10
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA HUSNIXAT DAQIQASINI
TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI
Nabiyeva Nargizaxon Rahmonjonovna,
Farg‘ona viloyati Beshariq tumani 1-maktab o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida husnixat daqiqalarini tashkil
etishning ahamiyati yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: husnixat, husnixat talabi, ona tili, mashqlar,harf, alifbo
Husnixat savodxonlikning asosi deb bejizga aytilmagan. Chunki, dunyoda yozuv paydo bo‘lgan
zamonlardan buyon barcha ilm ahli o‘z ma’naviy merosini avlodlarga qoldirishni istagan ekan,
nafosati bilan ilm toliblarini o‘ziga jalb etadigan husnixatga murojaat qilganligi tabiiydir.
Tarixiy yozuv an’analarini davom ettirgan husnixatimiz bugungi kunda ham o‘z nafosatini
yo‘qotmagan holda yosh avlod savodxonligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Umumiy
o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflaridayoq husnixat mashqiga e’tibor qaratiladi. Davlat ta’lim
standartining o‘quv dasturida 1-2-sinflar uchun alohida-alohida husnixat talablari qayd etilgan.
Dastur talabi bo‘yicha 2-sinfda bir chiziqli daftarda o‘xshash unsurli harflarni yozish va harfni
bir-biriga to‘g‘ri tutashtirish, o‘xshash unsurli kichik harflar va shu harflardan tuzilgan bo‘g‘inlar
va so‘zlarni yozish , o‘xshash unsurli bosh harflar va ularni o‘zidan keyin kelgan kichik harfga
tutashtirish, so‘z va gapni kitobdan va doskadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib
yozish, yozganlarini tekshira olish va yo‘l qo‘ygan kamchilik hamda xatolarini o‘qituvchi
rahbarligida yoki o‘zi tuzata olishi ko‘nikmalari shakllantiriladi. 2-sinfda qo‘l muskullari harakatini
va ko‘z bilan chamalashni rivojlantirish uchun ayrim harflar, harf birikmalari, harflar guruhini
yozishni murakkablashib borishiga qarab husnixat mashqlari o‘tkazib boriladi. O‘quvchilar
harflardan tashqari so‘zlarni, gaplarni, ko‘chirib yozishni, eshitib yozishni mashq qiladilar.
Shuningdek, dasturda ayrim yozuv qoidalari alohida qayd etilgan:
− Daftarning past tomonidagi burchagini ko‘krak o‘rtasining qarshisiga to‘g‘ri qo‘yish;
− Daftarni chap qo‘l bilan ushlab turib yozish;
− Boshni biroz pastga egib, to‘g‘ri o‘tirish;
− Oyoqni bo‘sh tutib, yerga qo‘yib o‘tirish;
− Qo‘lning tirsagini parta ustida tutish. Ruchkani uch barmoq orasida erkin ushlash;
− Har bir harfni to‘g‘ri tutashtirishga rioya qilgan holda bo‘g‘in va so‘zlarni aniq yozishga
harakat qilish;
− Harf va harf birikmalarini to‘g‘ri va aniq shakllantirish;
− Shoshmasdan, bo‘yamasdan yozish;
− Har bir mashqni uch-to‘rt marta takrorlash.
2-sinfda husnixat daqiqalarini tashkil etishda alifbodagi harflarni guruhlarga ajratib yozish
talab etiladi.
O‘xshash unsurli kichik harflar:
1-guruh: i, u, n, m, t, l, y;
2-guruh: h, j, k, f;
3-guruh: o, o‘, q, a, g, g‘, p;
4-guruh: e, b, x;
5-guruh: r, v, s, sh, ch.
O‘xshash unsurli bosh harflar:
1-guruh: U, L,Z, I;
2-guruh: M, H, K, N, A;
3-guruh: O, O‘, Q, X, Ch;
4-guruh: E, S, Sh, Z;
5-guruh: V, G, G‘, Y;
6-guruh: T, F, R, B, P.
Dasturda 2−4-sinflarda har bir ona tili darsining 8−10 daqiqasini husnixat mashqlariga ajratish
tavsiya etiladi.
Husnixatga oid kamchilik (harflarning qiyaligiga yetarli e’tibor bermaslik, balandlik va kenglik
o‘lchamini, shaklini buzib yozish kabi)larni, shuningdek, har qaysi o‘quvchining yozuviga
503
10
xos bo‘lgan boshqa xatolarni tuzatish yuzasidan ayrim guruh o‘quvchilari bilan birgalikda va
yakkama-yakka mashqlar ham o‘tkazib boriladi. Shu maqsadda yozuv namunalarini ko‘rsatib
berish bilan birga, 1−2-sinf barcha o‘quvchilarning daftarlarini har kuni tekshirib borish, chiroyli
va savodli yozishga oid mashqlar yordamida ona tilidan o‘rgangan bilimlarini mustahkamlab
borish tavsiya etiladi.
Husnixatni savodxonlikka bog‘liq ekanligi o‘quv darsida alohida ko‘rsatilgan bo‘lib, 2-sinf
o‘quvchilari yil davomida imlosi qiyin bo‘lgan so‘zlarning talaffuzi va yozilishini bilish zarurati
qayd etiladi.
Husnixatning ilm va savod bilan uzviyligi hamda uyg‘unligi uning ma’rifiy ahamiyat kasb
etishidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Q.Abdullayeva, K.Nazarov, Sh.Yo‘ldashev. Savod o‘rgatish metodikasi. T.,1996
2. K.Qosimova. Boshlang‘ich sinflarda imlosi qiyin so‘zlarni o‘rgatish.T.,1964
3. M.G‘ulomov. Yozuv daftari.- T.,,Ma’naviyat’’, 2008
4. M.G‘ulomov. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish. T. ,,O‘qituvchi’’,1992
504
Do'stlaringiz bilan baham: |