Масъул муҳаррир



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet439/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

inklyuziv usulda o‘qitish, tarbiyalash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Inklyuziv ta’lim 
(ingliz tilidan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion – uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish, qamrab 
olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi) nogiron va nosog‘lom bolalar, o‘smirlar rivojlanishida 
uchraydigan muammolar va qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga 
yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. “Inklyuziv ta’lim” 
bu – imkoniyati cheklangan bolalarni maxsus ta’lim beruvchi muassasalar uzoqligi sababli, o‘zi 
yashab turgan hududlardagi umumta’lim muassasalariga kiritib o‘qitishdan iborat ta’lim tizimi 
hisoblanadi. Inklyuziv ta’lim sharoitida bola sog‘lom tengdoshlari orasida bo‘lib, oilasidan 
ajralmagan holda ta’lim-tarbiya olishga muyassar bo‘ladi. Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi 
ta’limni boshlash imkoniyatiga ega bo‘lgan barcha bolalar, shu jumladan alohida yordamga 
muhtoj bo‘lgan bolalarni umumta’lim jarayoniga qamrab olishdir. Inklyuziv ta’lim-tarbiya 
berishga yo‘naltirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bolalarda yashirin tarzda mavjud 
bo‘lgan qobilyatlar, qiziqishlarini yuzaga chiqarish va ularni o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib 
ma’lum kasblarga yo‘naltirish bo‘yicha to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish muammolarini ham o‘z ichiga 
oladi. “Inklyuziv ta’lim” bu – davlat siyosati bo‘lib, nogiron va nosog‘lom bolalar o‘rtasidagi 
to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muxtoj bolalar, o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan 
nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotaga moslashtirishga 
yo‘naltirilgan, umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Jamiyatimizdagi 
nogironligi yoki boshqa sabablar tufayli maxsus yordamga muxtoj tarbiyasi og‘ir, yetim bolalar, 
VICH, OITS bilan kasallangan bolalar uchun moslashuvchan, individuallashgan yordam tizimi 
va barcha bolalarni teng ko‘rishni ko‘zda tutadigan ta’lim turidir. Millati, irqi, ijtimoiy kelib 
chiqishi, oilasining jamiyatda tutgan o‘rni, moddiy va ma’naviy ahvoli, jismoniy yoki ruhiy 
rivojlanishida kamchiligi bo‘lishidan qat’iy nazar barcha bolalarni teng ko‘rish, ulardagi har 
qanday imkoniyatni qadrlash, rivojlanishni ko‘zda tutadigan ta’lim turi hisoblanadi. 
Inklyuziv ta’lim umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo‘lgan ta’limni 
joriy qiluvchi va imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishiga oid qo‘shimcha uslublarni joriy 
qiluvchi, nogiron bolalarning ta’lim olishiga qulay sharoit yaratuvchi ta’lim usuli hisoblanadi. 
Inklyuziv ta’lim turli xil maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim olishiga qulay metadalogiyani 
rivojlantirishga harakat qiladi. Inklyuziv ta’lim turli ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ixcham 
turdagi dars berishga yondashadigan ta’lim turini amalga oshiradi. Bu ta’lim tizimini tadbiq 


628
10
etishda dars berish, o‘qitish bir muncha samarali va unumli bo‘lib, bunda imkoniyati cheklangan 
bolalar ham sog‘lom bolalar qatori o‘zlarida mavjud qobilyat, iqtidor, layoqatlarini namoyish 
qila olishlari, qator yutuqlarga erishishlari mumkin. Bu esa jamiyatimizdagi og‘riqli nuqtalarni 
kamaytiradi. Inklyuziv ta’lim tizimida o‘qitilgan bolalar ham jamiyatda o‘z o‘rinlarini topib, 
nafaqat o‘zlari uchun, balki jamiyatimizga ham fayda keltiradigan insonlar bo‘lib etishadilar. 
Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim jarayoniga qamrab olish hamda mak-
tablarni nogiron balalarga moslashtirishni ko‘zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh 
maqsad qilib qo‘yadigan jarayondir. Inklyuziv ta’lim ijtimoiy uslubga asoslanadi va har bir 
bolaning ehtiyojini hisobga olgan holda o‘quv rejalari tayyarlanadi, uslubiyatning psixologik 
muammolari bilan bog‘liq tomonlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi. Inklyuziv ta’lim hamma bolani, 
shu jumladan imkoniyati cheklangan bolalarni ham o‘zlari xohlagan maktabda o‘qishi mumkin, 
deb xulosa chiqaradi. Bolalarning nogiron bo‘lib qolishiga irsiy omillar, nosog‘lom muhit, oila, 
jamiyat, tushunmovchiliklar, yo‘l qo‘yilgan xotolar sababchi bo‘lgan. Aynan mana shu sabablar 
imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish va yordam berishga ma’suldir. Inklyuziv ta’lim tizi-
mini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va undan samarali foydalanish uchun biz aynan, bu ta’lim tizimi 
haqida yetarli ma’lumatga ega bo‘lishimiz va amaliyotga qo‘llay bilishimiz lozim bo‘ladi. Inkly-
uziv tа’limni аmаliyotgа jоriy etish ustidа оlib bоrilgаn tаjribаlаrdаn shu nаrsа o‘z isbоtini 
tоpdiki, hаr qаndаy imkоniyati chеklаngаn bоlаlаrni nuqsоnini ilk yoshdаn o‘z vаqtidа аniqlаb 
mutахаssislаrgа murоjааt qilinsа vа mаktаbgа tаyyorgаrlik ishi o‘z vаqtidа оlibib bоrilsа аbаttа 
ko‘zlаngаn mаqsаdgа erishish mumkin. Ya’ni inklyuziv tа’limning sаmаrаsi yuqоri dаrаjаdа 
bo‘lаdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 1997 yil.
2 .O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 1997 yil.
3. “Inklyuziv ta’lim” muvaqqat Nizomi 2005 yil.
4. “Inklyuziv ta’lim” o‘quv uslubiy qo‘llanma.


629

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish