’lim muassasalarida har haftada bir kun “Ma’naviyat
kuni” sifatida mashg‘ulotlar olib boriladi.Bu kuni asosan ta’lim oluvchilarmizga ma’naviy–
axloqiy tarbiyalar beriladi.Ular ma’ruzalar, uchrashuvlar, turli badiiy kechalar, ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlar, ekskursiyalar,kino va teatrlarga ommoviy borish orqali amalga oshiriladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, insoning insonligi ham avvalo ma’naviy – axloqiy
jihatdan barkamolligi bilan belgilanadi.
Barkamol inson tarbiyasi esa ma’naviy – axloqiy tarbiya bilan bevosita bog‘liq, quyidagi
xislatlarni o‘zida aks ettirmog‘i lozim:
-U ota – onasi, farzandlari, qarindoshlari, butun oila a’zolari qo‘ni-qo‘shnilari, mahalla – ko‘yi,
hamqishloqlari va butun mamlakat xalq faravonligi haqida qayg‘u uradi;
-U atrofdagi insonlarni o‘ziga kerakligini xis etadi va o‘zi ham ularga kerakli kishi bo‘lishga
intiladi;
-U odob-axloqli, fe’l-atvori yoqimli bo‘lishini insoniy burch deb hisoblaydi;
-U ota-bobolaridan yodgor bo‘lib qolgan
madaniy merosni qadrlaydi,milliy qadryatlarni
e’zozlaydi ba ularga sodiq bo‘lib qoladi;
-Unda vatanparvarlik, xalqparvarlik,insonparvarlik tuyg‘ulari barqaror bo‘ladi;
-U o‘zaro muomila munosabatda doimo o‘rnak bo‘lishga moyil bo‘ladi;
641
10
-U birovning og‘irini yengil qilishni odat qiladi;
-Umumxalq ma’qullagan konstitutsiyani hurmat qiladi va unga sadoqat namunalarini amalda
ko‘rsatadi;
-Vatanni himoya qilish, ya’ni harbiy-vatanparvarlik
ruhida yashaydi;
-Diyonat va adolat, mehr-shavqat va ezgulikni himoya qiladi va va’daga vafoli bo‘ladi va shu
kabilar.
Demak, inson ongi qanchalik rivojlansa u o‘zini shunchalik chuqurroq anglay boshlaydi,
aksincha o‘zini chuqurroq anglagan insoning ongi kuchliroq rivojlanadi.Bu esa biz o‘qituvchi
– murabbiylardan yoshlarimizni tarbiyalab ta’lim berishni taqozo etadi, chunki tarbiyalangan
insongagina ta’lim berish jarayoni samarali kechadi. Abdulla Avloniy aytganlaridek “Tarbiya biz
uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir”
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respubliksini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
PF-4947 sonli farmoni
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch- Toshkent “Ma’naviyat”, 2008, B. 60-62
3. Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019 –yil 31-dekabrdagi VM-1059 sonli qarori