10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA “KASRLAR MAVZUSINI O‘TISHDA ZAMONAVIY
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA INNOVATSION METODLARDAN
FOYDALANISH” MAVZUSIDA METODIK TAVSIYASI
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi 1- toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
To‘xtayeva Dilfuza Usmonovna
Telefon :+998916476323
Annotatsiya : Maqolada boshlang‘ich sinflarda 3- sinf matematika darsida kasrlar mavzusini
o‘tishda zamonaviy axborot texnologiyalari va interfaol metodlardan foydalanish haqida.
Bunday metodlardan foydalanish o‘quvchilarga kasrlar haqida bilim ko‘nikma malakalar va
kompitentsiyalarni hosil qilishda katta ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar : kasrlar, to‘g‘ri kasrlar, noto‘g‘ri kasrlar, innovatsion metodlar,
“BBB”, “Sinkveyn”, “O‘z o‘rningni top”, “Venn diagrammasi”, “Assisment metodi”.
Boshlang‘ich ta’limning yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda, bunday
nomaqbul holatga butunlay barham berildi va bu vazifani bugungi kunda oliy ma’lumotli, yuksak
professional mahoratga ega bo‘lgan pedagog kadrlar bajarmoqda.
Qabul qilinadigan dasturda boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirish,ta’lim standartlari,o‘quv
dasturlari,darslik va o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish, ilg‘or pedagogik va axborot –
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalalari o‘z ifodasini topishi kerak.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar,pedagogik va axborot
texnologiyarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib
bormoqda. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar,pedagogik va axborot
texnologiyarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib
bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni
egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari
qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib
chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi
va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun malakali boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini
tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metodlari, innovatsion, pedagogik va axborot texnologiyalarining
o‘rni va ahamiyati benihoya kattadir.
2019- 2020 o‘quv yilida 3-sinf matematika darsligi S. Burhonov, O‘. Xudoyorov, Q. Norqulova,
N.Ruzikulova, L.Goibova muallifligida yangidan nashrdan chiqdi . Bu darslikda kasrlar mavzusi
Do'stlaringiz bilan baham: |