O„quv qo„llanmada suv xo„jaligi boshqaruvini yanada takomillashtirish


Erlarni sho„rini yuvish bo„yicha tavsiyalar



Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/84
Sana20.07.2022
Hajmi7 Mb.
#825312
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84
Bog'liq
ej2AyPe8EpwGJmRkobHOp4Vw8gJkc5uJnYVYU13K

Erlarni sho„rini yuvish bo„yicha tavsiyalar.
Fermer xo„jaligida sho„r 
yuvishdan oldin foydalanilgan suv qaerga chiqib ketishini aniqlab olish zarur. 
Suvni chiqarib yuborishning iloji bo„lmasa yoki sizot suvlari yuza (1 metr) 
joylashgan bo„lsa, u holda sho„r yuvish tavsiya etilmaydi, chunki bu faqat 
sho„rlanish jarayonining jadallashuviga va botqoqlashishiga olib keladi. SHo„r 
yuvishni sizot suvlari chuqur joylashgan davrda (odatda kuz va yanvardan keyin), 
ob-havo sharoitlari imkon berganda olib borish kerak. 
Agar drenaj ishlab turgan bo„lsa, sho„r yuvish texnologiyasini: egatlar yoki 
cheklar bo„yicha tanlash kerak. SHo„rlanish darajasi kuchsiz bo„lganda, sho„r 
yuvishni bahorda gektariga 2000 m
3
me‟yorda, egatlar bo„yicha yaxob suvi berish 
yo„li bilan amalga oshirish mumkin. Egatlar etarlicha chuqur va egat oxiri berk 


182 
qilib, pushta olgichlar yordamida tayyorlanishi kerak. SHo„r yuvishni yaxob suvi 
berish bilan birgalikda olib borishda suv va mehnat tejaladi. Ammo kuchsiz 
sho„rlangan erlarning sho„rini kuzda yuvish tavsiya etilmaydi, berilganda va qish 
quruq kelganda sho„r yuvishning samarasi pasayib, bahorda qayta sho„rlanish sodir 
bo„lishi mumkin. 
Engil qumoq yoki qumloqli o„rta sho„rlangan erlarda egatlar bo„yicha sho„r 
yuvish mumkin. Qumoq va loyli o„rta sho„rlangan, shuningdek kuchli sho„rlangan 
erlarni faqat cheklar bo„yicha yuvish zarur. 
CHeklar bo„yicha sho„r yuvish sizot suvlari chuqur joylashgan vaqtda 
yanvar-fevral oylarida o„tkazish lozim. Suvning dala bo„ylab tekis taqsimlanishi 
uchun chek o„lchamlari 50x50 metrdan oshmasligi zarur. Suv berish me‟yori 
o„rtacha sho„rlanishda gektariga 3-4 ming m
3
(3 marta). 
CHek o„lchamlari dalaning nishabligiga qarab tanlanadi (3.4-jadval). 
3.4-jadval 
CHek o„lchamlari
 
Dala nishabligi 
chek o„lchamlari, m 
chek maydoni, 
ga 
0,002 dan kichik 
50 x 50 
0,250 
0,002-0,004 
50 x 33 
0,165 
0,004-0,006 
50 x 25 
0,125 
0,006-0,01 
50 x 17 
0,085 
CHek olishdan oldin maydon yaxshilab tekislanadi. CHeklar KZU tipidagi 
mashinalar yordamida olinadi. CHek olish bilan bir vaqtning o„zida dala 
qiyaligining yuqori tomonidan o„qariq olinadi. 
CHeklarga suv uzatish dalaning quyi qismidan boshlanadi va bir chekka 
alohida suv yuboriladi. Har bir chek undagi suv qatlami 15-20 sm etguncha 
to„ldiriladi. CHekka to„ldirilgan suv miqdori sho„r yuvishning umumiy me‟yoriga 
etmasligi bois, umumiy sho„r yuvish me‟yori tabaqalashtirilib, ya‟ni tuprog„i 
kuchsiz sho„rlangan erlarda bir marta, o„rta va kuchli sho„rlangan erlarda bo„lib-


183 
bo„lib 3-6 sutka davomida beriladi. Dalaga suvni cheklarning suvga to„lishini 
ta‟minlayigan miqdorda berish tavsiya qilinadi. Buning uchun cheklarga kamida 
30-40 l/s miqdorda suv berilishi lozim. 
SHo„r yuvishda har bir chekka alohida suv beriladi va uni bir chekdan 
ikkinchisiga o„tishiga yo„l qo„yilmaydi. Aks holda tuproqdagi tuzlar yuvilib pastga 
tushmaydi, sho„r yuvishning samarasi yo„qqa chiqadi. 
Suv sarfi suv o„lchash vositalari yordamida nazorat qilinadi. Ular 
bo„lmaganda cheklarga yig„ilgan suvning qalinligiga qarab berilgan suv miqdorini 
nazorat qilish mumkin. 
Tuproq tobga kelishi bilan uning sho„rligi kimyoviy usullar yoki 
elektrokonduktometrlar yordamida yana bir bor aniqlanadi. Olingan natijalarni 
sho„r yuvishdan avvalgi ko„rsatkichlar bilan taqqoslash asosida o„tkazilgan sho„r 
yuvishning samarasi baholanadi. 

Download 7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish