Avtomobil indd



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

O‘t oldirish harorati
deganda, maxsus asbob (tigel)da 
qizdirilgan moyning havo bilan hosil qilingan aralashmasini 
ma’lum alanga yordamida o‘t olish harorati tushuniladi. 
O‘t olish haroratiga asoslanib, moyning bug‘lanuvchanligini 
yetarli darajadagi aniqlikda baholash, shuningdek, moy 
tarkibidagi yengil fraksiyalar miqdorini aniqlash mumkin. 
Moyning o‘t olis h harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, 
bug‘lanuvchanligi shunchalik past, shuning bilan birga, 
fizikaviy turg‘unligi shunchalik yaxshi bo‘ladi. 
Dvigatelning ish jarayonida ma’lum miqdordagi moy yuqori 
haroratli zonaga tushadi va, asosan, yonib ketadi. Yonmay 
qolgan moy yonish kamerasida yonishga ulgurmagan yonilg‘i 
qoldig‘i bilan birga kimyoviy aralashma hosil qiladi, natijada 
bu zonadagi detallar yuzida qurum hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan 
qurum dvigatel ning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qurum 
detallarning sovi ti li shini yomonlashtiradi, detonatsiyani va kalil 
yonishning vujudga kelishini osonlashtiradi va moyni qattiq 
mexanik qo‘shilmalar bilan ifloslantiradi. Hosil bo‘ladigan 
qurum miqdori ishlatilayotgan moy, shuningdek, yonilg‘ining 
sifatiga kam bog‘liq bo‘lib, asosan, dvigatelning ish rejimlariga 
bog‘liqdir. Shuning uchun qurum hosil bo‘lishiga qarshi 
kurash dvigatelning issiqlik holatini normal ushlab turishni 
ta’minlashga qaratilgan ekspluatatsion tadbirlarga asoslangan. 
O‘rtacha haroratli zonada, yuqori haroratli zonadan farqli 
o‘laroq, moy ishqalanishni va detallarning yemirilishini 
kamaytiradi, shuningdek, porshen va silindr orasidagi 
tirqishni zichlaydi. Moyning 200–300°C haroratgacha qizigan 
detallar sirtini yupqa parda bilan qoplashi bu zonaga xosdir. 
Bunday sharoitda moy tarkibidagi uglevodorodlar va boshqa 
komponentlarning kimyoviy turg‘unligi yetarli bo‘lmay qoladi. 
Ular oksidlanadi va bug‘lanuv chanligi yomon, qovushoqligi 
yuqori, moyda erimaydigan mahsulot (asfaltenlar va smolalar) 
hosil qiladi va detallarga yupqa yalti roq qatlam (loksimon 
cho‘kma) ko‘rinishida o‘tiradi. 
Loksimon cho‘kma porshen halqalarida va ariqchalarida, 
porshen yubkasida, shatun va boshqa detallardagi tirqishlarni 


138
139
to‘ldirib qo‘yadi. Natijada dvigatelning issiqlik rejimi buziladi 
va buning oqibatida porshen halqalari kuyadi. 
Dvigatelning past haroratli zonasida ish rejimining nisbatan 
yengilligiga qaramay, bu zonada ham moylarning oksidlanishi 
kuzatiladi. Moyning oksidlanishi natijasida moyda qisman 
eriydigan organik kislotalar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan organik 
kislotalar dvigatel detallarini korroziyalanishiga olib keladi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish