10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SONLARNI RAQAMLASHNI O‘RGATISHNING
DOLZARBLIGI
Musayeva Yulduz Suyunovna
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi
15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali boshg‘ang‘ich sinf o‘qituvchisi
Tel: +99899: 310-45-77
Elektron pochta 15_ _ maktab @inbox .uz
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich o‘quvchilarining ayniqsa, 1-sinf o‘quvchilarida
10 ichida raqamlashni o‘rganishning dolzarbligi haqida mulohazalar yuritilgan.
Kalit so‘zlar: 10 ichida raqamlash, tayyorlov bosqichlari, taqqoslash, natija.
Boshlang‘ich ta’limni takommillashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
O‘quvchi maktabga kelgan dastlabki kunidan boshlaboq o‘qishga havas qo‘yishi, savodli o‘qishi
va yozishi dastlabki amallarni to‘g‘ri bajarishga o‘rganishi kerak.
Boshlang‘ich sinflarda matematikani muvoffaqqiyatli o‘rganish ko‘p jihatdan o‘quvchilarning
10 ichida sonlarni raqamlash va arifmetik amallarni o‘zlashtirish sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Birinchidan, 10 gacha bo‘lgan sanoq, sanoqning keyingi bosqichi asosi hisoblanadi, ya’ni
bir o‘nlikdan o‘n o‘nlikkacha yoki bir yuzlikdan o‘n yuzlikkacha va h.k. oddiy birliklar kabi
sanaladi. Ikkinchidan, 10 ichida qo‘shish jadvalini mustahkam bilmasdan ko‘p xonali sonlar
ustida amallar bajarish mumkin emas.
Doimiy kuzatuvlar nazorat ishlari o‘tkazish natijalari shuni ko‘rsatadiki, birinchi sinflarda 10
ichida sonlarni raqamlashni o‘zlashtirishda ayrim kamchiliklar uchraydi 10-14% o‘quvchilar 10
ichida ongli sanash malakasiga ega emas. Ular bilimi mexanik sanash bilangina chegaralangan,
ya’ni sonlarning natural qatori ketma-ketligini hamma vaqt ham to‘g‘ri ayta olmaydilar
masalan, o‘quvchi “Uchta” so‘zini ifodalashda ba’zan uchinchi narsani to‘g‘ri ko‘rsata olmaydi.
O‘quvchilar hisoblash maqsadini tushunmaydilar.
O‘qitishning dastlabki ikki oyida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalari turlicha bo‘ladi.
Bunga asosiy sabab, ularning rivojlanish darajasi va maktabga tayyorlanish sharoitlarining turli-
tumanligidir.
O‘zlashtirmovchilar bilan ishlashning turli shakllarini qo‘llash kerak: individual mashg‘ulotlar
va topshiriqlar, ayrim o‘quvchilarni sinchiklab nazorat qilish va ularning xatolarini sistemali
ravishda tuzatish, differensial yondashish o‘quvchilarning bilim darajasini hisobga olib,
topshiriqlar berish, yangi materialni dars so‘nggida yoki o‘sha paytda qayta tushuntirish, teskari
aloqaning turli vositalarini qo‘llash. Darsda ko‘p og‘zaki topshiriqlar berish ham o‘quvchilar
diqqatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi bunda ko‘proq tayyorgarlikka ega o‘quvchilar ishtrok etadilar.
Bundan tashqari dastlabki oylarda, ba’zi o‘qituvchilar o‘quvchilarni darslik bilan ishlashga
o‘rgatmaydilar va darslikdagi barcha topshiriqlarni o‘zlari o‘qiydilar yoki yozuv taxtasiga
yozadilar.
Dastlabki 10 ichida sonlarni o‘rganish darslari bolalarning maktabgacha bo‘lgan davrdagi
rivojlanishi va tayyorgarligini hisobga olgan holda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir shu
sababli, dastlabki darslardanoq bolalarning mavjud matematik tushunchalari va bilimlarini
aniqlash zarur. Tayyorgarlik davrida raqamlashni o‘rganish uchun zarur bo‘ladigan (sanash,
ko‘p, kam, katta, kichik, tartib, munosabatiga doir va h.k.) bilimlarni sistemalashtirish muhimdir.
Ayniqsa, sanoq malakasini egallash muhim, buning uchun narsalar sanog‘iga doir mashqlarni har
bir darsga kiritish lozim. Natijada o‘quvchilar, narsalar soni uning tartibiga bog‘liq emasligini
tushunsinlar bunday mashqlar davomida imkoniyatiga qarab, har bir o‘quvchi o‘zlari sanayotgan
narsani tegishli son bilan mos qo‘yish malakasiga ega bo‘lishi kerak. Bu davrda bolalar turli
narsalar to‘plamini taqqoslash, soni teng bo‘lmagan narsalarni tenglashtirishni o‘rganib oladilar.
Dastlabki 10 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganishga doir ko‘rgazmali qurollar va dedaktik
materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yish kerak. Ayrim narsalarni o‘quvchilar ham to‘plashlari
mumkin. Masalan, cho‘plar, turli barglar va h.k.
Mavzuni o‘rganishda asosiy diqqat-e’tibor quyidagilarga qaratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |