Масъул муҳаррир


O‘QUVCHI OLAMINI ANGLASHIDA O‘QISH FANINING O‘RNI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet445/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
O‘QUVCHI OLAMINI ANGLASHIDA O‘QISH FANINING O‘RNI
Toshpo‘latova Halimaxon Qilichevna
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani
33-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Tel:998941515123
Annotatsiya: Ushbu maqolamda boshlang‘ich sinflarda o‘qish darsini samarali tashkil etish 
haqida yozilgan.
Kalit so‘zlar: o‘qish, nutq, boshqotirrma, ifodali o‘qish. 
O‘qish darslari o‘z mohiyati va maqsadiga ko‘ra boshlang‘ich ta’lim tizimida alohida o‘rin 
tutadi. Chunki matnni tushunib, bir maromda, to‘g‘ri va ifodali o‘qishni o‘rgatish bilan o‘qish 
darslari shug‘ullanadi. Aynan o‘qish ta’limda insonning o‘zligini, qolaversa olamni anglashiga 
bo‘lgan intilishlariga turtki bo‘ladi. Uning o‘ziga xos xususiyati o‘quvchilarning badiiy 
adabiyotning sehrli olamiga olib kirishga xizmat qiladi.
Umuman,,O‘qish kitobi’’ dasturidagi barcha mavzular o‘quvchilarga nutqini ’’to‘g‘ri 
shakllanishiga yordam beradi. 
Shuning uchun,,O‘qish kitobi’’ darsligida ona tabiat, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, 
kattalar va bolalar hayoti mehnat, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do‘stligi va 
tinchligi kabi turli mavzular keltirilgan. 
O‘quvchilarda o‘qishga ishtiyoqini oshirish uchun ularni ta’limga qiziqtirish lozim. Buning 
uchun esa o‘quvchi ta’lim jarayonidan qiziqarli tomonlarini topishi va bu jarayon o‘z ichiga 
o‘quvchini qiziqtiradigan materiallarni olishi lozim. Buning yo‘li ta’lim jarayoniga didaktik 
o‘yinlarni kiritishdir. 
Misol uchun,,Boshqotirma” didaktik o‘yinini oladigan bo‘lsak, uni o‘tkazish uchun o‘quvchilar 
yoshiga mos holda juda sodda ko‘rinishda krossvordlar tuzib olinadi. O‘quvchilar mustaqil 
ravishda javoblarni topib yozadilar. 
Dastlab boshqotirmalar o‘qituvchi boshchiligida hal etiladi. O‘quvchilarda boshqotirmalarni 
hal etish ko‘nikmalari paydo bo‘lgandan keyin o‘qituvchi nazorati ostida mustaqil hal qiladilar. 
,,Boshqotirma” o‘yini o‘quvchilar dunyoqarashini o‘stirish bilan birgalikda ularga so‘zlar 
imlosini yodda saqlab qolishda ham yordam beradi. Boshlang‘ich sinflarda boshqotirmalar rasmlar 
asosida ham berilishi mumkin. 
Umuman,,O‘qish kitobi’’dagi barcha mavzular o‘quvchilar hayoti, ularning orzulari, do‘stligi 
halolligi, odobi, kattalarga yordami xo‘jalik ishlariga qo‘shayotgan hissalari, vazifalari ifodalangan 
asarlar bilan bir qatorda maqol va topishmoqlarni ham o‘rganadilar. O‘quvchilar ushbu mavzularni 
o‘rganish jarayonida slaydlar, rasmlar asosida qo‘shimcha adabiyotlardan o‘rganilgan ma’lumotlar 
yuzasidan o‘quvchilar fikrlari muhokama qilinadi. Bu o‘quvchilar nutqini boyitish, o‘qiganlarini 
izchil va ifodali hikoya qilib berish qobiliyatini shakllantiradi. 
O‘qish darslarining samaradorligi ko‘p jihatdan ta’lim metodlarining to‘g‘ri tanlanishiga 
bog‘liq. Binobarin, fanning o‘zi kabi o‘qitish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflardagi o‘qish darslari yuqori sinflardagi o‘zbek adabioti, tarix, geografiya, 
biologiya, va boshqa fanlarni o‘zlashtirish uchun dastlabki asosni yaratadi. Shuning uchun 
boshlang‘ich sinflardagi o‘qish darslariga jiddiy e’tibor talab qilinadi.
O‘qish darslarida o‘quvchilarning ifodali o‘qishga o‘rgatishning, asosan ikki yo‘li bor:
1. Dars jaraonida turli matn xarakteridan kelib chiqib, o‘quvchilarni ifodali o‘qishga o‘rgatish;
2. O‘qish darslari materiallariga berilgan soatlarni qisqartirish hisobiga maxsus ifodali o‘qish 
dasturlari tashkil etish.
,,Ta’lim to‘g‘risida’’gi qonun,,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ da ta’lim berishning yangi 
usullarini izlab topish va uni tadbiq qilish borasida ko‘p aytilgan. Shu bois boshlang‘ich sinflarda 
dars o‘tish jaraonini takomillashtirish uchun izlanishlar olib borilsa, mavzular o‘quvchilar 
tomonidan osonlikcha o‘zlashtirib olinadi.
Xulosa qilib aytganda, o‘qitishning samarali usullari o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi 
faoliyati usullarini xususiyatlarini ochib beradi, ular yordamida bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar 
egallanadi, o‘quvchilarning dunyoqarashi shakllanadi, qobiliyatlari rivojlanadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.,,Ona tili o‘qitish metodikasi’’ Qosimova N
2.,,Boshlang‘ich ta’lim jurnali’’ 2015-yil 5-son.


638

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish