343
yoyilishida manfaat yuzasidan kirishadi (marshrut, transfer mablag‘larini
taklif etilish, joylashtirish, bo‘sh vaqtlarni o‘tkazish, narx diapozoni taklifi,
reklamalar).
Axborotlashtirish funksiyasi
zamonaviy turizm operatorlaridan ehtimol
tutilgan dalillarni qayta ishlash, siljitish, turoperator realizatsiyasida (masalan,
sayohatlarni farqli xususiyatlari, turistik markazlar va taklif etilgan xordiq
chiqarish, turistik imkoniyatlari xususiyati, madaniyat va mahalliy aholining
vakillari, yodgorlik va muqaddas joylar, kirim-chiqim hujjatlarining
rasmiylashtirish jarayoni va boshqalar) kamnoma yoki umuman noma’lum
xabarlar jarayonida namoyon bo‘ladi.
Turoperatorning
novatorlik funksiyasi
har qanday tijorat tashkilotini
turizm bozorining o‘zgaruvchi sharoitlardan kelib chiqib, turmahsulotni yangi
xillarini, modifikatsiyalarini ishlab chiqish, yaratishda tinimsiz izlanishlar
olib borish, turistlarni maksimal ehtiyoji talablarini qondirish, agent
tarmog‘ida ko‘pqirrali o‘zgarishlarga moyil savdo-sodiq ishlarini tashkil
etishda ko‘zda tashlanadi.
Yirik pul mablag‘i aylanmalari, muhim ahamiyatga molik ishchilar
soniga ega bo‘lish, turoperatorlarni
byudjetni shakllantiruvchi funksiyalarini
bajarilishi uchun nomutanosiblikni yuzaga keltiradi.
Turoperatorni
integratsiyalovchi funksiyasi
bevosita yoki bilvosita
mamlakat tashqi siyosati, uning yo‘nalishi, ustivorligini jahon miqiyosida
tashqi siyosatda belgilayapti desak xato qilmaymiz. Nafaqat tashqi iqtisodiy
aloqalar shaklini o‘zida mujassamlashtirish balki xalqaro turizm madaniy,
ijtimoiy, ilmiy almashuvlar vositasi hamdirki, o‘z navbatida bunday holat
diplomatik aloqalardan ham kuchliroq quvvatga egadir.
Yuqorida ta’kid etilgan funksiyalaridan tashqari yana bittasi
postindustrial iqtisodiy tizimiga oid davlatlar tavsifiga mansublikni ifoda
etuvchi
operator lobbilik funksiyasidir
. Funksiyani bunday nomlanishiga
ko‘proq siyosiy termin izohlarini ishtiroki sabab bo‘lgan. Turoperatorlar
haqiqatdan ham iqtisodiyotni hohlagan go‘shasida faoliyat yurituvchi
korxonalarga o‘z ta’sirini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shunday qilib, turoperator zamonaviy dunyoda ko‘pgina infra va
suptuzilmali turistik industriya korxonalariga potinsial mijozlar taklif etishda
kafolat ramziga aylandi, bu o‘z navbatida uni haqiqiy kuch salohiyatini qulga
kiritishga olib keldiki, oxir oqibatda u funksiyalangan tobe korxonalargagina
o‘z ta’sirini o‘tkazib qolmasdan, boshqa sohalarda ham o‘z ustivorlik
tomonlarini namoyon eta boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: