Avtomobil indd


Benzinning detonatsiyaga chidamliligini baholash



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

 Benzinning detonatsiyaga chidamliligini baholash
Benzinning detonatsiyaga chidamliligi (detonatsiyaga 
qarshi turg‘unligi) deganda, yonuvchi aralashmani dvigatel 
sharoitlarida siqishda detonatsiya hodisasining yuzaga kelishiga 
yonilg‘ining qarshilik ko‘rsatish xususiyati tushuniladi. U 
yonilg‘ining oktan soni bilan belgilanadi. 
Oktan soni
 
– 
bu izooktanning normal geptanli etalon aralashmadagi 
(detonatsiyaga turg‘unligi jihatidan sinalayotgan yonilg‘iga 
teng) foiz (hajm bo‘yicha) miqdoridir. Izooktan yuqori, normal 


50
51
geptan esa past chidamlilikka ega. Shuning uchun yonilg‘i 
detonatsiyaga qancha yaxshi qarshilik ko‘rsata olsa, uning 
oktan soni shuncha yuqori bo‘ladi. Yonilg‘ining oktan soni 
laboratoriya sharoitlarida siqish darajasini o‘zgartirish mumkin 
bo‘lgan hamda detonatsiya boshlanishini aniqlaydigan moslama 
bilan jihozlangan maxsus UIT–65 ichki yonuv dvigatelida 
motor usulida aniqlanadi. 
Benzinlarning detonatsiyaga chidamliligi aniq etalon bilan 
so lishtiriladi. Izooktan C
8
H
18
izomer tuzilishiga ega bo‘lgan 
para fin qatoridagi uglevodoroddir. Uning detonatsiyaga 
chidamliligi yuqori bo‘lib, oktan soni 100 birlik sifatida 
qabul qilingan. Izooktan siqish darajasi juda yuqori bo‘lgan 
dvigatellardagina detonatsiyalana boshlaydi. 
Geptan C
7
H
16
ham parafin qatoridagi uglevodorod 
bo‘lib, zanjirsimon normal tuzilishga ega. Geptan kuchli 
detonatsiyalanadi, uning detonatsiyaga chidamliligi 0 ga teng. 
Buni etalon bilan aralashtirib, detonatsiyaga chidamliligi 0 
dan 100 gacha bo‘lgan yonilg‘i olish mumkin. Demak, oktan 
soni benzinlarning detonatsiyaga chidamliligini bildiruvchi 
shartli o‘lchov birligidir. Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra, tarkibida 
20 foiz geptan va 80 foiz izooktandan iborat aralashmaning 
detonatsiyaga chidamliligi, ya’ni oktan soni 80 ga teng bo‘ladi. 
Tekshirish quyidagicha bajariladi. Bir silindrli dvigatelga 
oktan soni aniqlanishi kerak bo‘lgan benzin quyiladi. Dvigatel 
standart rejimda ishlatiladi, so‘ngra ish davomida siqish 
darajasi detonatsiya bo‘lguncha asta-sekin oshirib boriladi. 
Detonatsiyaning jadalligi 
detonometr 
deb ataluvchi maxsus asbob 
yordamida qayd etiladi. Detonatsiya bo‘lgan siqish darajasi 
moslama yordamida belgilab olinadi. Shundan so‘ng dvigatelga 
etalon yonilg‘i quyiladi. Buning uchun izooktan va normal 
geptanning shunday aralashmasini tanlash kerakki, dvigatel u 
bilan ishlatilganida detonatsiyaning jadalligi sinaladigan benzin 
bilan ishlaganidagidek bo‘lsin. 
So‘nggi yillarda benzinning detonatsiyaga chidamligi motor 
usulidan tashqari tadqiqot usuli bilan ham aniqlanmoqda. 
Tadqiqot usuli bilan aniqlangan oktan soni motor usuli bilan 
aniqlanganidan 7–10 birlikka katta bo‘ladi. Agarda benzinning 
oktan soni tadqiqot usuli bilan aniqlangan bo‘lsa, benzin 
markasida «È» indeksi yoziladi, masalan, ÀÈ–93. 
Mana shu ikki usul bilan aniqlangan oktan sonlarining farqi 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish