10
DARS JARAYONLARIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANIB,
O‘QUVCHILARNI MUSTAQIL VA IJODIY FIKRLASHGA O‘RGATISH
Nigora Alimova
Buloqboshi tumani 14-idumning
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: dars mashg‘ulotlarini noan’anaviy usulda tashkil etish o‘quvchilarning qiziqishini
oshirishdi, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini sakllantiradi , mustaqil ishlashni o‘rgatadi ta’lim
siftini oshiradi.
Kalit so‘zlar: interfaol dars, pedagogik mahorat, ijtimoiy sherik, uzluksiz ta’lim, mustaqil
fikrlash, ijodiylik.
Bugungi kunga kelib,butun dunyo miqyosida ta’lim va taraqqiyot tizimini o‘zgartirish
jarayoni kechmoqda . Yaqin o‘tmishga nazar tashlasak, tibbiyot hodimlarining tadqiqotlariga
ko‘ra chaqaloqlar miyasining chap yarim shari faol tug‘ilgan bo‘lsa bugungi kunga kelib har
ikki yarim shari faol chaqaloqlar dunyoga kelmoqda. Shuning uchun ham oldin ta’lim tizimi
o‘quvchining xotirasini rivojlantirishga yo‘nltirilgan edi. Bugunga kelib,shaxsning shakllanishi
uchun ham, jamiyatning rivojlanishi uchun ham bu yetarli emas.Chunki har qanday kuchli xotira
ham cheksiz bilim, ro‘y berayotgan xodisalarning hammasini qamrab ololmaydi. Shuning uchun
ham yosh avlodni mustaqil izlanadigan, ijodiy fikrlaydigan, munosabat bildira oladigan qilib
tarbiyalash biz pedagoglarning asosiy vazifamiz, bu esa pedogigik mahoratimizda ko‘rinadi.
Mahoratli pedagog mustaqil fikrlaydigan, izlanadigan o‘quvchilarni shakllantirishda interfaol
usullardan foydalanishi e’tiborga loyiqdir.Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchining
vazifasi va maqomi o‘zgaradi. An’anaviy darsda o‘qituvchi-so‘zlovchi, o‘quvchi-tinglovchi
bo‘lsa, interfaol usullardan foydalanilganda ta’lim jarayonida erishildigan natija uchun javobgar
bo‘lgan to‘laqonli “sherikka” aylanadilar.
O‘qituvchi interfaol darslarda hech kimni noto‘g‘ri javob uchun jazolamaydi,qo‘pol muomalada
bo‘lmaydi, xato yoki no‘to‘g‘ri fikrni boshqa o‘quvchi tomonidan to‘g‘rilashga erishishi ,to‘g‘ri
javobni rag‘batlantirib borishi kutilgan natijaga olib keladi. Bu ayniqsa, adabiyot darslarida
yaxshi samara beradi. O‘qilgan asar muhokamasida har bir o‘quvchi o‘z fikrini va qarashlarini
mustaqil aytadi. Asarni o‘qimagan o‘quvchida keyingi darsda faol bo‘lish istagi uyg‘onadi.
Bunda eng samarali usullardan “G‘oylar yarmarkasi”,”Mening fikrimcha”,”Men bo‘lganimda”
kabilardir.Demak, bu usullar o‘quvchilarni ta’lim va taraqqiyot jarayonining ajralmas qismiga,
faol fikrlovchi hamda hukm va xulosalar chiqaruvchi shaxsga atlantiradi. Bu esa o‘z navbatida
o‘rganilayotgan darsning yaxshi o‘zlashtirishining garovidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.Mo‘minov:”Interfaol mashg‘ulotlar”
2. S.P.Baranov “Pedagogika”
510
Do'stlaringiz bilan baham: |