10
’’TARBIYA’’ FANI - TARAQQIYOT NEGIZI.
Xujyazova Sayyora Shermatovna
Xorazm viloyati Gurlan tumani
33-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Tel: +998932852209
Email: nigoraturayeva04@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada ’’Tarbiya’’fani va uning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar: tarbiya, taraqqiyot, ta’lim, fanlar.
O‘zbekistоn Respublikasining Kadrlar tayyorlash sоhasidagi davlat siyosati insоnni intellektual
va ma’naviy-ahlоqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bоg‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi оrqali
barkamоl shaxs – fuqarоni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ushbu vazifalarni hal etish uzluksiz ta’lim tizimida o‘qitiladigan barcha o‘quv fanlari qatоri
’’Tarbiya’’ fanining ham zimmasiga yuklanadi. Barkamоl shaxs – fuqarоni shakllantirish
vazifasining muvaffaqiyatli hal etilishi avvalо, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni
talab etadi.
Insоnning ma’naviyati uning оngida aks etgan barcha ijоbiy ruhiy, intellektual fazilatlar, axlоq
esa umuminsо niy va millatning milliy qadriyatlari asоsida jamiyatda qabul qilingan, jamоatchilik
fikri bilan ma’qullangan xulq-atvоr me’yorlari majmuasi sanaladi. Barkamоl shaxsni kamоlga
yetkazishda ma’naviy-axlоqiy yetuklik muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, islоh qilishning
yo‘nalishlaridan biri “milliy mustaqillik printsiplari va halqning bоy intellektual merоsi hamda
umumbashariy qadriyatlarning ustuvоrligi asоsida ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida
ta’lim оluvchilarning ma’naviy va axlоqiy fazilatlarini rivоjlantirish” deb belgilangan.
Ota-bobolarimiz ta’lim tarbiyani uyg‘unlikda olib borishni afzal bilganlar.’’Bir bolaga yetti
qo‘shni ota-ona ’’ deyilishi ham bejiz emas. Farzand tarbiyasida oila hamda jamiatni birdek
ma’sul hisoblaydi.Ulug‘ allomalarimiz bu mavzuga bot-bot e’tibor qaratgani, Abdulla Avloniy
’’Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir’’
deya ta’kidlaganida ham katta ma’no mujassam .
Darhaqiqat ta’lim tarbiya taraqqiyoti mamlakat ravnaqi va taqdiriga daxldor masaladir.
Shu ma’noda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab 1-9-sinflar
kesimidagi ’’Odobnoma’’, ’’ Vatan tuyg‘usi’’, ’’Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari’’,’’Dunyo
dinlari tarixi’’ fanlari o‘rnini bosuvchi ’’Tarbiya’’ fani joriy qilinmoqda ushbu fan o‘zbek
millatining o‘ziga xos va mos bo‘lgan yuksak madaniyati va ajdodlari qoldirgan boy me’ros
egalar bo‘lgan yosh avlodimizni milliylik va zamonaviylik asosida tarbiyalashda muhim o‘rin
tutadi. Tarbiya fani negizida o‘zbek tilini mukammal o‘rgatish, xalq og‘zaki ijodi namunalarini
bola ongiga singdirish vazifasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Xalq og‘zaki ijodi milliy g‘oya
va tarbiyaning ham asosidir. Xalq og‘zaki ijodi- milliy g‘urur, or-nomus va qadr qimmar, vafo
va sadoqat, jasorat va matonat, oliyjanoblik va saxovatpeshalik, bag‘rikenglik va halollik kabi
fazilatlar sandig‘i hisoblanadi.
O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari- bizning ham tarixiy ham ma’naviy, ham madaniy, ham huquqiy
me’rosimizdir. Yosh avlodning huquqiy savodxonligini amalga oshirish estetik tarbiya, ekologik
tarbiya, mehnat tarbiyasi aqliy va axloqiy tarbiya ham ushbu fan majmuasida o‘z aksini topadi.
Bola tarbiyasining asosini oila u katta bo‘layotgan muhit uning atrofidagi insonlarning o‘zaro bir-
biriga bo‘lgan muomalasi asosida shakllanadi.
Shuning uchun ham biz pedagoglar va ota-onalar hamkorlikda ish olib borishimizni davrning
o‘zi taqazo qilmoqda. Hozir biz yashayotgan davr axborot texnologiyalar davri bo‘lib har jihatdan
bola tarbiyasiga har tomonlama o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Shuni e’tibordan chetda
qoldirmasdan ota-onalari har doim farzandlarining ta’lim tarbiyasi yuzasidan o‘qituvchilari bilan
muloqatda bo‘lishi, farzandining maktabda, jamoatchilik o‘rtasida o‘zini tutushi odob axloqi,
o‘rtoqlari va ustozlari bilan munosabatini muntazam nazorat qilib borishi maqsadga muvofiq
bo‘lar edi.
’’Tarbiya fani o‘quvchi yoshlarga ’’ Milliy tiklanishdan-milliy yuksalishlar sari ’’ g‘oyasining
242
10
mazmun mohiyatini chuqur anglab yetishiga yordam beradi.
Mazkur fan o‘quvchilarda bosh insoniy fazilatlar va zarur ko‘nikmalarni shakllantish orqali
ularni muvafaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Shunga
ko‘ra ushbu fan o‘quvchilarga yoshlikdanoq liderlikka intilish, sport va sog‘lom turmush tarziga
o‘rganish, hayotning mazmun mohiyatini anglash, kasbiy faoliyatga va oilaviy hayotga tayyor
bo‘lish shaxsiy fazilatlar o‘zlashtirishlariga yordam beradi. ’’Tarbiya’’ fani orqali o‘quvchilarda
faol fuqarolik hissi shakllanib, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni anglagan teran dunyoqarashlar
hamda sog‘lom e’tiqodga ega bo‘lib ulg‘ayadi, shuningdek milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
hurmat vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi.
’’Tarbiya’’fani bitiruvchisi murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, vaqtni va tabiiy
resurslarni qadrlash sog‘lom hayot tarziga o‘rganish kabi ko‘nikmalarning ahamiyatini anglab
yetadi, raqobat bardosh bo‘lib ulg‘ayadi.
Hozirgi kunda tarbiya fani bo‘yicha darslik, multimediya ilovalalari va o‘qituvchi kitobi ishlab
chiqilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ma’rifat gazetasi.
2. Muallima.uz sayti
3. Boshlang‘ich ta’lim jurnali.
4. www.uzedu.uz
243
Do'stlaringiz bilan baham: |