Entuziast – entuziazm bilan harakat qiladigan inson.
2-bosqich. Avvalgi darsda о‘tilgan materiallarni mustahkamlash (takrorlash) - dars umumiy
davomiyligining 20 foizi;
3-bosqich. Yangi materialni о‘rganish - dars umumiy davomiyligining 50 foizi;
4-bosqich. Boholash - dars umumiy davomiyligining 10 foizi;
5-bosqich. Darsga yakun yasash (debrifing 80, refleksiya 81) - dars umumiy davomiyligining 10
foizi. Albatta, ushbu dars tuzilishidagi vaqtlar taqsimotini shartli qabul qilish mumkin. Darsning
о‘ziga xos xususiyatlari (mavzu, foydalanilayotgan metod, qо‘llanilayotgan texnologiya, о‘qitish
davri, darsning turi va boshqalar)ga va о‘qituvchining ixtiyoriga kо‘ra, u yoki bu bosqich vaqtlari
qisqarishi yoki uzayishi mumkin. Lekin, darsda yuqoridagi bosqichlarining barchasini foydalanish
maqsadga muvofiq bо‘ladi. Interfaol darsning sifatiy bosqichlari.
Motivatsiya – darsning boshlang‘ich bosqichi bо‘lib, о‘quvchilarni diqqati-
213
10
ni о‘rganilayotgan materialga qaratish, ularni qiziqtirish, materialni zarurligi va foydaligini
kо‘rsatishga mо‘ljallangan. О‘quv materialarini о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirish samarador-
ligi kо‘p jihatdan motivatsiyaga bog‘liq.
Mustahkamlash – materialni о‘quvchilar tomonidan nafaqat butunlay о‘zlashtirish va qiziqti-
rishni kо‘taradigan, balki ularning ongida ushbu predmetda qо‘llanilayotgan bilim va
metodlarning ketma-ket mantiqiy tuzilishini shakllantiradigan darsning muhim bosqichidir.
Yangi materialni о‘rganish – darsning bosh maqsadli bosqichi bо‘lib, unda о‘quvchilar
yangi bilimlar oladilar. Ushbu bosqichda asosiy e’tiborni о‘quvchilar bajarish mobaynida
zaruriy bilim, kо‘nikma va malaka olishlariga imkon beradigan vazifalar tanlanishiga
qaratish kerak. Vazifalarni tanlashda bundan 3500 yil avval buyuk Xitoy mutaffakiri Konfusiy
tomonidan aytilgan «Eshitaman va esdan chiqaraman, kо‘raman va xotiraga olaman, bajaraman
va tushunaman» degan dono gaplarini yodda tutmoqlik lozim.
Baholash – о‘quvchilarni bilim olishlarini rag‘batlantiradigan darsning muhim bosq-
ichidir.
Baholash egiluvchan, ochiq, xolis va haqqoniy bо‘lgandagina, rag‘batlantiruvchi bо‘lishi
mumkin, aks holda, о‘quvchilarni о‘rganayotgan fanidan bezishlari va unga qiziqishlarini pasay-
tirishi mumkin. Shuning uchun, darsning ushbu bosqichida ehtiyotkorona ish tutilishi lozim. Bu
bosqichda jamoaviy, о‘z-о‘zini, guruhlardagi va shu kabi baholashlarni qо‘llash maqsadga
muvofiq. Interfaol darslarda – ballarni tо‘plash va jamoaviy baholash yaxshi natijalarga
olib kelishi mumkin.
Debrifing –tajribada qatnashayotgan subyektga tajriba maqsadlarini ma’lum qilish va agar,
zarurarat bо‘lsa, yolg‘on yoki tadqiqotga zarar keltiradigan elementlarni qо‘llamasliklari haqida
axborot.
Reflе́ksiya (lot. reflexio — orqaga murojaat) - inson diqqatini о‘ziga va о‘zining
shaxsiy faolligiga qaratish, shuningdek ularni qandaydir qayta tushunish.
Debrifing – darsga yakun yasash.
Darsning yakuniy bosqichida darsda о‘tilgan materiallardan о‘quvchilarga nimalari ma’qul
bо‘lgani, nimalar yoqmaganligi sо‘raladi va mos takliflar yig‘iladi, о‘tilgan materiallar umum-
lashtiriladi hamda kundalik turmush bilan bog‘lanadi, bu bilan о‘quvchilarni keyingi
materiallarni mustaqil ravishda chuqurroq о‘rganishga yо‘naltiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston prezidenti Sh. Mirziyoyev asarlari
2. WWW.uzedu.uz
3. WWW.ziyouz.com
4. N.T.Omonov, N.X.Xo‘jayev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonov ” Pedagogik texnologiyalar
va pedagogik mahorat” Toshkent ”Iqtisod-moliya”.
214
Do'stlaringiz bilan baham: |