208
10
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA KASBGA YO‘NALTIRISH ISHLARIDA ESTETIK
TERBIYA BERISH.
Sayitova Nurgul Ergashovna
Sirdaryo viloyati Xovos tumani
7- umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +99899 484 9169
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida kasb-hunarlar haqida
tushunchalarni shakllantirishda estetik tarbiya berish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan..
Kalit so‘zlar: texnologiya, kasb, hunar, estetik tarbiya.
1-4-sinf texnologiya darslarida o‘quvchida kasb turlariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni
maktab joylashgan hududdagi imkoniyat va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tanlanadigan
kasb, asosida shakllantiriladi. Hozirgi sharoitni hisobga olgan holda ko‘proq
maktablarda
texnologiya mashg‘ulotlarining mazmuni asosida milliy hunarmandchilik kasblari yo‘nalishida
olib boriladi. Yirik sanoat ishlab chiqarish rivojlangan hududlardagi maktablarda texnologiya
darslarida o‘quvchilarni shu sanoat sohasiga oid zamonaviy kasblarga yo‘naltirish ikoniyatlari
yaratilishi lozim. Bular bilan bir qatorda kasb-hunarlar asosida estetik zavq olish yo‘nalishlari
ham tushuntiriladi. Masalan; Zargar yasagan uzukdan, kulol yasagan ko‘zadan…..tikuvchi tikkan
ko‘ylakdan……va h.k.
O‘quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish,
ularni zamonaviy
ishlab chiqarish asoslari, yog‘ochga, metallga va gazlamaga ishlov berish
texnologiyasi, pazandachilik
asoslari, qishloq xo‘jalik asoslari, badiy mehnat texnologiyasi
va mashina elementlari yo‘nalishlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash ko‘zda
tutiladi. Maktablarda texnologiya mazmuni asosan quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
I-IV sinflar keng ko‘lamda ishlatiladigan turli xil oddiy materiallar (qog‘oz, rangli qog‘oz, karton
turlari, kalka, poralan, penoplas, paxta va matolar qiyqimlari, plastilin, simlar va boshqalar) bilan
tanishtirish ulardan o‘yinchoqlar va oddiy buyumlar yasash, xalq hunarmandchiligi to‘g‘risida
boshlang‘ich
tushunchalar berish, o‘quvchilarini o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga odatlantirish,
uy-ro‘zg‘or buyumlarining kichraytirilgan nusxalarini modellar,
maketlarni tayyorlashni, turli
xil shakllar texnologiya darslariga ajratilgan o‘quv soatlarini yana bir soatga oshirish maqsadga
muvofiqdir, chunki bir soat davomida o‘quvchilarga bajaradigan ishlari to‘g‘risida umumiy nazariy
ma’lumotlar berilsa, keyingi soatda esa aytilgan ish harakat usullari amalda bajariladi, buyumlarni
yasash usullari, uslublari o‘rganiladi. O‘quvchilarni buyumlarni estetik jihatdan bajarishga undash,
ulardan qaysi biri chiroyli chiqqanligini farqlash, yanada chiroyli qilib yasashga undash orqali
estetik tarbiya berib borish lozim.
Kasb tanlash – bu oson ishlardan emasligini hammamiz yaxshi bilamiz. Demak kasbni shunday
tanlash kerakki, kelgusida bajaradigan ishimiz o‘zimizda qoniqish hosil qilsin va jamiyatga foyda
keltirsin.Shu bois boshlang‘ich sinflarda:
- Kasb-hunarlar haqida to‘g‘ri tassavurlar hosil qilish.
- Kasb-hunar haqidagi tushunchalarni kengaytirish asosida bolalarning qobiliyati, iste’dodi va
kasb tanlash imkoniyati oshib boradi.
- Bunda faqat o‘quvchi yoshiga mos o‘yin yoki to‘garakni to‘gri tanlay olishiga yo‘nalish
ko‘rsarib, ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib boorish maqsadga muofiqdir.
- Psixologlar bilan hamkorlikda psixologik testlar o‘tkazish asosida ham kasb- hunarlar haqidagi
ma’lumotlarni mujassamlashtirib, yuqori sinflarda kasbga yo‘naltirish
ishlarini shakllantirish
uchun zaruriy asosni boshlang‘ich ta’lim muhim bosqich sifatida amalga oshirishi lozim deb
hisoblaymiz.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kelajakda ish jarayonida dars va darsdan tashqari
jarayonlarda kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlarni uzviylikda olib borilsa natija kutilganidek
bo‘ladi deb o‘ylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mavlonova R “Mehnat o‘qitish metodikasi” T-2007.
2. Davlatov. K “O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash” T- 2008.