348
1. Turizm xizmat bozorida turoperatorlik faoliyatining
mohiyati nimadan
iborat?
2. Turoperatorning asosiy funksiyalari nimalardan iborat?
3. Qabul qilish bo‘yicha turoperatorning funksiyalarining o‘ziga xosligi
qanday namoyon bo‘ladi?
4. Turoperatorlarning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
III.Mavzu.Turizm bozori tushunchasi va vazifalari
Reja:
3.1.Turizm bozorining funksiyalari va tarkibi.
3.2.Turizm bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar.
3.3.O‘zbekiston Respublikasida turizm bozorining holati va uning
muammolarini tahlil qilish.
3.1.Turizm bozorining funksiyalari va tarkibi.
Turistik bozor
-
bu turistik mahsulotni sotish va sotib olish jarayonini
ta’minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va turistik
mahsulot iste’molchisi o‘rtasida jamoa iqtisodiy
munosabatlarini yuzaga
keltiruvchi jabhadir. Natijada turistik xizmatning pulga aylanishi (sotish-sotib
olish) jarayoni vujudga keladi.
Turistik bozor murakkab hisoblanib, bunda uning mahsuloti to‘g‘ridan-
to‘g‘ri emas, balki o‘rtadagi dallol orqali (xo‘jalik sub’ekti-turoperator-
turagent-iste’molchi) sotiladi.
Quyidagi aniq shart-sharoitlarga amal qilgandagina bozor samarali
faoliyat yuritadi :
•
erkin raqobat, bunda bozorning barcha ishtirokchilari o‘z
maqsadlari (maksimal foyda bilan mahsulotni sotish yo ki minimal
harajat bilan mahsulotni sotib olish ) ga intiladilar;
•
ko‘rsatilayotgan xizmat va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
sifati va xavfsizligi bo‘yicha asosiy qoidalarning borligi;
•
iste’molchining erkin xolatda
tanlay olish imkoni;
Zamonaviy turistik bozor quyidagi o‘ziga xos bo‘lgan funksiyalarni
bajaradi:
1.Turistik mahsulotdagi iste’molchilik qiymati va sotuv qiymati
funksiyasi
. Bu turistik mahsulot va o‘zaro pul almashuvida ayon bo‘luvchi
qiymat harakatini bildiradi. Buning natijasida
jamiyat takror ishlab
chiqarishning normal yo‘nalishi ta’minlanadi, turizmni rivojlantirish uchun
pul mablag‘i paydo bo‘ladi va yig‘iladi.
2.Iste’molchi (turist)ga turistik mahsulotni yetkazib berish jarayonini
tashkillashtirish funksiyasi.
Turist o‘z mablag‘ini
turistik mahsulotga sarf
qilgan holda o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojini qondiradi. Bundan
shunday xulosa kelib chiqadiki-turistik bozor ishchi kuchining harajatini
349
qoplagan xolda jamoaning asosiy ishlab chiqarish kuchini qayta tiklaydi.
3.Mehnatga moddiy manfatni iqtisodiy tomondan ta’minlab berish
funksiyasi.
Taqsimlash bozoridagi o‘zaro pul va turistik mahsulotni taqsimlash
jarayonining tugalangan shaklidan iborat.
Turistik bozor o‘ziga xos xususiyatlariga ega:
1.Turistik xizmatlarning sezilmasligi.
Bunda
qilingan daraja va
sifatning
kafolati,
mahsulotning
ishonchligi,
shuningdek
turning
iste’molchilik xususiyatlari xaqida mukammal egadir.
2.Turistik mahsulotni amalga oshirishda mahsulotni sotib olish va uni
iste’moli orasida vaqt uzilishi bo‘ladi
, shuning uchun turmahsulotni taklif
qilish kanallarining (mahsulotni sotuvchi) aniqligi va ishonarligi o‘ta
muhimdir.
3.
Turistik talabga mavsumiy almashuvlar va turistik oqimning shakli
ta’sir qiladi.
Ushbu salbiy xodisalarning oldini olish uchun narx-navoni
differesiallash (xizmat ko‘rsatuv elementlari bo‘yicha mavsumga qarab),
shuningdek turistlarni yetkazib berish xajmini muvozanatlash orqali erishish
mumkin.
4.Mahsulot sifati ko‘p xollarda aniq ijrochilarga bog‘liq,
shuning
uchun turistik korxonalar ichidagi menejment doimo rivojlanishi lozim.
5.Turistik bozorda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida hududiy
tarqoqlik mavjud,
Do'stlaringiz bilan baham: