10
BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA HAMKORLIKDA O‘QITISH
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Narzillayeva Farida Abdijalilovna
Navoiy viloyati Navbahor tumani
22-maktab biologiya fani o‘qituvchisi
To‘rayeva Shoxsanam Furqat qizi
19-maktab biologiya fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada biologiya darslarida hamkorlikda o‘qitish texnologiyalarining
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi orqali tashkil etish yaxshi samara berishi, sinfda o‘quvchilarni
guruhlarda o‘qitishning ijobiy tomoni, o‘qituvchi bajarishi lozim bo‘lgan nazorat qilish, baholash
va o‘rgatish kabi ishlar o‘quvchilarning zimmasiga yuklatilishi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Ilg‘or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy bilim, fikrlash doirasi, innovatsion
ta’lim texnologiyalari, noan’anaviy dars.
Bugungi kunda davlat ta’lim standartlari bo‘yicha o‘quvchilar bilimi, malakasi va
ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan qilib o‘quvchilarni tayyorlash uchun
faqat sifatli darslik yoki o‘quv qo‘llanma, o‘quv vositalarning bo‘lishi yetarli emas. Chunki,
o‘quvchilar bu darsliklardagi ma’lumotlarni yodlab olishlari emas, balki ulardan hayotda
ijodiy ravishda foydalanishini, rivojlantirishini o‘rganishlari zarur. Har bir fanning o‘ziga xos
xususiyatini, fandagi mavzularga mos ravishda samaradorligi yuqori bo‘ladigan ilg‘or pedagogik
texnologiyalarni qo‘llab mashg‘ulotlar o‘tilsa, ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Ta’lim samaradorligini oshirish uchun foydalanib kelinayotgan pedagogik texnologiyalardan
biri bo‘lgan hamkorlikda o‘qitish texnologiyalarining “Kichik guruhlarda ishlash’ metodini
biologiya fanlarini o‘qitishda ham qo‘llanilanilishi orqali o‘quvchilar bilim darajasining
ortishi, mustaqil ravishda fikr bildira olishi, dars jarayonida barchaning faol ishtirok etishi kabi
xususiyatlarni kuzatish mumkin.
Bunda sinfdagi o‘quvchichilarni bir nechta guruhga bo‘lib ular oldiga topshiriqlar va savollar
asosida muammolar qo‘yiladi.Topshiriqlarni yechish uchun guruhdagi barcha o‘quvchilarning
ishtiroki va o‘zaro muloqoti zarur bo‘ladi. Bu metodninig asosiy afzalligi shundaki, o‘zlashtirishi
past bo‘lgan o‘quvchilarga faqat o‘qituvchi emas, balki guruhdosh o‘rtoqlari ham yordam beradi.
O‘quvchilarning bilish faoliyatini kichik guruhlar shaklida tashkil etish quyidagi bosqichlarni
o‘z ichiga oladi:
-darsga vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni hal etish yo‘llarini belgilash;
-o‘quv topshiriqlarning didaktik maqsadi, bajariladigan topshiriqlar bilan tanishish;
-o‘rganilayotgan ob’yektni avval o‘rganilgan ob’yektlar bilan taqqoslash;
-natijalarni loyihalash va uning maqsadga muvofiqligini tekshirish;
-natijani tahlil qilish, tegishli hollarda unga o‘zgartirishlar kiritish;
Kichik guruhlarni shakllantirishda ixtiyoriylik tamoyiliga rioya etiladi. Bir guruhda
ishlashni hohlamagan o‘quvchilarni majbur qilish mumkin emas. Guruhlar vaqtinchalik
yoki doimiy bo‘lishi mumkin. Kichik guruhlarni tashkil qilishda guruhlar 4 ta o‘quvchidan
tashkil topadi.O‘qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so‘ngra o‘quvchilarning mustaqil ishlari
tashkil etiladi.O‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlari qismlarga ajratilib, har bir o‘quvchi
topshiriqning ma’lum qismini bajaradi.Topshiriq yakunida har bir o‘quvchi o‘zi bajargan qism
yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini o‘qitadi, so‘ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan
umumiy xulosa chiqariladi.O‘qituvchi har bir kichik guruh axborotni tinglaydi va test savollari
yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
Kichik guruhlar uchun topshiriq namunasi quyidagicha bo‘ladi: O‘qituvchi jadval asosida ishni
tashkil etib, o‘zi rejissyor vazifasini bajaradi. U dars maqsadini belgilaydi, guruhlar vazifasini
aniqlaydai, ishning borishini nazorat qiladi va boshqaradi hamda yakunini chiqarib, guruhlar
ishini baholaydi.
Xulosa qilib aytganda, biologiya darslarida hamkorlikda o‘qitish texnologiyalarining “Kichik
guruhlarda ishlash” metodi orqali tashkil etish yaxshi samara beradi. Guruhlarga bo‘lib o‘rganish
o‘quvchilarni ijodiy ishlashga undaganligidan fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi va har bir
o‘quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishga, o‘quvchilarni jipslashtirishga, yangi
506
10
bilimlarni o‘zlashtirishga, o‘zlarini-o‘zlari baholashga olib keladi. Bu metod o‘quvchilarda
mehnat qilish malakasini, jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini, o‘zaro yordam hissini, o‘zini
nazorat qilishni, tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ishmuhamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish
yo‘llari. - Toshkent: TDIU, 2006
2. Biologiya fanidan uzviylashtirilgan o‘quv dasturi asosida nazorat ishlarini o‘tkazish
bo‘yicha metodik tavsiyalar (5 – 9 sinf)
3. J.O.Tolipova, A.T. G‘ofurov. “Biologiya ta’limi texnologiyalari”, “O‘qituvchi” T., 2002.
507
Do'stlaringiz bilan baham: |