Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SO‘Z USTIDA ISHLASH



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SO‘Z USTIDA ISHLASH
Xolova Dildor Qurbondurdiyevna
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani 19-son maktab
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Tel:+998942327048
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar nutqini o‘stirish ishlari 
uch yo‘nalishda olib borilishi, buning uchun bajariladigan og‘zaki va yozma mashqlar haqida 
ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar: So‘z ma’nosi, mazmuni, adabiy-orfoepik talaffuz, savod o‘rgatish jarayoni.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilar nutqini o‘stirishdir.
Nutq o‘stirish 3 yo‘nalishda: so‘z ustida ishlash, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash, 
bog‘lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshiriladi.
Savod o‘rgatish davrida ham yuqoridagi uch yo‘nalish asosida quyidagi masalalar doirasida 
ishlanadi:
1. So‘zning to‘g‘ri adabiy-orfoepik talaffuzini o‘rgatish.
2. So‘z ma’nolarini tushuntirish.
3. O‘quvchilar nutqiga yangi so‘zlarni kiritib,lug‘atini boyitish.
4. So‘zlarni uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatish.
5. So‘z minimumiga kiradigan so‘zlarni grafik va orfoepik jihatdan to‘g‘ri yozishga o‘rgatish.
Ma’lumki, maktabda o‘quv jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi darslik va unga ishlangan metodik 
qo‘llanma hamda davlat ta’lim standartlari asosida tashkil qilinadi. Savod o‘rgatish jarayonida 
darslikka ishlangan rasmlarni hisobga olmaganda,ustunchada va matnlarda o‘qish uchun berilgan 
so‘zlar tovush va harfning o‘rganilishi bilan bog‘liq holda juda chegaralangan.
Ko‘pincha o‘qituvchilar savod o‘rgatish jarayonida darslikdagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz 
qildirish, o‘qitish bilan kifoyalanadilar.Vaholanki, bu davrda o‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish 
bilan birga ularning nutqiy rivojlanishini ham ta’minlash lozim.
O‘quvchilar nutqi til birliklariga boy bo‘lsagina,o‘z fikrini aniq,ravshan,to‘g‘ri va mukammal 
ifoda eta oladi.Shuning uchun o‘qituvchi har bir savod darsida so‘z ustida ishlashni qiziqarli tarzda 
tashkil etishi zarur.
So‘z haqidagi dastlabki lingvistik tushuncha tayyorgarlik davrining 1-bosqichida hosil qilinadi. 
So‘z tushunchasini hosil qilishda ajratilgan darsda “Har bir predmetning nomi(aniq predmetlar 
asosida)-so‘z” degan ma’lumot beriladi. Keyingi darslarda o‘rgatilayotgan tushuncha bilan bog‘liq 
holda so‘zning boshqa leksik va Grammatik xususiyatlari o‘rgatilib boriladi.
So‘z haqidagi tushuncha ikki xil yo‘nalishda xosil qilinishi mumkin.O‘qituvchi sinf 
o‘quvchilarining faolligi, bilimi va vaqt imkoniyatidan kelib chiqib, bulardan birini tanlaydi.
1.Mazmunli rasm asosida hikoya tuziladi. Tuzilgan hikoyadan bir guruhni tashkil etadigan 
predmet nomlari ajratib olinadi. Shu predmet nomlari so‘z ekanligi savol-javob usulidan foydalanib 
tushuntiriladi.Buning uchun darslikdagi rasmdan foydalaniladi,maqsad asosida rsm-ko‘rgazma 
tayyorlanadi yoki kompyuterda maqsadga mos prezentatsiya tayyorlaniladi.Masalan,darslikning 
20-21-betlaridagi “Bb tovushi va harfi”mavzusi yuzasidan berilgan ko‘rgazma yuzasidan 
quyidagicha savol-javob uyushtirish mumkin:
1. Buvi va nevarasi Tolib qayerda o‘tirishibdi?(Ko‘cha chetidagi o‘rindiqda).
2. Ko‘chadan kim o‘tib qoldi? (Bilol).
3. Bilolning qo‘lida nima bor? (Kitob).
4. Kitob bizga nima beradi? (Bilim beradi).
5. Bilol qanday bola? (Bilol bilimli bola).
6. Bolalar, siz qanday kitoblarni bilasiz? (Ertak kitoblar,she’r kitoblar, hikoya kitoblar).
7. Xo‘sh, bolalar ,biz kitobdan nima olar ekanmiz? (Bilim olamiz).
8. Siz o‘qishni o‘rgangach, bemalol kitoblar o‘qishingiz, bilim olishingiz mumkin ekan.
9. Bilim haqida maqol bilasizmi?(Kitob bilim bulog‘i,o‘quvchining o‘rtog‘i.Ko‘p o‘qigan ko‘p 
bilar. Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni yiqar).
Shundan so‘ng o‘quvchilar diqqati yana ko‘rgazma rasmga qaytariladi va sinf doskasiga 4 
ta tasma chizib qo‘yiladi.Bolalar, aytingchi men nechta tasma chizdim?Demak,hozir siz bilimli 


238
10
bolaning qanday bo‘lishiga doir 4 ta so‘z topasiz.
……. odobli.
……. to‘g‘riso‘z.
……. hozirjavob.
……. aqlli.
Shu o‘rinda “O‘ylaganimni top” o‘yinini o‘tkazish mumkin.
“ Men nima o‘yladim”,-deb 3 ta tasma chizib qo‘yiladi.
-3 ta so‘z o‘yladingiz.
-Qayerdan bildingiz?
-Chuki sinf doskasiga 3 ta tasma chizdingiz.
-Men kitob o‘’qimaydigan bilimsiz bolaning 3 ta sifatini o‘yladim.Toping-chi!(O‘quvchilar 
qo‘l ko‘tarib, javob topishadi).
-Dangasa, yolg‘onchi, urushqoq.
-Barakalla,to‘g‘ri topdingiz.
Endi aytingchi, kim qizg‘anchiq bo‘lishi mumkin, bilimli bolami yoki bilimsizmi?
-Bilimsiz bola qizg‘anchiq bo‘ladi.
So‘z tushunchasi bevosita predmet rasmlari yoki tabiiy predmetlar asosida hosil qilinadi.
Predmet rasmlari asosida tushuntirilganda gul,balki,daraxt,o‘t rasmlarini tanlash,tabiiy 
predmetlar asosida tushuntirilganda sabzi, piyoz, kartoshka, turup, sholg‘om, lavlagi, karam kabi 
sabzavotlardan sinfga olib kelingani maqul.
Gul rasmlari bitta ko‘rgazmada bo‘lishi ham, alohida-alohida bo‘lishi ham mumkin. Alohida 
ishlangan gul rasmi nomi aytilgach, sinf doskasi tagligiga terib qo‘yiladi.
Birinchi gulni ko‘rsatib, “Bu nima?”deyilsa,tabiiyki,o‘quvchilar “gul” deydilar.
Shunda o‘qituvchi, yoq, har bir gulning nomi bor,gulning nomini ayting deyishi lozim.
Shundan keyin yana yuqoridagi kabi suhbat uyushtirilib,so‘z tushunchasi mustahkamlanadi.
Bu darsda so‘lar bilan gaplar haqida ma’lumot berilib,gaplarning so‘zlardan tuzilishi 
aytiladi. Qovun, gul yoki sabzavot nomlaridan birini tayanch so‘z sifatida berib, gap tuzdiriladi. 
Tuzilgan gaplardagi so‘zlar soni aniqlanib,sinf doskasiga uning nusxasi chizdiriladi.Masalan, 
“Nomozshomgul kechki payt ochiladi”.
“Bo‘gin” mavzusi o‘tilganda so‘zning bo‘g‘inlardan tuzilishi xususiyati ochiladi. Keyingi 
darslarda o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq holda so‘z ustida ishlash mashqlariga 1-2 minut 
ajratiladi.
Mashqlar og‘zaki shaklda va kesma harf, kesma bo‘g‘in bilan yozma tarzda o‘tkaziladi:
1.Og‘zaki mashq turlari:
1.Bir xil qo‘shimchali so‘zlar hosil qilish.Masalan, gulzor, mevazor, bug‘doyzor, tutzor, 
paxtazor, uzumzor, ishla, boshla, o‘yla, bog‘la…
2.Ohangdosh so‘zlar toptirish: tutun, butun, ustun, kukun, kuyun, burun, kulun, uzun. Bunda 
o‘qituvchi o‘quvchilar bilmaydigan so‘zlardan 2-3 tasini aytib boshlab beradi.
3.Ma’nodosh so‘z topish. Bunda darslikdagi sinonimi bor so‘zlar aniqlanib, shu so‘zni boshqa 
qaysi so‘z bilan almashtirsa bo‘ladi,deb so‘raladi. O‘quvchilar: “bahor”so‘zi bo‘lsa, “ko‘klam” 
bilan; “katta” so‘zini “ulug”, “buyuk” so‘zlari bilan; “yuz” so‘zini “aft”, “bet”, “chiroy”, “ruxsor”, 
“oraz” kabi so‘zlar bilan almashtirish mumkinligini aytadilar.
4.Shakldosh so‘zlar ustida ishlash: “yoz” so‘zining fasl nomidan qanday ma’nosi borligi 
so‘raladi. O‘quvchi “yoz” bu ruchka bilan harf, so‘zlarni yozishni bildiradi, deb javob beradi.
5.Qarama-qarshi ma’noli so‘z toppish “yaxshi” so‘ziga “yomon”, “odobli” so‘ziga “beodob”, 
“katta” so‘ziga “kichik” va hokazo so‘zlari qarama-qarshi ma’no bildirishini aytadilar.
6.Ko‘p ma’noli so‘zlar bilan birikma tuzdirsh: “Odamning so‘zi” yoki “ishning ko‘zi” deb 
o‘qituvchi kitobdagini aytadi va o‘quvchilarga “Yana nimaning ko‘zi deb aytiladi?”- deb so‘raydi. 
O‘quvchilar “o‘zining ko‘zi”, “derazaning ko‘zi”ni misol qilib keltiradilar.
Yoki oltin so‘zini qo‘llab,oltin uzuk birikmasi aytiladi-da, yana nimalar oltin so‘z bilan birga 
aytamiz, deyiladi: oltin barg, oltin kuz, oltin qoshiq, oltin kalitcha, oltin yulduz, oltin baliq kabilarni 
o‘quvchilar aytishadi.
7.Berilgan tayanch so‘z bilan gap tuzish.
Masalan, so‘z berilib, gap tuz, deyilishi ham yoki hikmatli so‘z, maqol ayt, deyilishi ham 
mumkin. M: kitob, kitob bilim bulog‘i, o‘quvchining hamrohi.
Yaxshi: Yaxshidan bog‘ qoladi,


239
10
Yaxshi topib gapiradi.
O‘quvchi yaxshi o‘qishi kerak. Bu gaplarning nusxalari sinf doskasiga cgizdirilishi mumkin.
Yozma mashq turlari:
1.O‘rganilayotgan sahifadagi bir bo‘g‘inli so‘zlarni kesma harflardan tuzing va o‘qing: do‘st, 
qand, band, mart, mard, matn, baxt.
2.Ustunchadagi ikki bo‘g‘inli yoki uch bo‘g‘inli so‘zlarni kesma bo‘g‘inlardan tuzing va o‘qing: 
baland, qalam, tolib, Toshkent, sayraydi kabi.
3.Bir so‘z asosida bir nechta so‘z tuzing va o‘qing: oltin: olti, in, tin, tol, til, il, it.
4.Berilgan so‘zlarning bo‘g‘inlarini yoki ayrim harflarni almashtirib,yangi soz tuz va o‘qi: 
ma’nosini ayt: qovoq-tovoq, osmon-osma, Odil-Oqil, Zilola-Hilola.
5.So‘zdagi bo‘g‘inlar o‘rnini almashtirib so‘z tuz va o‘qi:bulbul,dada,bobo.
6.So‘z bo‘g‘inlaridan birortasini yoki harflardan birortasini olib qo‘yib, yangi so‘z hosil qil va 
o‘qi: oltin-olti; oltin-ol; oila-ola, Noila-nola.
7.Berilgan so‘zga-la, -zor, -chi qo‘shimchasini qo‘sh va o‘qi. Ma’nosini ayt: gulchi, gulzor, 
gulla.
8.So‘zga bo‘g‘in, harf yoki tutuq belgi qo‘yib, yangi so‘z hosil qil va o‘qi: baho-bahor, odob-
odobli, sher-she’r.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, o‘yin tarzida o‘tkaziladigan bunday ish turlari, birinchidan, 
o‘quvchining lug‘aviy bilimini boyitsa, ikkinchidan, o‘qishga bo‘lgan qiziqishini orttiradi, 
uchinchidan, u so‘zning tovush tarkibining muhim ahamiyatga ega ekanligini his qila boradi, unda 
imloviy sezgirlikni uyg‘otadi, to‘rtinchidan, o‘qish jarayonida, o‘qishga qiziqish uyg‘otadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Ona tili o‘qitish metodikasi”. Mamatova G.A. Boqiyeva X.S. Masharipova U.
2. “Ona tili o‘qitish metodikasi”. Abduraxmonov Salim.
3. “Savod o‘rgatish metodikasi”. Karimova, Qosimova, Safo Matchonov va boshqalar.


240

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish