Масъул муҳаррир


KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINING



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet440/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINING 
SHAKLLANISHIDA SINF RAHBARINING O‘RNI
Tojiboyeva Maxsudaxon
14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Andijon viloyati Paxtaobod tumani
Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ma’naviy 
dunyoqarashini shakllantirishda sinf rahbarining boshqalar bilan almashtirib bo‘lmaydigan o‘ziga 
xos o‘rni haqida fikr yuritiladi. 
Kalit so‘zlar: Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar, o‘quvchilar ma’naviy dunyoqarashi, 
tarbiyaviy vosilalar, sinf rahbari. 
Bola shaxsining rivojlanishida, uning dunyoni bilishida bolalik davrining o‘rni juda muhim 
hisoblanadi. Ana shu davrda bevosita bolalarning ta’lim - tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan 
murabbiy, o‘qituvchi-ustozlarning ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy dunyoqarashi keng, pedagogik
psixologok, metodik bilim, konikma va malakalari mustahkam shakllangan, kasbiy mahoratining 
qirralari ko‘p sohali holda takomillashgan bo‘lmog‘i lozim. 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri o‘qituvchi shaxsiga 
ishonch hissi va yuksak ehtiromdir. Shuning uchun ham o‘qituvchining bolaga ta’sir ko‘rsatish 
imkoniyati juda katta. Bola o‘qituvchisini aqlu idrok sohibi, ziyrak, sezgir, mehribon inson deb 
biladi. O‘qituvchi siymosida o‘zining ezgu niyati, orzu-istagi, ajoyob his - tuyg‘ularini ro‘yobga 
chiqaruvchi mo‘tabar shaxsni ko‘radi. Uning obro‘si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari, 
tanish - bilishlarning nufuzi keskin pasayadi. Shu sababli bolalar o‘qituvchining har bir so‘zini 
qonun sifatida qabul qilishadi. 
Sinf rahbarining o‘quvchilarga ko‘rsatadigan tarbiyaviy ta’sir kuchi ko‘p jihatdan uning 
ma’naviy kamolotiga bog‘liqdir. Uning shaxsi va ma’naviy qiyofasi o‘quvchilar ongi va xulq - 
atvorining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Buni boshqa bir tarbiyaviy vosita bilan 
almashtirib bo‘lmaydi. 
Sinf rahbari o‘z shogirdlariga singdirishga harakat qiladigan yuksak ma’naviy hislatlarni, 
chunonchi:donolik, ilmlilik, mehribonlik, odillik, halollik, bolalarga muhabbat, ishonchga 
asoslangan talabchanlik, sezgirlik, qiziquvchanlik, ijodkorlik, jo‘shqinlik, orastalikni birinchi 
navbatda o‘zi egallab olishi lozim bo‘ladi. Buni inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Agar sinf 
rahbari o‘z o‘quvchilaridan intizomni talab qilsa-yu, o‘zi maktabda tartibni buzib yursa, agar 
u o‘quvchilarni to‘g‘rilikka va haqqoniylikka chaqirsa-yu, o‘zi ayrim o‘quvchilarga nisbatan 
nohaqlik qilsa, bir so‘z bilan aytganda o‘z aytganlariga o‘zi amal qilmasa ko‘zlagan maqsadiga 
umuman yetolmaydi. 
Sinf rahbarining ma’naviy qiyofasi uning irodasi mustahkamligini belgilovchi omildir. 
Maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yayotgan bolajonlarni o‘z farzandlari kabi quchoq ochib 
kutib olib, boshini silab, mehr bilan bilim bergan, bitiruv kechalarida esa quvonch ko‘z yoshlari 
bilan ularni mustaqil hayotga kuzatib qolgan bolajon pedagoglar hammamizning faxrimizdir. 
Birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov aytganlaridek bolaning dunyoqarashi, 
didi, salohiyati shakllanadigan boshlang‘ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar 
biriktirib qo‘yilishini oddiy mantiqning o‘zi talab etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Eshpulatov Sh. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini 
loyihalashtirish - ijtimoiy buyurtma sifatida //Xalq ta’limi. - Toshkent, 2011.-N5. - 60-bet. 
2. Sodiqova G. Bolaning maktab ta’limiga moslashishi va tayorgarlik jarayoni //Xalq ta’limi 
–Toshkent, 2018–N1.84-bet 
3. Qo‘ziyev Z. Sinf rahbari ishini tashkil etish va rejalashtirish. –Toshkent, 1997. 13-14-betlar


630

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish