BIOLOGIYA FANINI BOSHQA FANLAR BILAN O‘ZARO BOG‘LAB O‘QITISHNING
SAMARADORLIGI
233
10
Xoliqova Rayxon Baqoyevna
Buxoro Viloyati Vobkent tumani
4-maktab biologiya fani o‘qituvchisi.
Tel: +99891 246-59-59
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida biologiya fanini o‘qitishda,
o‘quvchilar bilim samaradorligini oshirish maqsadida o‘tiladigan mavzuni boshqa fanlar bilan
o‘zaro bog‘lash va o‘quvchining tasavvur olamini kengaytirish qolaversa hozirgi vaqtda dunyo
mamlakatlarini qiynab kelayotgan global muammolarni keng miqyosda o‘rganishiga yordam
beradi. Shu maqsadda biologiya darslarini o‘qitishdan asosiy maqsad mustaqil va ijodiy fikrlay
oladigan ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirishdir. Shunga ko‘ra o‘quvchilarni
kuzatish, anglash, fikrlash, nutqini rivojlantirish, xotirasini mustahkamlash va turli kasb sohalariga
yo‘naltirishda, biologiya darslarini o‘qitishda fanlararo bog‘lanishning o‘rni beqiyosdir.
Kalit so‘zlar: Tabiat, ekologiya, adabiyot, fizologik moslanishlar, qushlar.
Darsning tashkiliy qismida o‘quvchilar diqqat e’tiborini mavzuga jalb qilish va ularning
faolligini oshirish maqsadida tabiat, sog‘lik, ozodalik haqidagi sherlardan so‘rash o‘quvchilarni
o‘tiladigan mavzuni o‘zlashtirishlarini osonlashtiradi.
Masalan 7-sinflarga “Qushlar xilma-xilligi” mavzusi o‘tilganda qushlar haqida, ularni asrash,
tabiat haqida she’rlar yoki xotirasida qolish maqsadida Muhammad Yusufning “Qushlar ham
yig‘lar ” She’ridan foydalansa bo‘ladi.
QUSHLAR HAM YIG‘LAR
(Muhammad Yusuf)
Terlar oqdi suv bo‘lib bizdan,
Va gursillab yiqildi terak...
Aka, bizning qilmishimizdan,
Tunda qushlar yig‘lasa kerak.
Ona chumchuq aylanib ketmas,
Ko‘ngliga qil sig‘masa kerak.
Eski indan tashib borib xas,
Yangi inda yig‘lasa kerak.
Baland bo‘lar uyimiz tog‘dek,
Ayvonda ustun ul terak.
Biz yashaymiz ko‘nglimiz chog‘dek
Shunda qushlar yig‘lasa kerak...
Shoir bu sherida qushlarni asrash ularning inlarini buzmaslik kerakligini juda chiroyli
tushuntirgan. Qushlarning turli usullarda in qurishi, ularning turli sharoitlarga moslashib yashab
ketishi, mavsumiy hodisalarga qarab uchib ketishi va uchib kelishi, polapon ochishi, jo‘jalarini
parvarishlashi kabi ma’lumotlar bilan o‘quvchilar diqqatini yangi mavzuga bog‘lash mumkin.
Bu she’r orqali o‘quvchilar tabiatni, undagi jamiki jonzodlarni asrab avaylashni o‘rganishadi.
Tabiatdagi barcha jonzodlar qolaversa insonlar ham ekalogiyaga juda katta ta’sir etishi, uni
o‘zgartirishi, yerda hayotning bardavom davom etishi, undagi resurslardan oqilona foydalanishi
zarurligini o‘rganishadi.
Zoologiyani o‘qitishda mavzudagi ma’lumotlarni o‘rganish davomida o‘quvchilarning ingliz
tili savodxonligini oshirish maqsadida mavzudagi ayrim muhim ma’lumotlar va kerakli so‘zlarni
ingliz tilida aytib o‘quvchilarga qo‘shimcha malumotlar berib borish mumkin. Zamonaviy
pedagogik inovatsiyon g‘oyalar ham hozirgi kunda o‘quvchiga dars o‘tish jarayonida chet
tillaridan keng foydalanish, ularning fikrlash doirasini kengayishiga yordam berishi o‘quvchilar
savodxonligini oshirishga ko‘maklashadi.
Masalan:
Qush- “bird”, Yirtqich qush- “bird of prey”, laylak- “stork”, Chumchuq- “sparrow”
234
10
Burgut- “eagle”, Qaldirg‘och- “swallom”, Tuyaqush- “ostirich”, Uchmoq – “fly”, Don –
“grain”, Jo‘ja- “ chicken”.
O‘quvchilar daftarlariga o‘zlari yoqtirgan qushlarni rasmini chizib nomini ingliz tilida yozishlari
mumkin.
Odam va uning salomatligi darslarida “ovqat hazm qilish sistemasi” organlari tuzilishini
tushuntirganda adabiyot faniga bog‘lab, ramziy ma’noda “bo‘g‘irsoqning sarguzashti ” nomli
ertakni aytish, o‘quvchining mavzuni tezroq ilg‘ab olishini ta’minlaydi.
Bu esa quyidagicha:
Bo‘g‘irsoq safarga chiqibdi, u yo‘lida baland hashamatli binoga duch kelibdi. Darvozasi juda
yumshoq bo‘lib (lab) qo‘l tekkizishi bilan ochilibdi va ichiga yo‘l olibdi. Ichkari juda katta bo‘lib
unda 32 ta tegirmon va katta bir cho‘mich aylanib turgan ekan (tishlar, til), bo‘g‘irsoq zo‘rg‘a
o‘tib qorong‘u, yanada zim-ziyo yo‘lakka duch kelibdi (hiqqildoq) va yo‘l yurib , yo‘l yurib,
katta qopga tushibdi. Qop ichi juda ham shilimshiq bo‘lib (oshqazon) bo‘g‘irsoq sal qolsa botib
qolayozibdi. Qopdan zo‘rg‘a chiqib egri- bugri yo‘lakcha orqali (ichak) nihoyat bir dumalab
yorug‘likka chiqibdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1997 yil
2. Respublika ilmiy amaliy anjumani materiallari 2017yil
3. “Ma’rifat” Xalq Ta’limi Vazirligi gazetasi 2020 yil
4. “Zoologiya” 7- sinf darsligi 2017 yil.
5. www.kutubxona .uz (internet sayti).
235
Do'stlaringiz bilan baham: |