Масъул муҳаррир


CHET TILLARINI O‘RGANISHDA TA’LIMIY O‘YINLARDAN



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
CHET TILLARINI O‘RGANISHDA TA’LIMIY O‘YINLARDAN 
FOYDALANISHNING SAMARASI
Soatova Latofat Abdurashidovna
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 21- sonli maktab o‘qituvchisi
Telefon : +998979081082
Annotatsiya: Mazkur maqolada xorijiy tillarni o‘qitishda eng samarali usularidan
hisoblangan oyin va uning turlari ,ulardan dars faoliyatda foydalanishning samarali tomonlari 
xususida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar: o‘yin ,qoida, do‘stlik,komunikativ qobiliyat, usul , ta’lim, guruhlarda 
ishlash,o‘yin turlari.
O‘zga tilda so‘zlash ,bu tildan muloqat vositasi sifatida foydalanish ko‘nikmalari hosil 
bo‘lishi uchun o‘quvchida shu tilda muloqat qilish ehtiyoji paydo bo‘lishi kerak.Shundagina
o‘quvchi o‘z fikrini bu tilda bayon etishga qiziqadi va intiladi. Buning uchun o‘quvchi ikkinchi 
til zarur bo‘ladigan vaziyatga tushib qolishi lozim.Masalan do‘kon va bozordan biror narsa 
xarid qilish uchun ,o‘quvchi olmoqchi bo‘lgan narsaning nomini ,rangi- tusini ,miqdorini
ingliz tilida aytib murojaat qilishi darkor. O‘quvchilarni bir –biri bilan suhbatlashish jarayonini 
,koproq tashkil etishda o‘yinlardan foyalanish ko‘proq samara beradi.
Buyuk pedagoglar bola tarbiyasi va uning aqliy faoliyati hamda nutqini o‘stirishda o‘yindan 
foydalanish masalasiga katta e’tibor berganlar.
O‘yin bu qoidalar ,maqsadlar va ko‘ngil ochish elementlari bo‘lgan faoliyatdir.Ta’lim 
jarayonida qo‘llanadigan o‘yinlar ikki turda bo‘lishi mimkin: yuqoridagi vaziyatni aks ettiruvchi
rolli o‘yinlar va musobaqa tarzidagi o‘yinlar.
O‘yinlar ,shuningdek, o‘tilgan mavzularni mazmunli takrorlash uchun sharoit yaratadi.
Bundan tashqari “bir xil ” o‘yinni ko‘p marta o‘ynashi mumkin,ammo hech qachon bir xil
natijalarga olib kelmaydi.O‘yin jarayonida o‘quvchilar bir birlari bilan o‘zaro munosabatga 
kirishadi,natijada ulardagi do‘stlik, birdamlik,tashabbuskorlik va ijodkorlik tuyg‘ulari paydo 
bo‘ladi va rivojlanadi. Ko‘pgina o‘yinlar faqat ilg‘or o‘quvchilarni faolligini oshirsa ,aksincha
ba’zi bir o‘yinlar past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni ham bilish darajasini aniqlab beradi va 
ularning yangi qirralarini ochishda o‘qituvchiga yordam beradi. Albatta o‘qituvchilar o‘z o‘quv
dasturlariga mos ravishda o‘yinlardan istalgan tartibda foydalanishi mumkin.O‘yinlar juft 
yoki kichik guruhlarda o‘ynalishi mumkin .
O‘yinlar barcha yoshdagi o‘quvchilar uchun juda maroqli chunki o‘yin o‘ynash 
jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini kashf qila boshlaydi
Tilni o‘qitishda o‘yinlar xilma –xilligi muhimdir , dastlab qiziqarli va yangi 
bo‘lsada takroriy oynalganda ,o‘quvchilarda zerikish paydo bo‘lmasligi uchun o‘yin shartlari
o‘zgartirilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.O‘yinlar darsning istalgan bosqichida ishlatilishi 
mumkin.
O‘quvchilarning komunikativ qobiliyatini oshirishda rolli o‘yinlardan juda ko‘p foydalanaman.
Masalan boshlang‘ich va 5- sinf o‘quvchilari bilan “Mening oilam”, “Bizning uyimiz”, 
“Kechagi kunim” va yana bir qator mavzularda ularga tayyor suhbat kartochkalari tayyorlab
guruhlarga beraman, guruh a’zolari bilan rollarga bo‘linishadi. Keyingi darsga guruhlar
vazifani 3-4 daqiqalik kichik sahna ko‘rinishida taqdim etishadi.
Aziz: Hi , Malika ,Where is your brother Bobur ? 
Malika : He is in the garden
Aziz: What is he doing ?
Malika : He is watering the vegetables and cutting grass
Bobur: Hi, Aziz ,how are you?
Aziz : Who is he?
Bobur : He is my cousin Rahim,He lives in Gulistan.
Aziz : Nice to meet you Rahim
Rahim : Nice to meet you too
Aziz : Where is your father and mother?
Bobur: They are in the kitchen.They are having lunch.


215
10
Rahim : Your garden is really lovely.
Bobur: Thank you .I enjoy working in the garden .
Malika: Bobur,Rahim lunch is ready.
Til o‘rganishda o‘yin usulini qo‘llashning qulay jihatlari shundaki, o‘yinda ta’limiy maqsad 
niqoblangan bo‘ladi.Bolalarni o‘yin jarayoni ,o‘yindagi shartlarni bajarish qiziqtiradi.Natijada
ta’limiy vazifalar bajarilayotgani,jumladan so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmalari paydo
bo‘layotgani yoki diolog matni yod olinib , qayta-qayta takrorlanishi tufayli ma’lum so‘z va 
iboralar o‘zlashtirib olinayotgani tabiiy bir jarayon bo‘lib,bolarni toliqtirmaydi. 
Yuqori sinflarda o‘yin jarayoni kamayib , ko‘proq musobaqa o‘yinlar qo‘llayman ,chunki bu 
yoshdagi o‘quvchilarning ruhiy xususiyati ular taqlid qilishdan ko‘ra musobaqa va bellashuvga
moyildirlar ,ularni ko‘proq musobaqa o‘yinlar qiziqtiradi.Shuning uchun bu sinflarda ba’zi
rolli o‘yinlarga ham musobaqa elementlarini kiritaman.( Eng yaxshi rol ijrochisini va gaplarni 
to‘g‘ri talaffuz qilgan o‘quvchilar aniqlanib ,rag‘batlantiriladi)
Musobaqa o‘yinlar o‘quvchilarga Grammatik qoidalar va qoidalarni yengilroq o‘rganishga 
, ularni eslab qolishga yordam beradigan mashq sifatida odatiy bo‘lishi kerak. Grammatik 
mashqlaridan bo‘shliqni to‘ldirish,ortiqchasini olish,bo‘laklarga ajratish va jadvallar bilan 
ishlash,so‘zlarni yoki gaplarni tartib bilan yig‘ish ,rasmlarni topish mashqlari yaxshi samara 
beradi.
Grammatik o‘yinlar grammatik strukturalarni jadal takrorlashni ta’minlash uchun 
mo‘ljallangan.O‘qituvchi vaqtni belgilab , o‘quvchilarni tugatgan yoki qilmaganliklarini nazorat 
qilib boradi,qiyinchiliklarni aniqlab oladilar va tegishli tuzatish choralarini ko‘radilar.Bolalar har 
doim o‘zlarining sevimli o‘yinlarini so‘rashadi ,lekin men bunga rozi bo‘lmayman , darsdan 
yangi darsgacha yangi o‘yinlar tayyorlab ,dars repertuarimni o‘zgartib turaman.
Grammatik ma’lumotlarni oson o‘rgatuvchi,so‘zlarning qarama –qarshi ma’nolarini topish
jadvalli topshiriqlardan ikki nusxada tayyorlab va guruh musobaqasi o‘tkazaman. 
Domino o‘yini (qo‘shma otlarni juftini topish yoki bir birini to‘ldiruvchi so‘zlarni izohlab 
keluvchi juftini tez va to‘gri topa olgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.)
Ohangdosh so‘zarni toppish ( ingliz tilida ko‘pgina so‘zlar bir xil talaffuz qilinadi ammo xar
xil yoziladi,topshiriq talaffuzi bir xil so‘zlarni toppish)
meet
meat
flower
Flour
son
our
right
red
Xulosa qilib shuni aytish joizki bu o‘yinlarni bolalarning saviyasi yoki yoshiga qarab
osonlashtirish yoki qiyinlashtirishimiz mumkin .Bu o‘yinlarni asosiy maqsadi o‘quvchilar
darsni oson o‘zlashtirib , yodda saqlab qolishi va chet tilarida erkin so‘zlashishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mahmudova “Pedagogika ” o‘quv darsligi
2. http:// www.eslgamesworld.com/ ClasssroomGames.html


216

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish