213
10
ni о‘rganilayotgan
materialga qaratish, ularni qiziqtirish, materialni
zarurligi va foydaligini
kо‘rsatishga mо‘ljallangan. О‘quv materialarini о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirish samarador-
ligi kо‘p jihatdan motivatsiyaga bog‘liq.
Mustahkamlash – materialni о‘quvchilar tomonidan nafaqat butunlay о‘zlashtirish va qiziqti-
rishni kо‘taradigan, balki ularning ongida ushbu predmetda qо‘llanilayotgan bilim va
metodlarning ketma-ket mantiqiy tuzilishini shakllantiradigan darsning muhim bosqichidir.
Yangi materialni о‘rganish – darsning bosh maqsadli bosqichi bо‘lib, unda о‘quvchilar
yangi bilimlar oladilar. Ushbu bosqichda asosiy e’tiborni о‘quvchilar
bajarish mobaynida
zaruriy bilim, kо‘nikma va malaka olishlariga imkon beradigan vazifalar tanlanishiga
qaratish kerak. Vazifalarni tanlashda bundan 3500 yil avval buyuk Xitoy mutaffakiri Konfusiy
tomonidan aytilgan «Eshitaman va esdan chiqaraman, kо‘raman va xotiraga olaman, bajaraman
va tushunaman» degan dono gaplarini yodda tutmoqlik lozim.
Baholash – о‘quvchilarni bilim olishlarini rag‘batlantiradigan
darsning muhim bosq-
ichidir.
Baholash egiluvchan, ochiq, xolis va haqqoniy bо‘lgandagina, rag‘batlantiruvchi bо‘lishi
mumkin, aks holda, о‘quvchilarni о‘rganayotgan fanidan bezishlari va unga qiziqishlarini pasay-
tirishi mumkin. Shuning uchun, darsning ushbu bosqichida ehtiyotkorona ish tutilishi lozim. Bu
bosqichda
jamoaviy, о‘z-о‘zini, guruhlardagi va shu kabi baholashlarni qо‘llash maqsadga
muvofiq. Interfaol darslarda – ballarni tо‘plash va jamoaviy
baholash yaxshi natijalarga
olib kelishi mumkin.
Debrifing –tajribada qatnashayotgan subyektga tajriba maqsadlarini ma’lum qilish va agar,
zarurarat bо‘lsa, yolg‘on yoki tadqiqotga zarar keltiradigan elementlarni qо‘llamasliklari haqida
axborot.
Reflе́ksiya (lot. reflexio — orqaga murojaat) - inson diqqatini о‘ziga va о‘zining
shaxsiy faolligiga qaratish, shuningdek ularni qandaydir qayta tushunish.
Debrifing – darsga yakun yasash.
Darsning yakuniy bosqichida darsda о‘tilgan materiallardan о‘quvchilarga nimalari ma’qul
bо‘lgani, nimalar yoqmaganligi sо‘raladi va mos takliflar yig‘iladi, о‘tilgan materiallar umum-
lashtiriladi hamda kundalik turmush bilan bog‘lanadi, bu bilan о‘quvchilarni
keyingi
materiallarni mustaqil ravishda chuqurroq о‘rganishga yо‘naltiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston prezidenti Sh. Mirziyoyev asarlari
2. WWW.uzedu.uz
3. WWW.ziyouz.com
4. N.T.Omonov, N.X.Xo‘jayev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonov ” Pedagogik texnologiyalar
va pedagogik mahorat” Toshkent ”Iqtisod-moliya”.