10
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MILLIY HARAKATLI O‘YINLARNING
IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
Najmiddinova Zamira
Namangan viloyati Namangan shahar
18-maktabning Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada milliy harakatli o‘yinlar orqali bolalar nutqini o‘stirishda ularning aqliy
estetik va emotsional holatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ijtimoiy pedagogik xususiyatlari va
uni takomillashtirishning muammo va yechimlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar. Jismoniy mashqlar, milliy harakatli o‘yinlar, tarbiya turlari, emotsional holatlar,
ommaviy axborot vositalari.
Jahondagi barcha davlatlar, xalqlar, eng avvalo, salomatlikni saqlash, jismonan baquvvat bo‘lish,
uzoq umr ko‘rish va ular bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy hamda umummadaniy jarayonlarga jiddiy
e’tibor bilan qarashadi. Bu tabiiy bir holdir.
Salomatlikni yaxshilash va jismoniy barkamollikni yuksaltirishda harakatli va xalq milliy
o‘yinlarining xususiyatlari, fazilatlari va tarbiyaviy mohiyati muhim ahamiyatga ega.
Shu bois pedagogik ta’limning muhim bosqichlaridan biri – jismoniy tarbiya hisoblansa, uning
zamirida xilma-xil mashqlar sport turlari, sayohatlar, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi (quyosh,
suv, havo, gigiyenik talablar) omillari qatorida harakatli o‘yinlar mustahkam o‘rin egallaydi.
Bolaning o‘sishi va rivojlanishi bilan o‘yinlarning mazmuni o‘zgaradi: o‘yin faoliyati dastlabki
bosqichlarda oddiy xarakterda bo‘lsa, keyinchalik u boyib boradi.
Iqtisodiyotda va mehnat jarayonidagi o‘zgarishlar o‘yinlarning mazmuniga ta’sir ko‘rsatadi.
Bunda eski o‘yinlar qayta ishlab chiqiladi va yangilari paydo bo‘ladi.
Harakatli o‘yinlarning mazmuni va tarbiyaviy jihatlarini hisobga olgan holda ularni quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin:
1. Jamoaviy o‘yinlar.
2. Umumiy ishtirokchilar o‘yini.
3. Yolg‘iz (yakka) tartibdagi o‘yinlar.
Onglilik, ko‘rish, eshitish, his etish kabi tuyg‘ularni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘yinlar
bugun ko‘pchilikni tashkil etadi. Masalan, tunda oy yorug‘ida “Oq suyak” o‘yinini yoshlar va
katta yoshdagi kishilar aralashib o‘ynashgan. Bunda ko‘z yumuq holda uzoqqa otilgan suyakning
yerga tushishini eshitish, his etish talab etiladi. Suyakni topib manzilga yetkazishda tezlik,
epchillik va kuch zarur bo‘ladi. Chunki suyakni raqiblar tortib olishi mumkin.
“Ovchilar”, “G‘ozlar”, “Kartoshka ekish”, turli estafetali o‘yinlarda hatto harakatlar yugurish,
yiqilishlar, to‘p tushirib qo‘yish va uni ushlab olish kabi holatlar raqiblarning zavqini oshirsa,
jamoa a’zolarining jahlini qo‘zg‘aydi. Tomoshabinlarda esa ko‘tarinki kayfiyatni yuzaga
keltiradi. “Oq terakmi, ko‘k terak”, “G‘ozlar” kabi o‘yinlardagi qo‘shiq, she’rlarning kuylanishi
va aytilishi o‘yinchilarda nutqni o‘stirish, tomoq yo‘llarini chiniqtirishda o‘ziga xos tarbiyaviy
jihatlar kasb etadi.
Ko‘rgazmali, ya’ni didaktik tamoyillar (prinsip) va usullar, harakatli o‘yinlarni o‘rganish,
ularni o‘tkazishda ko‘p qo‘llaniladi. Maydon yoki o‘yin joylarini chizib ko‘rsatish, qoidalarni
qo‘llar bilan ifodalash, o‘yinchilarning texnik harakatlarini chizishda (rasm-sxema) ifodalashlar
muhim ahamiyatga ega. Jadvallar, chizmalar (sxema), slaydlar, videotasvirlar va boshqa texnik
vositalardan foydalanishda harakatli o‘yinlarning ijrosi to‘liq aks ettiriladi. Bu holatlarni bo‘lajak
jismoniy tarbiya o‘qituvchilari izchil va mukammal egallashlari lozim bo‘ladi.
O‘yinlarning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini mazmuniy jihatdan o‘rganish va tahlil qilish
ularni o‘quvchi-yoshlar, talabalar va katta yoshdagi kishilar o‘rtasida tashkil qilishda ana shu
maqsadlarni belgilab beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Usmonxo‘jayev T.S., Xo‘jayev.F. Harakatli o‘yinlar. – T., 1992. 2. Usmonxo‘jayev T.S,
Meliyev X. Milliy harakatli o‘yinlar. – T., 2000.3. Xo‘jaev F, Raximqulov K.D, Nigmanov B.B.
Sport va harakatli o‘yinlar va o‘qitish metodikasi. Elektron versiya, 2008.
505
Do'stlaringiz bilan baham: |