Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QITISHDA IJODIY ISH TURI – INSHODAN



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QITISHDA IJODIY ISH TURI – INSHODAN 
FOYDALANISH
Panjiyeva Yulduzxon Alisherovna
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 
27-maktab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
 Tel 977253039
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘qitish samaradorligiga erishish, 
o‘quvchilarning dunyoqarashini oshirishda ijodiy ish turlaridan biri bo‘lgan inshodan 
foydalanishning ahamiyati haqida fikr mulohazalar yuritiladi. 
Kalit so‘zlar: «yaratish», «bino qilish», «moslash», bayon, tasviriy insho, rag‘batlantirish,
INSHO - ijodiy ishning eng yuqori shakli bo‘lib, maktabda alohida o‘rintutadi; barcha nutqqa 
oid mashqlar ma’lum mazmunda inshoga bo‘ysunadi. «Insho» asli arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi 
«yaratish», «bino qilish», «moslash» demakdir. Bu so‘zning ma’nosi hozirda ancha torayib, 
asosan, o‘quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma’nosida qo‘llanadi.
Inshoni boshlang‘ich sinfdan boshlab dars faolyatida qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Inshoni tasnif qilish ta’limiy vazifalarni chuqur anglash va metodik vositalarni tanlashga, 
shuningdek, ish turlarini zaruriy yo‘nalishda teng taqsimlashga yordam beradi. Ya’ni dars 
jarayonida bog‘liqlik va uzviylik bo‘lishi lozim.
Boshlang‘ich sinflarda bayonning og‘zaki va yozma turlari yuzasidan ma’lum bir bilim, 
ko‘nikma va malakalar hosil qilinmog‘i kerak. Bu insho uchun ko‘prik vazifasini o‘taydi. 
O‘quvchilar diktant va bayon yozish jarayonida o‘zbek tilining ifoda usullari va tasvir vositalari 
bilan tanishib boradilar. Insho uchun ana shu ona-tili ifoda usuli va talaffuz malakalari asos qilib 
olinadi. Natijada o‘quvchida fikr doirasi ancha keng hamda so‘z boyligi yuqori bo‘lishiga erishish 
mumkin. Insho 1-sinfda kichik og‘zaki axborot va ehtirosli hikoyadan boshlanib, o‘z fikrini 
ifodalashga, o‘quvchi shaxsining tashkil topishiga xizmat qiladigan, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga 
ega bo‘lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi. Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita bo‘lib, 
his-hayajon uyg‘otadi, aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko‘rgan-kechirganlari va o‘zlashtirganlarini 
baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o‘rtasidagi sabab-natija bog‘lanishni topishga, 
ularni qiyoslashga, xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi, o‘quvchilarda o‘ziga, 
o‘z kuchi va imkoniyatiga ishonch tug‘diradi. O‘z navbatida, ushbu dars o‘tish metodi orqali 
o‘quvchini shaxs sifatida tarbiyalash imkoni paydo bo‘ladi. Ya’ni, yosh bola ongida insho mavzusi 
bo‘yicha fikrlash jarayoni kechadi, bola ushbu jarayonlarni ongida gavdalantiradi, hamda bunga 
o‘zining munosabatini bildiradi.
Boshlang‘ich sinflarda yozdiriladigan inshoning muhim turlaridan biri kichik yoshdagi 
o‘quvchilarning shaxsiy hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir. Rasm asosidagi insho 
maktablarda tez-tez o‘tkaziladi, chunki rasm bolalar nutqiy ijodini, tasavvurini boyitishga 
xizmat qiladi. Rasm bolalar sezgisiga ta’sir etadi, hayotning bola tajribasida hali uchramagan 
tomonlarini ochadi. Rasm o‘quvchilarga tanish bo‘lgan hodisalarni chuqur anglashga ham yordam 
beradi. Rasm asosidagi inshoning uch asosiy turi mavjud: 1) rasmlar seriyasi yoki rasmli reja 
asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho; 2) syujetli, o‘quvchilarni o‘ylashga, faraz qilishga 
undaydigan bir, rasm asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho; 3) rasmni tasvirlash (tasviriy 
insho). O‘quvchilar avval rasmlar seriyasi asosida, so‘ng bir rasm asosida, undan so‘ng tasviriy 
insho (rasmni tasvirlash)ga o‘rganadilar Bu uslub orqali bolani tasavvur olami kengayadi va 
fikrlash doirasi kengayadi va eng muhimi bolada voqea hodisaga bildirilgan munosabatni nutq 
orqali bildira olish qobilyati shakllanadi.
Dasturga ko‘ra, 1-sinf o‘quvchilari o‘yinlari, mehnatlari, voqea-hodisalar haqidagi taassurotlari 
asosida o‘qituvchi rahbarligida hikoya tuzishlari va uni ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng yozishlari, 
2-sinfda rasmlar seriyasi asosida kichik hikoya tuzish va uni jamoa tarzda tuzilgan reja asosida 
yozish, tabiatni kuzatish va mehnat jarayoni haqida, bolalarning o‘yinlari, ishlari, sayillari 
haqida, avval o‘qituvchi rahbarligida, keyin mustaqil ravishda kichik hikoya tuzish va uni yozish, 
shaxsiy ishlari haqida xat yoza olishlari, 3-sinfda rasmlar (bir mavzuga oid bir necha rasm, 
syujetli bir rasm, rasmni tasvirlash) asosida hayotiy tajribalari, kuzatishlari, ekskursiyalardan 
olgan taassurotlari asosida rejani, avval jamoaviy ravishda, keyin mustaqil tuzib hikoya qilish va 


244
10
uni yozishlari talab etiladi. Boshlang‘ich sinflarda insho ta’limiy xarakterda bo‘ladi, 3-sinfdagina 
tekshiruv insho o‘tkazish mumkin. Rag‘batlantirish maqsadida ta’limiy insholar ham baholanadi, 
lekin salbiy baho qo‘ yish tavsiya etilmaydi. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, boshlang‘ich 
sinflarda insho tizimini rivojlantirish orqali bolaning fikrlash qobilyatini oshirish, dunyoqarashini 
kengaytirishga olib keladi. Bu esa bolada ijobiy sifatlarni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. S. Matchonov va boshq. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini pedagogik texnologiyalar 
asosida tashkil etish. Т.: «Yangiyul poligraph service», 2008.
2. Karima Qosimova|, Safo Matchonov, Xolida G‘ulomova, Sharofat Yo‘ldosheva, Sharoljon 
Sariyev “ona tili o‘qitish metodikasi” Toshkent «NOSIR» nashriyoti 2009


245

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish