Масъул муҳаррир


MATEMATIKANI O‘QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
MATEMATIKANI O‘QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Usmonova Muyassar Voxidovna
Toshkent shahar Yunusobod tumani 288-maktab
Annotatsiya: Hozirgi kunda zamonaviy o‘qituvchining jamiyatni axborotlashtirish 
sharoitida ishlashga tayyorligini belgilab beradigan axborot-kommunikativ salohiyatlar muhim 
hisoblanadi. Darslarda foydalaniladigan har qanday pedagogik texnologiyalar va axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari ta‘lim jarayoniga ta‘sir etib, o‘quvchilar bilim, ko‘nikma, 
malaka va kompitentsiyalarini rivojlantirish va kelgusi faoliyatiga mustahkam zamin bo‘ladi. 
Ushbu maqolada matematika darslarida AKT ning o‘rni keng yoritilib berilgan.
Kalit so‘zlar: matematik tafakkur,tadqiqot, harakatlar srategiyasi, mufkuraviy immunitet, 
zamonaviy ta’lim
Jahon miqyosida rivojlangan mamlakatlarning ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonida 
o‘quvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirish muammosi yuzasidan olib borgan 
tadqiqotlarda matematika darslarida o‘rganiladigan mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda, DTS 
bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma malakalarni shakllantirish orqali belgilangan maqsadlarni 
amalga oshirish barobarida, o‘quvchilarning shaxs sifatida shakllanishi , kasbga yo‘naltirishni 
amalga oshirishi, ilmiy dunyoqarashni rivojlantirihga muayyan hissa qo‘shishi e’tiborga olingan.
O‘quvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirish o‘rta ta’lim muassasalari zimmasiga 
yuklatilgan davlat va ijtimoiy buyurtmadan kelib chiqqan holda salmoqli tadqiqotlar olib 
borilgan.Shaxs matematik tafakkurini rivojlantirishning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan 
DTS me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, asosida tayanch va matematik 
kompetensiylarni tarkib toptirish va rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammosi sanaladi.
Matematika darslarida va darsdan tashqari ishlar mazmuni fan yangiliklari va kashfiyotlar 
bilan boyitilishi, o‘quvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirish muammosiga yangicha 
yondoshuvni talab etmoqda.
Respublikamizda ta’lim sohasini isloh qilish uchun zarur bo‘lgan moddiy texnika bazasini 
yaratish, o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etiladigan ta’lim – tarbiya jarayonini modernizasiyalash, 
innavatsion ta’lim muhiti sharoitini yaratish borasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borilmoqda. 
2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasining asosiy maqsadi va vazifasi mamlakatni g‘oyaviy-siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, 
ma’naviy-ma’rifiy jihatdan rivojlantirish orqali jahonhamjamiyati oldida nufuzini ko‘tarish 
sanaladi. Mazkur dasturda ma’naviy-ma’rifiy sohada turgan eng muhim va dolzarb vazifa – 
yuksak ma’naviyatli , mustaqil fikrlaydigan , samonaviy bilim va kasb-hunarni puxta egallagan 
yoshlarni tarbiyalash, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini yuksaltirish, 
qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish ekanligi qayd etilgan.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etiladigan ta’lim – 
tarbiya jarayoniga innovatsiyalar kiritish , ya’ni ta’lim muassasalarida innavatson ta’lim muhiti 
sharoitning yaratilayotgani jamiyatimizda yuz berayotgan ma’nafiy-ma’rifiy yangilanishlar , milliy 
mafkura g‘oyalari , umuminsoniy, milliy qadriyatlarning nufuzi ortgan bir davrda o‘quvchilar 
qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirishga asos bo‘ladigan ilmiy dunyoqarash, 
shuniningdek, matematik tafakkurni rivojlantirish muammosining metodologiyasini qayta ko‘rib 
chiqish va modernizasiyalshni talab etadi.
O‘rta ta’lim maktablarining asosiy maqsadi o‘quvchilarni DTS me’yorlangan bilim, ko‘nikma va 
malakalar bilan qurollantirish barobarida ularda tayanch va xususiy matematik kompetensiyalarni 
tarkib toptirish sanaladi. Mazkur maqsadni amalga oshirishda matematik bilim va tushunchalar 
muhim o‘rin tutadi.
О’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2001- yil Oliy Majlisning 
5-sessiyasida sо’zlagan nutqida: kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishga, 
umumiy ta’lim muassasalari va oliy о’quv yurtlari dasturlariga, odamlarning kundalik turmushiga 
joriy etish bо’yicha О’zbekistonning yuksak darajalarga erishishi yuzasidan aniq vazifalar 
belgilangan. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va О’zbekiston Respublikasi Prezidentini «2001-2005 
yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «INTERNET»ning xalqaro axborot 


230
10
tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlari 
tо’g‘risida»gi qarori, «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish tо’g‘risida»gi farmoni ta‘lim jarayonini sifat va samaradorligini 
oshirishga qaratilgan. Shu munosabat bilan, nafaqat umumta‘lim maktablarda, о’rta maxsus, kasb-
hunar ta‘limi va oliy ta‘lim muassasalarida, balki har bir oilaning hayotida zamonaviy axborot va 
kompyuter texnologiyalari, raqamli hamda keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari, 
Internet tizimini tatbiq etish, о’zlashtirish yanada rivojlanmoqda. Hozirgi texnika rivojlangan asrda 
hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Axborot texnologiyalari rivojlangan 
davrda kompyuter texnologiyalari yordamida darslarni о’tkazish o‘quvchilarni darsda befarq 
bо’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi, kompyuter savodxonligini 
oshirish hamda о’zi tanlagan kasbga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish bugungi kunning dalzarb 
masalasidandir. Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
joriy etilib, kasbiy faoliyatimiz samaradorligini oshirmoqda. Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat 
televizor, radio, balki mobil telefonlari, kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz o‘tkaza 
olmay qoldik, ulardan foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va ta’lim olishdagi 
vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida ta’lim tizimida 
ham turli fanlarni o‘qitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. AKT 
nafaqat o‘quvchilarda bilim va malakalarini shakllantirishga, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini 
rivojlantirish, bilishga oid qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi. Keyingi davrlarda ko‘plab 
psixologik va ilg‘or pedagogik sohalarda chop etilayotgan maqolalarda, AKT o‘quvchilarning bilimi, 
ijodiy tafakkurini rivojlantirishi haqidagi fikrlar ta’kidlanayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. 
AKT imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim jara yonida beriladigan axborotlar doirasini boyitish va 
o‘quvchilar tomonidan qiziqish bilan o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Ta’lim jarayoniga AKTning 
joriy etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga xos bo‘lgan ta’limga yangicha yondashuv shakllana 
boshladi. Shu sababli ham ta’lim jarayonining qiziqarliligi va samarasini yanada oshirish zarurati 
yuzaga keladi va bunda mazkur jarayonga AKTni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi.
Umumiy ma’noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi salohiyati tushunchasida 
insonning AKT savodxonligi, ya’ni kundalik hayotida ham, kasbiy faoliyatida ham undan to‘g‘ri 
foydalana olish qobiliyati nazarda tutiladi.
AKT dan ta’lim jarayonida foydalanish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun katta imkoniyat 
hisoblanadi. Jumladan, o‘qitish jarayoni bilan AKT dan foydalanib o‘qitish orasidagi farqni 
mazkur slayddan bilb olish qiyin emas. 
Bunda faqat tinglash,o‘qish balki o‘quvchilar bir dars jarayonida mustaqil ta’lim olish,olingan 
nazariy bilimlarini amalda kuzatish va mavzuni mazmunidagi yangiliklarni tadqiq qilish 
imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Matematika darslarida aktdan foydalanish uchun avvolo kompyutor dasturlari va ulardan 
foydalanish yo‘llarini bilish zarur. Bu esa kompyutor darslari o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini 
shakllantirish balki kompyuterni qo‘llash orqali ularning ijodiy ko‘nikmalarini rivojlanishiga 
ham yordam beradi.


231
10
Shunday qilib, AKTni joriy etish va Internet tarmog‘idan foydalanish o‘qituvchi kasbiy 
mutaxassislik sohasida quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
-o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi;
-o‘qituvchining o‘z kasbiga ijodiy yondashuvi uchun ko‘plab imkoniyatlar taqdim etadi;
-o‘qituvchining mustaqil ta’lim olishi, masofaviy malaka oshirishi uchun keng imkoniyatlar 
taqdim etadi.
Shunday ekan, bunday zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarga dars o‘tuvchi o‘qituvchidan 
ham AKT vositalaridan keng foydalanish, dars jarayoniga tatbiq etish uchun turli loyiha va taqdi-
motlar tayyorlash hamda o‘quvchilar uchun darsni interaktiv va innova tsion texnologiyalar asosida 
yanada qiziqarli qilib, taqdim etish talab etiladi. O‘quvchi atrof-olamga oid bilimlar bilan bir qator-
da, AKTga oid bilimlarning asosini ham aynan o‘qituvchidan olgani ma’qul deb hisoblayman. Shu 
bois, bugungi kunda o‘qituvchining AKTga oid va innova tsion texnologik malakalari darajasini 
muntazam oshirib borish zarurati yuzaga keladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishdan maqsad ham aynan 
o‘quvchilarni zamonaviy axborotlar, texnika vositalari bilan tanishtirish, bu sohada savodxonlik 
darajalarini oshirish, eng asosiysi, mazkur axborotlardan to‘g‘ri foydalanish, malakalarini oshirish-
dan iboratdir
Ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi o‘qituvchiga kasbiy-mutaxassislik faoliyatida rivojlanib, 
katta bilim va tajribaga ega bo‘lib borishida muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda, AKT imkoniyatlarining joriy etilishi evaziga zamonaviy ta’lim jarayonin-
ing samaradorligi va qiziqarliligi yanada oshadi. O‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishda 
muhim ahamiyatini ta’kidlagan holda ulardan foydalanish me’yorlarini unutmasligimiz zarur
Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalarning 
zamonaviy metodlarini, usullarini va dasturiy vositalarini tatbiq etish bo‘yicha yanada kengroq 
imkoniyatlarni yaratib berdi. Uzluksiz ta’lim tizimida bu imkoniyatlardan samarali foydalanish 
o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o‘qituvchilarning 
bilimi, malakasi, kasbiy mahorati, iqtidori, iste’dodi va madaniyatiga hamda dars jarayonida yangi 
pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalana olish faolligiga bog‘liqdir.
Shuning uchun ham bugungi kunda respublikamizda yangi zamonaviy ta’lim texnologiyalari 
tizimi yaratilib, uning asosiy vazifasi ta’lim tizimidagi ta’lim mazmuni uzluksizligi va uzviyligini 
ta’minlash, fanlarni o‘qitish uslubiyatini takomillashtirish, o‘quv jarayoniga yangi pedagogik va 
axborot texnologiyalarini joriy etishdan iborat bo‘ladi.Bugungi kunda barcha ta’lim muassasalarida 
ta’lim olayotgan barcha o‘quvchilar kompyuter va axborot texnologiyalarini mukammal 
o‘rgangan, o‘zlashtirgan va amaliyotga tatbiq eta oladigan bo‘lishi dolzarb masalalar-dan biriga 
aylanmoqda. Ayniqsa, dars jarayonida fanlarni bir-biri bilan bog‘lab o‘tish, o‘tilgan mavzuni 
osonroq tushunishga va ularni o‘zlashtirishga olib keladi.Fan sohasininghar qanday yangiligi , 
loyihasi va ishlab chiqarish tarmog‘i murakkab matematik hisoblashlarsiz amalga oshirilmaydi. 
Bunday hisoblashlarni yengillashtirish maqsadida ko‘plab zamonaviy va universal integrallashgan 
tizimlar, ya’ni amaliy dasturlar paketi yaratilmoqda. Amaliy dasturlar paketi amaliy va tizimli 
dasturlar bilan birgalikda foydalanish orqali kompyuterlarning amaliy darajasini oshirishga 
qaratilgan dasturiy ishlanmalarning keng doirasini o‘z ichiga oladi.Ana shunday zamonaviy 
dasturlar majmuasidan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun matematika darslarini 
tashkil etishda ular bilan ko‘proq muloqot qilish kerak bo‘ladi. Matematika darslarini axborot 
texnologiyalari yordamida tashkil etish etish, bir tomondan dars sifati va samaradorligini oshirsa, 
ikkinchi tomondan o‘quvchilarda shu vositalarni chuqur o‘rganish bilim va ko‘nikmalarini hosil 
qiladi.
Bizga ma’lumki, matematika fani ta’lim tizimida o‘quvchilarning bilim doirasi, dunyokarashini, 
tasavvurlash qobiliyatini shakllantirishda alohida o‘rin tutadi. Chunki matematika fani boshqa 
ko‘plab predmetlarni o‘rganishda, yangi texnika va texnologiyalarni, axborot vositalarini 
o‘zlashtirishda keng qo‘llaniladi.Hozirgi vaqtda matematika darslarida kompyuter va axborot 
texnologiyalari vositalaridan keng qo‘llanilmoqda. Kompyuter va axborot texnologiyalari 
vositalari o‘quv materiallarini yaxshi o‘zlashtirish va egallashga, ular mazmunini uzoq vaqt esda 
saqlab qolishga, bilimlarni mustahkamlashga imkon beradi, o‘quvchilarning predmetga bo‘lgan 
qiziqishini yanada orttiradi.
Matematika fanini o‘rganish jarayonida zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari 
vositalari bilan bevosita muloqot qilishda o‘quvchilar kompyuter texnologiyalarining amaliy 


232
10
masalalarni yechish vositasi ekanligini ko‘radi, anglab yetadi va kelgusida o‘zining amaliy 
faoliyatida undan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga o‘quvchilarda yangi axborot 
texnologiyalari va ularning dasturiy vositalariga bo‘lgan qiziqishi ancha sezilarli darajada ijobiy 
o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning nafaqat matematika bo‘yicha, balki kompyuter va 
axborot texnologiyalari bo‘yicha ham yetarlicha chuqur bilimga ega bo‘lishlariga imkon yaratadi..
Dars jarayonoda axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va amaliy dasturlaridan 
foydalanishning yutuqlari:

Ta’lim oluvchilarning mashg‘ulotlarga faollashuvi va bundan kelib chiqib bilim olish sa-
marasini oshishi;

O‘qituvchi va ta’lim oluvchi vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishi;

Barcha oily o‘quv yurtlari adabiyotlari bilan ta’minlanadi va ular asosida bilim olish im-
koniyatlari yaratiladi;

Kompyuter yordamida dars jarayoni davomida nazariyani amaliyotga bog‘lab olib boril-
ishiga sharoit yaratilishi;

Yangi mavzuni keng hajmda o‘rganish va samaradorligini oshishi;

Ta’lim oluvchilarning faolligi oshib,fanga va ilmga bo‘lgan qiziqishining kuchayishi;

Amaliy ish topshiriqlarini ilmiy-amaliy tekshirib ko‘rishi va vazifani bajarishga ijodiy 
yondashuvi;

Ta’lim oluvchining o‘zi qiziqtirgan savollarga javob topishga harakat qilishi,ilmiy izlanish 
va ijodiy yondashuvi;

Bilimi past ta’lim oluvchilarning bilimdon ta’lim oluvchilarga ergashishi;

Mustaqil fikrlay oladigan ta’lim oluvchining shakllanishiga yordam berishi;
Mamlakatimizda axborot texnologiyalari hayotimizning ijtimoiy, iqtisodiy, ma‘naviy va boshqa 
jabhalarida o‘z aksini topmoqda. Ayniqsa ta‘lim sohasini kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan, nafaqat umumta‘lim maktablarda, o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta‘limi va oliy ta‘lim muassasalarida, balki har bir oilaning hayotida zamonaviy axborot va 
kompyuter texnologiyalari, raqamli hamda keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari, 
Internet tizimini tatbiq etish, o‘zlashtirish yanada rivojlanmoqda. Kompyuetr texnologiyali 
yordamida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki o‘quvchilarni darsga yuqori darsjada 
jalb eta olish mashgulotlarda ko‘proq mashqlar bilan ishlash ya‘ni vaqtdan unumli foydalanish, 
bilimli o‘quvchilarni dastur bilan ishlashi hamda kompyuter savodxonligi oshishiga, bilmlar sifati 
oshishiga olib keladi. 
O‘qituvchining vazifasi har bir ta’lim oluvchini mustahkam bilim hamda ularning ko‘nikmalarni 
shakllantirish, mustaqil va erkin fikrlash, bilimlarini amalda tatbiq etishga o‘rgatish, iroda va xulq-
atvorini shakllantirishdan iborat. Ana shu vazifalarga asoslanib, kompyuter texnologiyalardan 
foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Kompyuter texnologiyalar asosida 
o‘qitish jarayonning samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchining ta’lim oluvchilar bilan faoliyatini 
faollashtira olishiga bog‘liq. O‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligi har xil bo‘lishi, ammo 
o‘quvchilar past o‘zlashtiruvchi bo‘lsa, ularni o‘qitishga qilingan harakat zoe ketishi ham mumkin. 
O‘quvchilar bilimlarni qay darajada o‘zlashtirishi hamma vaqt ularning bilish faoliyati natija-
si bo‘ladi. Ta’lim jarayoni o‘qituvchi bilan o‘quvchilar kelishib ishlaydigan tizim bo‘lishi kerak, bu 
tizimda o‘qituvchi rahbarlik qiladi, ammo natija o‘quvchilarning bilish faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Darslarda ta‘lim tarbiya va o‘quvchilarning faolligini oshirish, yuqori natijalarga erishish uchun 
AKT foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1. I.A.Karimov. Bunyodkorlik yo‘lida, 4-jild. – T.: O‘zbekiston, 1996. 
2. Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar 
faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: “O‘zbekiston”-2017 yil.14 yanvar.104 bet. 
3. R.Ishmuxammedov, A.A.Abduqodirov. “Ta‘limda innovatsion texnologiyalar” T., 2008 
4..B.Q.Haydarov, D.E.Davlatbekov,J.Yu.Saparboyev. “Matematika fanini o‘qitishda zamonaviy 
yondashuvlar va innovatsiyalar” o‘quv uslubiy qo‘llanma Toshkent,2017y
5..Jumeyev M.E. “O‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan (AT) foydalanish‖ metodik 
qo‘lanma.:T., 2003 yil.

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish