10
MATEMARIKA DARSLARIDA MULTIMEDIYALAR ASOSIDA DARS
SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Muhiddinova Nargiza A’zamovna
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani
9- umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +99899 477 2057
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida multimediadan
foydalanish imkoniyatlari va ulardan foydalanish asosida o‘qituvchi va o‘quvchiga beriladigan
imkoniyatlar haqida fikrlar berilgan.
Kalit so‘zlar: matematika, multimedia, axborot-kommunikatsion texnologiya.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy talablaridan biri axborot texnologiyalarini
ta’lim jarayoniga keng tatbiq etib, o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga, erkin fikrlashga
o‘rgatishdan iboratdir. Shu maqsadda maktablarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi,
maktablar kompyuter va boshqa texnika vositalari bilan ta’minlandi. Bularning barchasi ta’lim
samaradorligini oshirishga qaratilgandir.
Hozirgi vaqtda pedagog kadrlarni axborot-kommunikatsion texnologiyalar bo‘yicha malakalarini
oshirish ishlari keng yo‘lga qo‘yilgan. Har bir pedagog o‘z kasbiy faoliyatida kompyuter
imkoniyatlaridan erkin va faol foydalanishni, dars jarayonida tatbiq qilishini nazarda tutadi.
Pedagoglarning axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarligi
bir necha komponetlarni o‘z ichiga oladi. Ulardan biri axborot-komunikatsion texnologiyalardan
foydalanish asoslari va ularni kasbiy faoliyatda qo‘llash metodikasini egallash hisoblanadi.
Tovushlar va multimediyalar bilan ishlash multimediya vositalari deb ataladigan maxsus texnik
va uskunaviy asboblar yordamida amalga oshiriladi, “Multimediya” atamasi “ko‘p tarmoqli
muhit”, “multimuhit” ma’nolarini anglatadi. Multimediya deganda, turli shakldagi ma’lumotlarni
qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Elektron qo‘llanma eng birinchi navbatda bu –
yangi o‘quv ma’lumotlarni namoyish etish, an’anaviy ta’lim usulida chop etilgan qo‘llanmalarni
mazmunan to‘ldiruvchi, ko‘rgazmali vositalarga animatsiya beruvchi, mavzuni audiovizual
(ko‘rish va eshitish) to‘ldiruvchi, egallangan bilim va ko‘nikmalarni tekshirib ko‘rishga imkon
beruvchi kompyuter-informatsion dasturiy vosita bo‘lib, unda multimediya imkoniyatlaridan
keng foydalaniladi. Deyarli har bir ta’lim muassasasi kutubxonalarida multimediya prinsiplariga
asoslangan elektron ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, tarjimonlar va lug‘atlar mavjud.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari elektron entsiklopediyalardan ochiq darslar davomida samarali
foydalanishlari kerak.
Dars jarayonida quyidagi turdagi axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga
e’tibor beriladi:
– yangi mavzuni bayon etish yoki mustahkamlash uchun slaydlar;
– ayrim mavzularni bayon qilish uchun har biri 5–10 minutli bo‘lgan multimediyalar;
– deyarli barcha mavzularni bayon qilish uchun har biri 5–10 minutli bo‘lgan multimediyalar;
– turli mashqlarni, amaliy topshiriqlarni bajarishga mo‘ljallangan o‘yinli multimediyalar.
Bulardan tashqari, o‘quvchilar mustaqil shug‘ullanishlari uchun elektron darsliklar yaratish
ko‘zda tutiladi. Elektron darslikda ayrim muhim mavzular yoki deyarli barcha mavzular bayoni,
undagi mashqlar, topshiriqlar, testlar multimediya orqali beriladi. Unda turli mashqlar, topshiriqlar
va testlar o‘yinli multimediyalardan iborat bo‘ladi.
Elektron darsliklar o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtiradi, o‘zlari ustida mustaqil ishlashga
o‘rgatadi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali o‘tkazishga yordam beradi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida multimediyadan foydalanish o‘qituvchiga:
– darsni zamonaviy tarzda modellashtirish;
– bilimlarini chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumot va axborotlarga ega bo‘lish;
– nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida multimediyadan foydalanish o‘quvchilarga:
– fanga qiziqish uyg‘otish, o‘z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash;
– entsiklopedik ko‘rinishdagi axborotlarni tezkor olish;
– mavzuni o‘rganishda o‘zi uchun qulay bo‘lgan tezlik va o‘zlashtirish darajasini tanlash;
165
10
– zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va unga doimiy
ishlashga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi.
Multimediyaga asoslangan dars ishlanmalarini markazlashtirilgan holda tayyorlash
axborot-kommunikatsion texnologiyalarni biladigan, ya’ni multimediyani tayyorlay oladigan
mutaxassislari bilan shu o‘quv fanining mutaxassislari birgalikda amalga oshirilishi kerak. Buning
uchun fan mutaxassisi axborot-kommunikatsion texnologiyalardan, multimediyani tayyorlash
texnologiyasidan yetarli daraja xabardor bo‘lishi kerak. Bunda fan mutaxassisi tegishli dars
uchun multimediyaga asoslangan dars ishlanmasining stsenariysini tuzib berishi, multimediyani
tayyorlash jarayonida bevosita ishtirok etishi kerak.
Multimediyaga ovoz berish uchun ham maxsus mutaxassislar jalb qilinishi, ovoz ravon va
tushunarli tarzda berilishi, o‘quvchilarning diqqatini jalb qila oladigan darajada bo‘lishi zarur.
O‘quv topshiriqlarini multimediali vositalar yordamida o‘quvchilarga taqdim etish bir
qadar qulayliklar tug‘diradi. Chunki multimediali vositalar o‘quvchilarning mustaqil faoliyat
ko‘rsatishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Har bir o‘quvchini o‘qituvchi hamda sinfdoshlari
bilan muloqotga kirishish, hamkorlik qilishga undaydi. Bunday vaziyatlarda multimediali
vositalar alohida didaktik funksiyani bajaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Кenjaboev O. Zamonaviy axborot texnologiyalari. T. 1999
2. M.Toshpo‘latova va b.q Matematika “2-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanma
T-2015.
166
Do'stlaringiz bilan baham: |