38
39
uning
B
belgisigacha tortib
to‘ldiriladi. So‘ngra asbob neft
mahsuloti to‘ldirilgan idishdan
chiqarib olinadi. Tirsakdan esa
tiqin olib tashlanadi.
Neft mahsuloti bilan to‘ldiril-
gan viskozimetr shtativga o‘r na-
tilib, suyuqlik to‘ldirilgan idish -
ga joylashtiriladi (2.3-rasm).
Shlan g chiqarish teshigi
5
dan
olinib, trubka
3
ga kiydiriladi.
Idishdagi suyuqlik standartda
ko‘rsatilgan haroratgacha qiz-
diriladi va bu haroratda neft
mahsuloti bilan to‘ldirilgan
vis kozimetr 15 daqiqa turishi
lozim. So‘ngra shlang
8
orqali
asbobning yuqorigi sharsimon
kengayishining 1/3 qismigacha
neft mahsuloti so‘rib olinadi va quyib yuboriladi. Neft
mahsuloti naycha
4
orqali qaytib oqishni boshlab
A
belgisiga
yetganida (ikki kengayishlar oralig‘ida), sekundomer ishga
tushiriladi va
B
belgisiga yetganida to‘xtatiladi, o‘tgan vaqt
qayd etiladi. Shu tariqa tajriba besh marta takrorlanadi hamda
o‘rtacha vaqt aniqlab olinadi. O‘rtacha arifmetik qiymatga
asoslanib, kinematik qovushoqlik quyidagi formula yordamida
aniqlanadi:
v
20
=
C
τ
o‘r.
,
bunda:
τ
o‘r.
–
suyuqlik oqib tushishi uchun sarflanadigan
vaqtning o‘rtacha arifmetigi, s;
C
– viskozimetr doimiysi,
mm
2
/s.
Avtomobil benzinlarining 20°C haroratdagi qovushoqligi
0,5 mm
2
/s dan 0,7 mm
2
/s gacha bo‘ladi. Haroratning pa-
sayishi natijasida avtomobil benzinlarining qovushoqligi
sezilarli darajada ortadi (yonilg‘i zichligining haroratga bog‘liq
o‘zgarishiga nisbatan taxminan 10 barobar tezroq) ortadi.
Yoz mavsumidan qish mavsumiga o‘tilganida, havo ha-
roratining 50°C gacha o‘zgarishi (pasayishi) natijasida ben-
zinning qovushoqligi 1,5 barobar ortadi. Yonilg‘ining qovu-
shoqligi qancha past bo‘lsa, u havo bilan shuncha yaxshi
aralashadi.
Yonuvchi aralashmani tayyorlashning benzinning dif-
fu zor zonasiga uzatilishidan keyingi bosqichi yonilg‘ining
to‘zitilishidir. Yonilg‘i to‘zitilganda hosil bo‘ladigan tomchilar
qancha mayda bo‘lsa, yonilg‘i shuncha tez va to‘la bug‘lanadi.
Yonilg‘ining to‘zitilish darajasiga, birinchi navbatda, yo-
nilg‘ining qovushoqligi va sirt taranglik kuchi ta’sir ko‘rsatadi.
Yonilg‘ining qovushoqligi va sirt taranglik kuchi qancha kichik
bo‘lsa, yonilg‘ini to‘zitilishida hosil bo‘ladigan tomchilarning
o‘lchamlari shuncha kichik bo‘ladi. Avtomobil benzinlarining
barcha markalari sirt taranglik kuchlari deyarli bir xil bo‘lib,
20°C haroratda 20–24 mN/m ni tashkil etadi, ya’ni suvning
sirt taranglik kuchidan 3,5 barobar kam.
Shunday qilib, avtomobil benzinlarining zichligi, sirt
taranglik kuchi va asosan qovushoqligi ishchi aralashma hosil
bo‘lishiga ta’sir etadi, shuning uchun aralashma tarkibini
rostlovchi qismlarni sozlashda bu ko‘rsatkichlarni inobatga
olish zarur.
Shuningdek, karburatorlarni sozlashda yonilg‘ining yo-
nish issiqligini ham hisobga olish lozim. Yonilg‘ining yo-
nish issiqligi deganda, 1 kg suyuq yoki 1 m
3
gazsimon
yonilg‘i to‘la yonganida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori
tushuniladi. Yonilg‘ining yonish issiqligi qancha yuqori bo‘lsa,
avtomobilning 1 km bosib o‘tadigan masofasi yoki 1 soat ish
vaqti uchun sarflanadigan yonilg‘i miqdori shuncha kam
bo‘ladi. Avtomobil benzinlari uchun yonish issiqligi 43500–
44500 kJ/kg oralig‘ida bo‘ladi.
2. 3- rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: