Tuproq sho„rlanishini nazorat qilish.
Tuproq sho„rlanishini nazorat
qilishning eng yaxshi usuli tuproq eritmasi konsentratsiyasini aniqlash hisoblanadi.
Oddiy elektrokonduktometr asbobi tuproq sho„rlanishini juda tez (kerak
bo„lsa dalaning o„zida) tuproq: suv-1:1 suspenziyasida elektro„tkazuvchanlikni
o„lchash orqali aniqlanadi. Suv: tuproq = 1:1 aralashmasidan olingan qiymatni 3,5
koefitsentga ko„paytirish kerak. SHo„rlanish darajasini xalqaro klassifikatsiya
bo„yicha baholash zarur. (3.2-jadval).
3.2-jadval
SHtirli konduktometrda tuproq sho„rlanish darajasini baholash
SHtir kursatkichi, ESe, dS/m
Tuproqning sho„rlanish darajasi
0.5
SHo„rlanmagan
1.0
Kuchsiz sho„rlangan
1.9
O„rta sho„rlangan
3.8
Kuchli sho„rlangan
178
3.11-rasm. ISMITIda ishlab chiqarilgan shtirli konduktrometrning umumiy
ko„rinishi
Odatda paxta maydonining sho„rlangan erlarida sho„rlanish , bahordan
kuzga qarab tuproqning ustki qatlamida oshib boradi. SHo„rlanish miqdorining
oshishi sug„orishlar soniga, sug„orish uchun ishlatilayotgan suvning minerallanish
darajasiga va sizot suvlarining joylashish chuqurligi hamda minerallanish
darajasiga bog„liq.
Tuproq sho„rlanishi darajasini baholash, odatda kuzda paxta hosili yig„ib
olingandan keyin amalga oshiriladi. Buning uchun g„o„za o„simligining holatiga
ko„ra taxminiy sho„rlanish xaritasini chizib, konturlarni ajratib olish zarur.
SHundan so„ng, tekshirish nuqtalarini tanlab, ularni xaritaga tushirish va dalada
qoziqlar bilan belgilab chiqish kerak.
Tekshiruvni har qanday malakali mutaxassis: tuproqshunos, agronom, er
tuzuvchi muhandis va Suv iste‟molchilari uyushmasi xodimi olib borishi mumkin.
Fermer xo„jaligi bunday to„liq tekshiruvni Gidrogeologo-meliorativ ekspeditsiya
bilan shartnoma asosida amalga oshirsa yaxshi bo„ladi. Namunalar bur yoki
belkurak yordamida 0-30 sm va 30-60 sm qatlamlardan olinadi va sho„rlanish
tuproq: suv = 1:1 nisbatdagi aralashmasining elektro„tkazuvchanligi oddiy portativ
asbob bilan o„lchanadi (3.12-rasm). Bu ishni dalada yoki kechqurun idorada
179
amalga oshirish mumkin. Alohida qatlamlar bo„yicha o„lchash natijalarining
o„rtacha qiymatini aniqlanadi, nuqtalar bo„yicha xaritaga tushiriladi.
SHo„rlanish darajasi 3.3-jadval bo„yicha baholanadi. So„ngra tushirilgan
nuqtalar bo„ylab turli sho„rlanish darajasiga ega konturlar ajratiladi va tekshirish
natijalari bo„yicha sho„rlanish xaritasi tuziladi.
3.12-rasm. ISMITIda ishlab chiqilgan elektro„tkazuvchanlikni o„lchovchi portativ
“IKS EKSPRESS” asbobi
3.3-jadval
Tuproq sho„rlanish darajasini baholash uchun FAO klassifikatsiyasi
Tuproqning sho„rlanish darajasi
ESe, dS/m
EC 1:1, dS/m tuproq-suv
aralashmasi
SHo„rlanmagan
0-2
0- 0,60
Kuchsiz sho„rlangan
2-4
0,61-1,15
O„rta sho„rlangan
4-8
1,16-2,30
Kuchli sho„rlangan
8-16
2,31-4,70
Juda kuchli sho„rlangan
16 undan yuqori
>4,70
Agar sho„rlanishning o„lchangan (suv-tuproq aralashmasidan) qiymati 1.2
dS/m. dan katta bo„lsa, u holda tuproqning sho„rlanishi jiddiy.
Agar dalada tuz dog„lari va so„ligan qishloq xo„jalik ekinlari kuzatilmasa,
tahlil vaqtida 15-20 gektar maydondagi kamida 5 ta nuqta (konvert usulida)
o„rganiladi.
Xarita tuzilgandan so„ng, dalaning qaysi erlari cheklar bo„yicha va qaysi
erlari egatlar bo„yicha sho„r yuvish zarurligi aniq bo„ladi.
180
Do'stlaringiz bilan baham: |