Масъул муҳаррир


 PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR TUSHUNCHASI VA UNING ASPEKTLARI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet448/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
 PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR TUSHUNCHASI VA UNING ASPEKTLARI
To‘xtaboyeva Nilufar Pulatovna
 Andijon viloyti Izboskan tumani
 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +99899 430 27 05
Annotatsiya: Ensiklopedik lug‘atda texnologiya so‘ziga shunday ta’rif beriladi: texnologiya – 
bu “biror-bir material, yarim fabrikat, yoki xomashyoni qayta ishlash, tayyorlash, uning holatini 
o‘zgartirish, xususiyatlarini boshqacha qilishga yo‘nalitirilgan metodlar majmuasidir”.
Kalit so‘zlar: texnologiya, tizim, pedagogik texnologiya, faoliyat aspekti, eng ahamiyatlilari 
ijtimoiy, falsafiy, metodologik, didaktik, pedagogik, psixologik, fiziologik, gigenik, mafkkuraviy 
huquqiy-me’yoriy, iqtisodiy, tarixiy, nazariy, amaliy, kommunikatsiyalar va texnologiyalar 
assotsiatsiyasi.
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida 
uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlari shu faoliyatdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini 
yaratuvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Pedagogik texnologiyaning 
mazmuni esa o‘qituvchi, tarbiyachi tomonidan o‘quvchi (ta’lim oluvchi)ga aqliy, ruhiy, axloqiy 
jihatdan turli usulda ta’sir o‘tkazishdan iboratdir. 
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo‘ldi va turli rivojlanish bosqichlaridan 
o‘tib kelmoqda. Dastlab bu tushuncha 1940-yillardan 50-yillar o‘rtasigacha „ta’lim texnologiyasi” 
deb qo‘llanilib, o‘quv jarayonida audio-vizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan. 
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrning o‘rtalarida AQShda qo‘llana boshlagan. 
Bunda „pedagogik texno logiya” va „ta’lim texnologiyasi” atamalari faqat texnika vositalari 
yordamida o‘qitishga nisbatan qo‘llangan edi. O‘tgan asrning 50-yillari o‘rtasidan 60-yillargacha 
„ta’ lim texnologiyasi” atamasi qo‘llanilib, bunda dasturlashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan. 
70-yillarda “pedagogik texnologiya” atamasi qo‘llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va 
aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o‘quv jarayonini ifodalagan. 1979-yilda 
AQShning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik 
texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi: „Pedagogik texnolo giya bilimlarni o‘zlashtirishning 
hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, muammoning yechimini 
baholash va uni boshqaruvchilar, g‘oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini o‘z 
tarkibiga oladigan kompleks integrativ jarayondan iborat...”. 80- yillarning boshidan pedagogik 
texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. 
Pedagogik texnologiya — bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha 
qilib aytganda, pedago gik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir. Pedagogik texnologiya — 
bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir. 
Hozir ta’lim-tarbiya sohasida rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri — zamonaviy 
pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llash bo‘lib, uni amalga oshirish dolzarb 
vazifalardandir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o‘z bilim va tajribalarini 
o‘sib kelayotgan avlodga o‘rgatishdan iborat bo‘lib, bu jarayonda, asosan, inson hayoti uchun 
zarur axborotlarni avloddan-avlodga uzatish amalga oshiriladi.Insoniyat hayoti axborotlar bilan 
chambarchas bog‘liq. Boshqacha aytganda, insonning har bir harakati axborot olish va uzatish 
yoki undan foydalanish, uni o‘rganish, o‘zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat. Shuning 
uchun ham hozirgi insoniyat sivilizatsiyasini axborot sivilizatsiyasi deb ataladi. Zamonaviy 
«texnologiya» iborasi umumlashma ibora bo‘lib, u o‘z mazmunida uch asosiy aspektni qamrab 
oladi: 

1-ilmiy aspekti – texnologiya - ma’lum bir muammoning ilmiy asoslangan yechimi 
hisoblanadi. Mazkur yechim ilg‘or tajriba va psixo-pedagogik nazariya natijalariga asoslanadi;

2-Shakl va bayon aspekti – texnologiya – bu rejalashtirilgan jarayondagi ishlatiladigan 
maqsadlar, metodlar, vositalar, jarayonlar majmuasi hisoblanadi;

3-Jarayon va faoliyat aspekti – texnologiya – faoliyatni namoyon etish jarayoni hisobla-
nadi. Mazkur faoliyat yuqorida ta’kidlangan maqsadlar, metodlar, vositalar jarayonlardan iborat 


643
10
bo‘ladi. Ularning ketma-ketligi, o‘zaro muvoffiqlashuvi va amal qiilsh qonuniyatlari texnologik 
faoliyat jarayoni va faoliyatini keltirib chiqaradi.
Pedagogik texnologiya bir qancha asoslarga ega. Bulardan eng ahamiyatlilari ijtimoiy, falsafiy, 
metodologik, didaktik, pedagogik, psixologik, fiziologik, gigenik, mafkuraviy huquqiy-me’yoriy, 
iqtisodiy, tarixiy, nazariy, amaliy va boshqa asoslar hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning 
ijtimoiy asosi har bir shaxs jamiyat va davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi ehtiyojlaridan kelib 
chiqadi va yoki ehtiyojlarni qondirishning maqsad va talablarini, tashkiliy shakllari va usullarini 
belgilaydi. 
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra subyektiv xususiyatiga ega, ya’ni, har bir pedagog 
ta’lim va tarbiya jarayonini o‘z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil 
etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik 
texnologiyalar:
- pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish;
- o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish;
- o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
- o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakl- lantirishi;
- o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratish.
Hozirgi zamon darsiga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri har bir darsda tanlanadigan 
mavzuning ilmiy asoslangan bo‘lishidir, ya’ni darsdan ko‘zlangan maqsad hamda o‘quvchilar 
imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini aniqlash
o‘tiladigan mavzu bilan bog‘lash o‘quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarni ketma-
ketligini aniqlash, darsda kerak bo‘ladigan jihozlarni belgilash va ko‘rgazmali qurollar bilan 
boyitish, qo‘shimcha axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darsda muammoli vaziyatni 
yaratishdir.
Darsga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri –ta’lim metodlari va usullarini bir-biri bilan 
mustahkam bog‘lab olib borish samaradorligini oshirishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G‘ulomova M. X., Sobirova N. K. Yangi innovatsion texnologiya yordamida ta’lim 
samaradorligini oshirish usullari.
2. http://www.new.ziyonet.uz/


644

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish