1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
XALQARO ISLOM AKADEMIYASI
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti
Xalqaro munosabatlar kafedrasi
Xalqaro munosabatlar ta’lim yo’nalishi
3-kurs talabasi Abdusamatova Gulzodaxonning
Iqtisodiy diplomatiya fanidan
O‘zbekistonning tashqi siyosatida xalqaro iqtisodiy munosabatlar
mavzusidagi
KURS ISHI
Toshkent-2022
2
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….……3
I BOB. XALQARO IQTISODIYOT HAQIDA MUMIY MA’LUMOTLAR
….5
1.1
Dunyo mamlakatlarining globallashuvida xalqaro iqtisodiyotning tutgan o’rni…….…9
Xalqaro iqtisodiyotning jamiyatlar va shaxslar rivojlanishiga qo‘shgan hissasi…………...13
II BOB. O‘ZBEKISTONNING TASHQI SIYOSATIDA XALQARO
IQTISODIY MUNOSABATLAR
……………………………………………………21
2.1 O‘zbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasi…………………………………………..26
2.2 O‘zbekistondagi eksport va import hajmi va uning tashqi siyotdagi ahamiyati……….28
Xulosa………………………………………………………………………………..30
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………………..32
3
KIRISH
Dunyo tamadduni tarixiga nazar solsak insoniyat yaralibdiki ular o’rtasida aloqalar va munosabatlar mavjud.
Ular u yoki bu shaklda o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Odamlarning ijtimoiylashishi va jamiyat sifatida
shallanishida ham ijtimoiy aloqalarning ahamiyati beqiyos. Munosabat shakllarini o’z navbatida ikki guruhga ajratish
mumkin. Birinchi guruh ijtimoiy munosabatlar, bunga so‘zlashish va insonning hissiy individual aloqalari kiradi,
Ikkinchi guruhga esa maxsulot ayriboshlash, oldi-beridi amallari, kirgan. Yuqoridagi ikkinchi guruh global
iqtisodiyotning shakllanishiga asos bo‘lgan.
1
Xo‘jalik jamiyatining barcha jabhalarida integrasiya va globallashuv jarayoni kuchayib borayotgan bir
davrda jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi asosiy rivojlanish tendensiya va yo‘nalishlarini
aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon iqtisodiѐti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning umumiy
rivojlanish xususiyati o‘zgarib borayotgan bir davrda O‘zbekiston Respublikasi ham jahon hamjamiyatiga kirib
bormoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorliklar rivojlanmoqda.
Xususan, rivojlangan va rivojlanaѐtgan mamlakatlar iqtisodiyotini o‘rganish, shuningdek bozor iqtisodiyotining
rivojlanishidagi yutuq-kamchiliklari, rivojlanish muammolarini hal etishdagi to‘g‘ri yondashuvlar bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tib borayotgan Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlangan davlatlar darajasiga
olib chiqishda tajriba sifatidagi ahamiyati kattadir.
2
Quyidagi keltirilgan fikrlardan O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotidagi pazitsiyasini va ichki iqtisodiyotdagi
uzoqni ko‘zlagan strategik yo‘lini ko‘rish mumkin. Prezident jahondagi nobarqaror vaziyatda O‘zbekiston
iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va tashqi xatarlarni yumshatish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Jumladan, ayrim oziq-
ovqat mahsulotlari importiga aksiz solig‘i va bojxona bojlari qayta ko‘rib chiqiladi, tadbirkorlarga 10 trln so‘m
«revolver» kreditlar beriladi. Yil yakunigacha Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotganlarning debitor
qarzdorligi uchun jarima va penya qo‘llanilmaydi. Narx oshishining oldini olish Bosh vazir boshchiligidagi
Respublika shtabiga quyidagilar topshirildi: zarur oziq-ovqat mahsulotlari importi uchun avval berilgan 500 mlrd
so‘m imtiyozli resurslarning qaytarish muddati yil yakuniga qadar uzaytiriladi; bir hafta muddatda oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning yuzaga kelgan muammolarini kundalik
hal etish tizimi joriy etiladi; birja savdolarida oziq-ovqat va xom ashyoning to‘liq qo‘yilishi ustidan kunlik nazorat
o‘rnatsin va sun’iy ravishda narx oshishining oldini olish bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rib boradi; uch kun muddatda
shakar, un, yog‘, go‘sht, choy, bolalar ovqatlari, sut mahsulotlari kabi oziq-ovqat mahsulotlari importiga aksiz solig‘i
va bojxona bojlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha asoslangan taklif kiritadi. Jumladan: banklar tomonidan
tadbirkorlarga xom ashyo sotib olish va aylanma mablag‘lar uchun qo‘shimcha 10 trln so‘m «revolver» kreditlar
ajratiladi. Ushbu mablag‘lar birinchi galda eksportchilar, oziq-ovqat va iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarga
ajratiladi; davlat dasturlari doirasida meva-sabzavot yetishtirishga, oilaviy tadbirkorlik, ipoteka va ta’limga
ajratiladigan kreditlar hajmi va imtiyozli stavkalari saqlab qolinadi. «Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ajratiladigan
1
Iqtisodiyot tarixi (The history of economy) / prof A.Bartolt.
2
Milliy va jahon iqtisodiyoti. / Z. Y. Yuldashev
4
mablag‘larni kamaytirmaymiz va yukini oshirmaymiz», — dedi prezident. Bundan tashqari, ayrim jarimalar vaqtincha
qo‘llanilmasligi hamda imtiyozlar davri uzaytirilishi ta’kidlandi. Jumladan: soliq ma’murchiligi doirasida ombordagi
tovarlarning hisobi va kodlarini majburiy yuritish, mulklar hamda ijara shartnomalarini elektron ro‘yxatdan o‘tkazish
kabi yangi mexanizmlar bo‘yicha jarima va boshqa ta’sir choralari yil yakuniga qadar qo‘llanilmaydi; o‘z ehtiyojlari
uchun olib kelingan xom ashyo, asbob-uskuna, ehtiyot qismlarga bojxona imtiyozlarini qo‘llash davri hozirgi 6 oydan
1 yilgacha uzaytiriladi; yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor
qarzdorligi uchun jarima qo‘llanilmaydi; ushbu mamlakatlar bilan ishlayotgan eksportchilarning bank kreditlari
bo‘yicha qarzdorligi uzaytiriladi, penya va jarimalar undirilmaydi. Bundan tashqari, davlat rahbari o‘tgan hafta
Toshkent investitsiya forumida ko‘p milliard dollarlik shartnomalar va kelishuvlariga erishilganini qayd etdi.
Ta’kidlanishicha, ko‘plab xorijiy tadbirkorlar O‘zbekistonda o‘z biznesini boshlash yoki rivojlantirish
bo‘yicha tashabbus qilgan. Shu munosabat bilan mutasaddilarga: bir oy muddatda Yevropa, Xitoy, Hindiston,
Turkiya, Koreya, Yaponiya kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazib, ularning ishlab chiqarish zanjiriga qo‘shilish
bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash, bu ishlarga xorijdagi elchilarimizni ham faol jalb etish; erkin iqtisodiy zonalarda
ulgurji savdo kompaniyalari faoliyati uchun imkoniyat yaratish va ularga imtiyozlar berish; 1 iyulga qadar Navoiy,
Samarqand, Toshkent viloyati va 1 sentabrga qadar Buxoro va Surxondaryoda qo‘shni mamlakatlar bozoriga mahsulot
yetkazib beruvchi ulgurji savdo hududini tashkil etish topshirildi. Shuningdek, hudud va tarmoqlar rahbarlariga 2022
yil 1 apreldan boshlab davlat dasturlaridan tashqari budjetdan ssuda berish va banklarga depozit qo‘yishni to‘xtatishga
topshiriq berildi. Yig‘ilishda har bir tarmoq va hudud rahbari bugundanoq aniq hisob-kitob qilib, uch kun muddatda
o‘z rejalarini ishlab chiqishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Soliq va Bojxona qo‘mitalariga tushumlarni ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Bundan
tashqari, o‘tgan haftada 1,5 mingdan ziyod davlat mulkini savdoga chiqarish bo‘yicha imzolangan Prezident qarori
ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalar belgilab berildi. Masalan, 2022 yil 1 mayga qadar 50 mingta (4,5 ming
gektar) yer uchastkalarini savdoga chiqarish nazarda tutilgan. Biroq, Samarqandda hozirgi kungacha bor-yo‘g‘i 6
ta yer uchastkasi elektron savdolarga qo‘yilgan. Qolgan hududlarda esa bironta yer uchastkasi savdoga chiqarilmagan.
Ikki hafta muddatda ushbu yerlarni to‘liq auksionga chiqarib, 1 iyulga qadar ularning kamida 50 foizi sotilishini
ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
3
Do'stlaringiz bilan baham: |