10
BOLA TARBIYASIDA MAKTAB, OILA VA MAHALLA HAMKORLIGI
Murtozova Zulfiniso Ro‘ziqulovna
Olot tumani 11-umumta’lim maktabining
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotasiya: Maqolada asosan bola tarbiyasida oila, maktab va mahallaning o‘rni, hamkorlikda
bajariladigan vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan
Tayanch so‘zlar: Pedagogik kengash, kuzatuv kengash, sport klublari, estetik tarbiya,
tavsifnoma
Yoshlarni tarbiyalash juda mashaqqatli va murakkab vazifa sanaladi. Bugungi kunda tarbiya
maskanlari bilan bir qatorda ishlab chiqarish va o‘quv jamoalaridagi tarbiyachilar, bolalarning
turar joylaridagi mahallalar oiladagi ota-onalar, ommaviy axborot vositalari, adabiyot, san’at va
boshqa vositalar orqali tarbiya jarayonini amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur tizimda yosh
avlodga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning yetakchi bo‘g‘ini umumta’lim maktablari hisoblanadi.
Maktablardagi bolalarni fanga, sportga, mehnatga qiziqtirish uchun, turli xil fan to‘garaklari,
sport klublari, oromgoh ishlari tashkil qilinib, darsdan tashqari vaqtlarda o‘quvchilarga maktab
xonalari,sport zallari va kutubxonalardan keng foydalanish imkoni yaratilmoqda. Ularning
maktab ,madaniyat muassasalari bilan aloqasi kuchaytirilmoqda. Malakali pedagog xodimlarga
ega bo‘lgan maktab, oila va mahallalar bilan birgalikda muntazam ishlashni pedagogik jihatdan
yo‘lga qoyilmoqda.
Bolalar tarbiyasi bo‘yicha maktab, oila va jamoatchilikning faoliyatini muvofiqlashtirish
asosan quyidagi tashkiliy shakllarda amalga oshiriladi:
1. Maktab pedagogika jamoasi ota-onalar qo‘mitasi korxonalar va turar joylari, kutubxonalar,
sport maydonlari, sport klublari bo‘yicha jamoatchilik kengashlari vazifasi aniq taqsimlangan
holda tarbiyaviy ish rejalariga muvofiqlashtiriladi.
2. O‘qituvchilarning kuchi bilan ota-onalar va jamoatchilik vakillarini bolalar bilan ishlashning
eng samarali pedagogik usullarini muntazam joriy qiladilar.
3. Tarbiyaviy ishlarning borishi va natijalarini sinchkovlik bilan o‘rganish topilgan
kamchiliklarning sabablarini aniqlash va uni bartaraf etish tadbirlari birgalikda amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda bolalarning oiladagi tarbiyasini yaxshilashga alohida e’tibor berilmoqda .
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son “Yoshlarni
ma’naviy –axloqiy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini
sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi 175- son “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila
instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro
hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorlariga muvofiq Xalq ta’limi
vazirligi huzuridagi “Oila,mahalla, ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi to‘g‘risidagi
Nizomi tasdiqlangan. Ushbu Nizom bandlariga asosan, maktab ota-onalar bilan asosiy ishni
ota-onalar qo‘mitasi orqali olib boradi. Maktab va sinf ota-onalar qo‘mitalarining faoliyati
umumta’lim maktablari ota-onalar qo‘mitasi Nizomida belgilangan. Bu qo‘mitalar ota-onalar
yig‘ilishlarida saylanadi. U bolalarga maktab va oila tarbiyaviy ta’sirining yaxlitligini ta’minlaydi,
ilg‘or tajribani targ‘ib qiladi, umumiy majburiy ta’limni amalga oshirish ishida bolalar kasalligi
va huquqbuzarliklarini oldini olish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish kabi tadbirlarda qatnashadi.
Qo‘mitaning ishini rais boshqaradi. Ayrim o‘quvchilarning tartibsizligi, o‘zlashtira olmasliklarining
sababini aniqlaydi va ular bilan ishlashda o‘qituvchilar, ota-onalar hamda jamoatchilikning
faolijyatini muvofiqlashtiradi.
Sinf rahbari har yili ikki marta kuzgi va qishki yoki bahorgi ta’tilda muntazam ravishda sinf
o‘qituvchilarining ota-onalari, faollar, maktab vrachi, va kuzatuv kengashi faollari ishtirokida
kengash o‘tkazadi. Bu pedagogik kengashda sinf o‘quvchilarining qisqa tavsifnomalari loyihasi
muhokama qilinadi,ayrim o‘quvchilarning o‘qishidagi qoloqligi yoki xulqidagi nuqsonlarning
sabablari aniqlanadi, so‘ngra o‘qituvchilar, ota-onalar, o‘quvchiar faollari bilan birgalikda
ularni bartaraf etishning jamoatchilik tadbirlari belgilaydi. Agar sinfda bolalar soni ko‘p bo‘lsa
tavsifnomalar tanlab muhokama qilinadi. Bunday pedagogik kengashlar bolalarni chuqurroq
o‘rganish,ular to‘g‘risidagi o‘qituvchilar, ota-onalarning mulohazalarini eshitishi va asta-sekinlik
bilan ular harakatlarining birligini ta’minlashga yordam beradi.
167
10
O‘quvchilarning o‘zlashtirmasligining sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin: sog‘lig‘ining
yomonlashuvi, ovqatlanishining yaxshi emasligi, ish qobilyatining sustligi. Bu xususda shoshilinch
choralar ko‘riladi. Boshqa sabablar oiladagi munosabatlarning yomonlashuvi, janjallar, ota-
onaning spirtli ichimliklar ichishi tufayli paydo bo‘ladi.Albatta,bu salbiy hodisalarga ota-
onalarning o‘zlari barham berishlari, ba’zan esa ularga jamoatchilik orqali ta’sir o‘tkazish lozim.
O‘zlashtirish va xulqidagi nuqsonlarning sababalaridan biri o‘qishga sidqidildan
yondashmaydigan tengdoshlarning ta’siridir.Bunday holatda sinf rahbari va ota-onalar bolalarning
tengdoshlari bilan munosabatini yangi, nisbatan foydali aloqalarni o‘rnatishga harakat qiladi.
Sinf rahbarini ota-onalar bilan ishlashining asosiy shakllaridan biri har o‘quv choragida kamida
ota-onalar yig‘ilishini o‘tkazishidir.
Ota-onalar yig‘ilishida ayrim fan o‘qituvchilarining chiqishini tashkil qilish lozim. Ular
ota-onalarni mazkur fanning talablari, bilim va uquvlarni baholash mezonlari, uy vazifalarini
bajarishda butun sinf uchun xos bo‘lgan tipik xato va kamchiliklar ularni bartaraf etish chora-
tadbirlari bilan tanishtiradi. Alohida o‘quvchi to‘g‘risidagi suhbatni ota- onalar bilan yakka
tartibda o‘tkazgan ma’qul, chunki bu to‘g‘rida boshqa ota-onalar yonida gaplashish har doim ham
istalgan samarani beravermasdan, sinf rahbari bilan ota-onalar munosabatlarini murakkablashtirib
yuborishi mumkin. Yig‘ilishda ota-onalarni faollashtirish, ularni sinf hayoti, o‘quvchi o‘qishining
ahvoli va xulq-atvori, o‘qituvchilar jamoasining ish uslubi masalalari bilan tanishtirishi lozim.
Ushbu masalalarni amalga oshirish yuzasidan aniq maslahatlarni ota-onalar, sinf rahbari, ota-
onalar qo‘mitasi a’zolari bilan suhbatlashish orqali oladilar.Ota-onalar axloqiy tarbiyaning keng
oqilona uslublarini tanlashda o‘qituvchilarning alohida yordamiga muhtojdirlar. Hammabop
axloqiy suhbatlar asta-sekin bolalarda yaxshilik va yomonlik, rahmdillik va shafqatsizlik,
vijdonlilik va vijdonsizlik, haqiqat va yolg‘on to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirib boradi.
Bu suhbatlar ertaklarni aytib berishdan boshlanib tobora maqsadga yo‘naltirilgan erkin, muhim,
g‘oyaviy, axloqiy sifatlar, estetik va jismoniy takomillilik to‘g‘risida muntazam suhbatlarga
aylanadi.
Bolalarni axloqiy tarbiyalashda bolalar muloqotlarini to‘g‘ri tashkil qilishning roli kattadir.
Muvaffaqiyatli uyushtirilgan muloqotda bola faqatgina o‘zining saviyasini oshirib,faqatgina
ayrim o‘quv va ko‘nikmalarni qabul qilib qolmasdan, hatti-harakatning usul va yo‘llarini,nutq
ravonligini, gavdani tutish va boshqa holatlarni o‘rganadi. Oila sharoitida bularning hammasi ota-
onalar va oilaning boshqa a‘zolarining shaxsiy namunasi ta’siri bilan bog‘liq. Oila bolalarning
estetik didini, uquvi va ko‘nikmalarini boyitishning almashtirib bo‘lmaydigan vositasidir. Oilada
badiiy adabiyotlarni o‘qishga qiziqish uyg‘otilsa, birgalikda teatr, kinofilmlar ko‘rib muhokama
qilinsa, xonadonda gullar o‘stirilsa, xonalar estetik did va kamtarona jihozlansa, bularning barchasi
bolalarda estetik zavq uyg‘otadi.
Oilada bolalarga eng muhim tarbiyalardan biri mehnat tarbiyasi ham berib boriladi.Bunda
bolalar o‘z-o‘ziga xizmat qilishni,oila ishlariga yordam berishni o‘rganib.kasb tanlash degan
tushunchani ham onglariga singdirib boradilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. N.I.Boldirov “Sinf rahbari” Tashkent “O‘qituvchi 1975 y
2. Y. I Tursunov, U.N.Nishonaliyev “Pedagogika kursi” Tashkent “O‘qituvchi 1997y
3. https://regulation.gov.uz
168
Do'stlaringiz bilan baham: |