196
“An-Boyovut-2” va “Paxtakor-1” g„o„z navi
ekilgan ishlab chiqarish
sharoitida qabul qilingan sug„orish (nazorat varianti) da shartli sof foyda o„rtacha
uch yilda 888222-1073319 so„m/ga, rentabellik darajasi 23,0-27,8
foizni tashkil
qilgan bo„lsa, eng yaxshi ko„rsatkichlar ikkala g„o„za navlarida egatga qora
plyonka to„shab sug„orilgan variantda kuzatildi: shartli sof foyda 1489573 va
1943902 so„m/ga, rentabellik darajasi 34,5 va 45,0 foizni
tashkil qildi va nazorat
variantiga nisbatan 601351 va 870583 so„m qo„shimcha daromad olinganligi va
rentabellik darajasi 11,5 va 17,2 foizga oshganligi aniqlandi (6.12.1.1- jadval).
Nazorat savollari:
1.
G‘o‘zani etishtirishning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqlanadi?
2. G‘o‘zani etishtirishning iqtisodiy samaradorligidagi sof foyda qanday aniqlanadi?
3. G‘o‘zani etishtirishning iqtisodiy samaradorligidagi rentabellik darajasi nima?
6.12.2. Kuzgi bug„doyni etishtirishning iqtisodiy samaradorligi.
Ma‟lumki har bir etishtirishgan mahsulotning iqtisodiy samaradorligi hisob
kitob qilinadi. SHuning uchun biz Xorazm viloyati qadimdan sug„orilib kelingan
o„tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi bug„doydan olingan don hosildorligini
iqtisodiy samaradorligi O„zPITI (sobiq SoyuzNIXI) dala tajribalarini o„tkazish
uslubiy qo„llanmasiga asosan hisoblab chiqildi.
Iqtisodiy samaradorlikni hisoblashda 1 kg bug„doyni
etishtirish uchun
ketgan harajat (tannarx), Xorazm viloyatining Urganch tumani «Paxtakor» jamoa
xo„jaligi, hozirgi «SHarif Oqsoqol» fermer xo„jaligi uchun 2008 yilda belgilangan
harajatlar (1 kg don hosili 175 so„m, 1 kg somon hosili 3 so„m 50 tiyin) asos qilib
olindi.
Tajriba variantlaridan olingan don hosilini davlat harid narhiga ko„paytirish
yo„li bilan variantlar bo„yicha tushgan daromad topildi. SHundan so„ng 1 kg
bug„doy tannarhini nazorat variant hosiliga ko„paytirilib, umumiy ketgan harajatlar
topildi. Tajribaning qolgan variantlariga ketgan harajatlarni xar bir variantga
197
sarflangan qo„shimcha (suvga, qo„shimcha hosilni yig„ishtirib olish,
tashish
uchun) harajatlar qo„shib yozildi.
So„ngra shartli sof foydani topish uchun sotishdan tushgan daromaddan
harajatlar ayrib tashlandi. SHartli sof foyda topilgandan keyin uni sarflangan
harajatlarga bo„lindi, so„ng 100 ga ko„paytirib variantlar bo„yicha
alohida
rentabellik darajasi aniqlandi.
Iqtisodiy samaradorlik natijalariga e‟tibor berilganda shu ma‟lum bo„ldiki,
kuzgi bug„doyning «CHillaki» navi ekilgan birinchi variantda, ya‟ni azot-200,
fosfor-140, kaliy-100 kg/ga, sug„orish tartibi CHDNSga nisbatan 60-60-60 foizda
shartli sof foyda -124390 so„m/ga, norentabellik darajasiga ega ekanligi aniqlandi,
ya‟ni norentabellik -14,1 foizni tashkil qilgan bo„lsa, eng yaxshi ko„rsatkich 3-
variantda: azot-200, fosfor-140, kaliy-100 kg/ga, sug„orish oldi tuproq namligi
CHDNS ga nisbatan 70-70-60% tartibda sug„orilganda shartli sof foyda 89400
so„m/ga, rentabellik darajasi 10,0
foizni tashkil qildi, ya‟ni birinchi variantga
nisbatan 159380 so„m qo„shimcha daromad olinganligi aniqlandi.
Ma‟lumotlardan ko„rinib turibdiki, «Kupava»
navida birinchi variantda,
ya‟ni azot-200, fosfor-140, kaliy-100 kg/ga, sug„orish tartibi CHDNSga nisbatan
60-60-60 fozida shartli sof foyda -88270 so„m/ga, norentabellik darajasi -10,0
foizni tashkil qilgan bo„lsa, eng yaxshi ko„rsatkich «Kupava» navida ham 3-
variantda, azot-200, fosfor-140, kaliy-100 kg/ga, sug„orish tartibi CHDNS ga
nisbatan 70-70-60% da sug„orilganda shartli sof foyda 73125 so„m/ga, rentabellik
darajasi 8,2 foizni tashkil qildi, ya‟ni birinchi variantga nisbatan 231790 so„m
qo„shimcha daromad olingan. «Polovchanka» navida birinchi variantda, ya‟ni azot-
200, fosfor-140, kaliy-100 kg/ga, sug„orish tartibi CHDNSga nisbatan 60-60-60
fozida shartli sof foyda -26460 so„m/ga, norentabellik darajasi -3,0 foizni tashkil
qilgan bo„lsa, eng yuqori ko„rsatkich 3-variantda, azot-200, fosfor-140, kaliy-100
kg/ga, sug„orish tartibi CHDNS ga nisbatan 70-70-60% da sug„orilganda shartli
sof foyda 101300 so„m/ga, rentabellik darajasi 11,4 foizni tashkil qildi, ya‟ni
birinchi variantga nisbatan 74840 so„m qo„shimcha daromad olingani aniqlandi.
198
Ma‟lumotlarni sug„orish tartibi bo„yicha
solishtirib, sug„orish tartibi
CHDNS ga nisbatan 60-60-60% da sug„orilgan variantga nisbatan sug„orish tartibi
CHDNSga nisbatan 70-70-60%, o„g„it me‟yori azot-200, fosfor-140, kaliy-100
kg/ga qo„llanilgan varintda (Polovchanka navi) shartli sof foyda 101300 so„m/ga,
rentabellik darajasi 11,4 foizni tashkil qilgan bo„lsa, shu nav etishtirilgan 6-
variantda azot-240, fosfor-170, kaliy-120 kg/ga me‟yorda qo„llanilib, sug„orish
tartibi CHDNS ga nisbatan 70-80-70% da sug„orilganda shartli sof foyda -450
so„m/ga, norentabellik darajasi -0,0 foizni tashkil etganligi aniqlandi.
Eng yaxshi samaradorlik, sug„orish tartibi CHDNSga nisbatan 70-70-60%,
o„g„it me‟yori azot-200, fosfor-140, kaliy-100 kg/ga qo„llanilgan varintlarda
kuzatilib: «CHillaki» navida, sof foyda 89400 so„m/ga, retabellik darajasi 10,0 %
ni, «Kupava» navida ham sof foyda 73125 so„m/ga, rentabellik 8,2 % ni,
«Polovchanka» navida sof foyda 101300 so„m/ga ni, rentabellik 11,4% ni tashkil
etdi.
O„g„it va suv miqdorini ko„paytirgan 4, 5 va 6
variantlarda iqtisodiy
daromadlar kam, zararli darajada yoki umuman bo„lmadi (6.12.2.1-jadval).