Driscoll M. Blended Learning: Let's Get Beyond the Hype. IBM Global Services. https://www-
07.ibm.com/services/pdf/blended_learning.pdf
2
Valiathan P. Blended Learning Models. http://purnima-valiathan.com/readings/Blended-
Learning-Models-2002-ASTD.pdf
3
Краснова Т. И. Смешанное обучение: опыт, проблемы, перспективы. http://portal.tpu.ru:
7777/SHARED/k/KRASNOVA/science/Tab1/Смешанное%20обучение_опыт_%20пробл.pdf
PEDAGOGIKA
2015, 4-son
63
Uyg‘unlashgan о‘qitishni yо‘lga qо‘ygan ta’lim muassasalarining tajribasi
shuni kо‘rsatadiki, an’anaviy va masofadan о‘qitish shakllarining integratsiyasi
natijasida о‘qitishning quyidagi modellari vujudga keladi:
yuzma-yuz о‘qitish modeli (Face-to-Face Driver). Bu modelda
о‘qituvchi о‘z funksiyasini auditoriyada tо‘laligicha bajaradi, ya’ni darslar
an’anaviy shaklda tashkil etiladi. О‘quv materiallarini taqdim etishda bosma
nashrlar bilan birga elektron nashrlar va online kurslardan (individual
kо‘rinishda) keng foydalaniladi;
almashilgan holda о‘qitish modeli (Rotation) avvaldan belgilangan
jadval asosida online rejimida о‘qituvchi bilan yakkama-yakka, mustaqil hamda
an’anaviy tarzda (auditoriyada) о‘qishni о‘z ichiga oladi;
moslashuvchan о‘qitish modeli (Flex) online platformaga asoslangan
holda о‘quv kurslari tashkil qilinadi. Bunda о‘qituvchi yakkama-yakka yoki
kichik guruhlar kо‘rinishida individual о‘qitish dasturlari asosida online
о‘qitishni amalga oshiradi;
online laboratoriya (Online Lab). Bu о‘qitish modelida ham Flex kabi
online platforma katta ahamiyat kasb etadi. О‘quv materiallari modul kо‘rinishda
о‘quvchiga taqdim etiladi va muvaffaqiyatli о‘zlashtirishdan sо‘ng keyingi о‘quv
blokini о‘zlashtirishga ruxsat beriladi. Bu yerda о‘qituvchi vazifasini elektron
kurs boshqaruvchisi bajaradi va ayrim holatlarda yuzma-yuz (auditoriya
doirasida) о‘qitish amalga oshiriladi;
mustaqil tarzda aralash о‘qitish (Self-blend) modeli an’anaviy tarzda
о‘qiyotganlar uchun qо‘shimcha kurslarni tashkil qilishga asoslanadi. О‘qish
vaqti va dasturiga qat’iy talablar qо‘yilmaydi, о‘quvchi ixtiyoriy tarzda
qо‘shimcha kurslarni masofadan о‘qish orqali tugatishi mumkin.
online boshqaruvchi (Online Driver) modeli. О‘quv materialining
deyarli barchasi va о‘quv jarayoni online platforma doirasida tashkil qilinadi.
О‘quvchi mustaqil faoliyat kо‘rsatadi, ba’zan zaruriyat yuzasidan yuzma-yuz
о‘qitishni tashkil qilish mumkin.
Yuqorida keltirilgan modellardan Flex modeli doirasida о‘quv
materiallarini yetkazish usuli (texnologiyasi), о‘qitish vositalari va tashkiliy
bosqichlari uchun quyidagi jadvalni hosil qilish mumkin (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |