Масъул муҳаррир


ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet356/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 
25- umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili
va adabiyot fani o‘qituvchisi 
Nasriyeva Dilbar Muhiddinovna
Annotatsiya: maqolada ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish ,o‘quvchilarning 
ijodiy tafakkurini boyitish, olgan bilimlarini mustahkamlash yo‘llari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: tafakkur, metod,zamonaviy,interfaol,og‘zaki va yozma nutq,nutqiy 
kompetentsiya,mantiqiy fikrlash.
Ta’lim –tarbiya masalasi barcha davrlarda eng dolzarb,ertangi taqdirimizni hal qiluvchi 
vazifalardan biri bo‘lib kelgan.Shuning uchun umumiy o‘rta ta’lim tizimida yetakchi fanlardan 
hisoblangan ona tili fanining maqsadi, mazmuni va o‘qitish usullarini takomillashtirish zarurati 
soha mutaxassislari zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi .
Til_ milliy ong va tafakkur ,milliy ruh va dunyoqarashni rivojlantiruvchi vosita.Shunday 
ekan ,ona tili fanini o‘qitishdan maqsad:
_ona tilimiz sofligini saqlab qolish ,tilimiz mavqeyini oshirish;
_o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqni kamol toptirish ,ya’ni fikrini 
to‘g‘ri,ravon,tushunarli,izchil ifodalash malakasini rivojlantirish;
_yosh avlodni mustaqil, erkin fikrlashga o‘rgatish;
_ijodkor o‘quvchilarni aniqlash,ularga ma’naviy ko‘maklashish;
_ona tilimizda yaratilgan xalqimizning boy ma’naviy merosini o‘rganishdan iborat.
Yuqoridagi maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda har bir darsni aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan,puxta o‘ylangan reja asosida tashkillashtirish fanimizni o‘qitishdagi muammolarni 
bartaraf etishda ijobiy rol o‘ynaydi.
Bugungi zamonaviy ta’lim o‘qituvchidan yetarli bilim,mahorat va salohiyat talab etadi.Dars 
jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida samimiy munosabat bo‘lishi ,ta’lim beruvchi har 
bir darsga yangiliklar bilan kirishi, darsning zamonaviy o‘quv materiallari bilan boyitilishi dars 
samaradorligini oshiradi.
Filologiya yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarda nutqiy kompetentsiyalarning 
to‘liq shakllanmaganligining guvohi bo‘lish mumkin.Kezi kelganda shuni ham aytib o‘tish 
kerakki,o‘quvchilarimiz orasida o‘z fikrini aniq ,lo‘nda ifodalay olmaydiganlar topiladi.Shuni 
hisobga olib,ona tili fanini o‘qitishda o‘quvchi uchun zerikarli bo‘lgan ilmiylikdan biroz 
chekinib ,mavzuni hayotiy misollar ,o‘yinlar,interfaol usullar orqali tushuntirishga ,ularga hayotiy 
ko‘nikmalar hosil qilishga harakat qilishimiz lozim.Masalan, darsning ma’lum qismida o‘quvchilar 
bilan hayvonot bog‘iga yoki tabiat qo‘yniga sayohat uyushtirib (monitorda tabiat manzarasi 
yoki hayvonot bog‘I manzarasi ko‘rsatiladi),o‘quvchilarning bir –birlari va yoki o‘qituvchi 
bilan sayohatdan olgan taassurotlari asosida og‘zaki dialog-suhbat o‘tkazishlari o‘quvchilarning 
og‘zaki nutqini o‘stiribgina qolmay,o‘quvchini erkin fikrlashga o‘rgatadi,do‘stona,samimiy 
muhitni yuzaga keltiradi,qolaversa, o‘quvchilar tabiatga oshnolikni his etadilar.
Hozirgi kunda ta’lim –tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiyalarni qo‘llash jahon 
taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi.Shuni chuqur anglagan holda har bir o‘qituvchi 
o‘z fani va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga oid yangiliklarni muntazam o‘rganib,ularni 
pedagogik faoliyatida qo‘llay bilish mahoratiga ega bo‘lishi lozim.
O‘quvchilarni hozirjavoblikka o‘rgatish,mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini kamol toptirish 
biz- o‘qituvchilarning zimmamizdagi mas’uliyatdir. Darsda o‘quvchilarni o‘ylashga,tafakkur 
qilishga undovchi muammoli ,qiziqarli savollar berib borish ulardagi tafakkurni rivojlantirishga 
ko‘maklashadi,deb o‘ylayman. 
,,O‘ylab top ‘’o‘yini. 
Uning narxi oltindan qimmat hisoblanadi va u shunchalik nozikki,hatto odam ovozi bilan ham 
uni buzish mumkin.U nima bolishi mumkin? (sukut)
U narsa bir kishiga og‘irlik qiladi,ikki kishi uchun ayni muddao, uch kishi uni yo‘qqa chiqaradi.
Gap nima haqida ketyapti? (sir) va hokazo .
Muxtasar qilib aytganda, biz ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari o‘z oldimizga qo‘ygan 


508
10
maqsad va vazifalarimizga astoydil yondashsak,tilimiz go‘zalligini bo‘y –basti bilan yosh avlodga 
yetkaza olsak,biz ta’lim –tarbiya berayotgan o‘quvchilar ona tilimizga hurmat bilan qarovchi,nutqiy 
qashshoqlikdan yuroq,teran fikrlovchi,badiiy adabiyotga oshufta ,tafakkur dunyosi keng,har qanday 
vaziyatni tahlil eta olish salohiyatiga ega barkamol shaxslar bo‘lib yetishadi. .Aytmoqchimanki, 
kasbiy bilimlarni mukammal egallagan,intelektual salohiyatli,o‘z ustida muntazam izlanadigan 
o‘qituvchining darslari hech qachon zerikarli va samarasiz bo‘lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. H.Islomova.Darsga yangilik kiritish o‘qituvchi faoliyatining asosi. Til va adabiyot 
jurnali.2014-yil 6-son.
2. Internet ma’lumotlari.


509

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish