Джураев Р. Х. ва б. Педагогик таълимни ахборотлаштириш: назария ва амалиёт.
Монография. – Тошкент: Фан, 2011. – С. 15.
2
Джураев Р. Х. ва б. Педагогик таълимни ахборотлаштириш: назария ва амалиёт.
Монография. – Тошкент: Фан, 2011. – С. 99.
PEDAGOGIKA
2015, 4-son
112
Barcha malaka oshirish markazlari (5ta mintaqaviy va 10ta tarmoq) Bosh ilmiy-
metodik markaz portali tarkibidagi (http://markazlar.bimm.uz) o‘zlarining
kabinetlariga o‘tib, u yerdan tinglovchilar uchun yaratilgan maxsus menyu orqali
test jarayonlarini online rejimda tashkil etishadi. Bunda tinglovchilarning test
natijalari yagona markazlashgan ma’lumotlar bazasiga yozilib boriladi va
ularning natijalarini monitoring tizimi orqali tahlil etib borish mumkin bo‘ladi.
2013-yil aprel-dekabr oylarida mintaqaviy va tarmoq markazlarida malaka
oshirgan tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatgichlari shuni ko‘rsatadiki,
mintaqaviy markazlarda kurslarni muvafaqqiyatli tamomlagan 1516 nafar
professor-o‘qituvchilarning kurs avvalidagi ko‘rsatkichlari kurs yakuniga borib
o‘rtacha 23%ga, tarmoq markazlaridagi 2425 nafar professor-o‘qituvchilarning
ko‘rsatgichlari esa o‘rtacha 24%ga oshgan.
2014-yilda bu ko‘rsatgichlar 2-3 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
Mintaqaviy markazlarda kurslarni muvafaqqiyatli tamomlagan 1870 (34%) nafar
professor-o‘qituvchilarning kurs avvalidagi ko‘rsatkichlari kurs yakuniga borib
o‘rtacha 27%ga, tarmoq markazlaridagi 3699 (66%) nafar professor-
o‘qituvchilarning ko‘rsatgichlari esa o‘rtacha 25%ga oshgan.
Malaka oshirish kurslarini muvafaqqiyatli tamomlagan tinglovchilarning
chiqish testlari natijalarini o‘quv modullari bloklari kesimida taqqoslaydigan
bo‘lsak, “Umumiy tayyorgarlik” va “Umumkasbiy tayyorgarlik” bloklari
bo‘yicha natijalar 2014-yilda 2013-yilga nisbatan o‘rtacha 10%ga,
“Umummutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik” va “Mutaxassislik bo‘yicha
tayyorgarlik” bloklari natijalari esa o‘rtacha 7%ga oshgan.
Bundan ko‘rinadiki, barcha bloklar bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish o‘rtacha
10%ga oshgan. Endi bu natijalarni mintaqaviy va tarmoq markazlari bo‘yicha
solishtiradigan bo‘lsak, holatni yanada oydinroq ko‘rishimiz mumkin.
Mintaqaviy markazlarda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasining birinchi
va ikkinchi blok fanlaridan dars beradigan pedagoglar, tarmoq markazlarida esa,
o‘quv rejaning uchinchi va to‘rtinchi blok fanlaridan dars beradigan pedagoglar
malaka oshiradilar.
2014-yilda mintaqaviy va tarmoq markazlarida malaka oshirgan
tinglovchilarning chiqish testlari natijalarining yo‘nalish o‘quv modullari
bloklari kesimidagi tahlili birinchi va ikkinchi bloklar bo‘yicha natijalar uchinchi
va to‘rtinchi bloklarning natijalariga nisbatan yuqoriroq ekanligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |