Масъул муҳаррир


SAVOD O‘RGATISHDA O‘QUVCHILARNING HUSNIXAT MALAKALARINI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
SAVOD O‘RGATISHDA O‘QUVCHILARNING HUSNIXAT MALAKALARINI 
SHAKILLANTIRISH
Namangan viloyati Namangan shahri
49-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi Soxibova Matluba
Tel: +998(91) 292 58 08
Annotatsiya. Ushbu maqolada 1-sinflarda yozuv mashqlarini tahlil etishning elementlari, 
davrlari va vazifalari haqida yozishga harakat qilindi. Maqolada o‘quvchi o‘qituvchining so‘zini 
tinglay olishi, harf va so‘zlar ko‘rib ularni yozuv elementlari asosida to‘g‘ri yozish haqida fikr 
yuritilgan.
Kalit so‘zlar. Alifbe davri, bir chiziqli daftar, ruchka, doska, katorlar, kichik va bosh harflar, 
harflar qiyaligi.
Birinchi sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish bir muncha murakkab bo‘lib, u bir necha 
davrlarga bo‘linadi va bir necha xil vazifalami o‘z ichiga oladi. Bolalar o‘qituvchining so‘zini 
tinglaydilar, doskaga yozgan harf va so‘zlarni ko‘rib boradilar, ayrim matnlarni ko‘chirib 
yozadilar, so‘z va bo‘g‘inlarni tahlil qiladilar, nuqtalar bilan ifodalangan harflarning ustidan 
bo‘yaydilar. 
Ayrim vaqtlarda o‘qituvchi o‘quvchilarni yozdirishga boshlashdan oldin to‘g‘ri o‘tirish 
qoidalarini tushuntirib beradi, ammo dars o‘rtalariga borib bu narsa ularning esidan chiqib 
qoladi, shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga to‘g‘ri o‘tirish qoidalarini eslatib turishi kerak.
Birinchi sinf o‘quvchilari bilan tayyorgarlik mashqlarini to‘g‘ri olib borish uchun quyidagi 
vazifalarni amalga oshirish kerak: 1. Partada to‘g‘ri o‘tirishga, ruchkani to‘g‘ri ushlashga va 
daftarning holatini to‘g‘ri tutishga o‘rgatish; 2. O‘quvchilarning husnixatga bo‘lgan qiziqishlarini 
o‘stirish; 3. Bolalarning taqqoslash va chamalash qobiliyatlarini o‘stiruvchi mashqlarni bajarish; 
4. Qo‘l va barmoq muskullarining harakatini o‘stirish; Tayyorgarlik mashqlarini bajarish 
uchun o‘quvchilarni qora va rangli qalamlar, flomaster hamda yozuv daftari bilan ta’minlash 
lozim. Birinchi gruppa mashqlari. Darsning maqsadi: O‘quvchilarni daftarning chiziqlari bilan 
tanishtirish va nuqtalarni ko‘z bilan chamalashga o‘rgatish. Birinchi vazifa. O‘quvchilarga bir xil 
masofada nuqtalar qo‘yishga o‘rgatish. Ikkinchi vazifa. O‘quvchilarga “Baravar masofa”, “Yaqin”, 
“Uzoq” kabi tushunchalarni berish. Ikkinchi gruppa mashqlari. Darsning maqsadi: Chiziqlarni 
qiya shaklida yozilishini ko‘rsatish hamda chiziqlar orasidagi masofani to‘g‘ri topishga o‘rgatish. 
Vazifa. Kichik harflar yoziladigan chiziqlar orasida qiya tayoqchalarni yozdirib mashq qildirish. 
O‘qituvchi bu mashqni doskada namuna qilib ko‘rsatib beradi. O‘quvchilar esa qizil qalamda 
qiya tayoqchalarni chizadilar. O‘quvchilar bir qator yozib bo‘lganlaridan so‘ng tekshirib chiqiladi 
va tahlil qilinadi. Agar nuqtalar barovar masofada bo‘lsa o‘quvchi vazifani to‘g‘ri bajargan, 
barovar masofada bo‘lmasa, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘ladi.
O‘quvchilar alifbega-tayyorgarlik davrida ayrim mashqlarni bajargan bo‘lishlariga qaramay, 
o‘qituvchi navbatdagi darsni quyidagi darsni e’lon qilishi bilan birga yozuv qurollarini qayta 
tekshirib chiqishi lozim.
1. Barmoq va qo‘l muskullarining harakatini o‘stiruvchi gimnastika mashqlarini o‘tkazish.
2. Doskada mashqni yozib ko‘rsatish va asosiy diqqatni qayerga jalb etishni tushuntirish. 
3. Yozuv daftarlaridan foydalanish va yozishni qayerdan boshlashni tushuntirish. 4. Partada 
to‘g‘ri o‘tirish, ruchkani to‘g‘ri ushlash, daftarni to‘g‘ri tutish qoidalarini eslatib o‘tish.
5. Har bir qatorga nechta harf yozishni tushuntirish, o‘quvchilarning yozuvini muntazam 
kuzatib borish.
6. Ishning birinchi qismi tugagandan so‘ng o‘quvchilarning yozuvlarini doskada namuna bilan 
solishtirib yo‘l qo‘ygan xatolarini topishga o‘rgatish.
7. Topshiriqni qayta tushuntirish orqali o‘quvchilardagi kamchiliklarni yo‘qotish.
8. Jismoniy mashq daqiqalarini o‘tkazish. 
9. Ko‘z bilan daftar orasidagi masofani to‘g‘ri saqlashga o‘rgatish. 
10. Har bir mashqni bajarishda uni tahlil qilish zarur bo‘lsa qo‘shimcha ko‘rsatmalar berish. 
Alifbe davrida o‘quvchilar nutq tovushlari bilan amaliy tanishadilar, so‘z tuzishga, so‘z va 
gaplarni o‘qishga hamda ayrim harflar ishtirokida so‘z va gaplarni yozishga o‘rganadilar. Alifbe 


218
10
davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
1. Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish.
2. Bo‘g‘in va so‘zlarda harflarni qo‘shib yozish.
3. Qo‘l harakatini uzmay yozishga o‘rgatish.
4. Harflarning qiyaligini va enini to‘g‘ri saqlashga o‘rgatish.
O‘qituvchilar ayrim harflarning elementini noto‘g‘ri yozayotgan o‘quvchilarga shu elementni 
to‘g‘ri yozilishini ko‘rsatib berishi lozim. Bu davrda o‘quvchilarda harflarni to‘liq yozmaslik 
yoki almashtirish yozish kabi xatolarni aniqlash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. G‘ulomov M./’Chiroyli yozuvni shakllantirish” T. 1992 
2. G‘apporova va boshqalar. “1-2- yozuv daftari” T. “O‘qituvchi” 1999
3. G‘apporova va boshqalar. “Alifbe” T. 1999


219

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish