29
Bugungi kunda Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻp tomonlama Trast fondi
doirasidagi amaliy ishlarni yana-da kuchaytirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
BMT shafeligida tuzilgan Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast jamgʻarmasi 2018-
yilda oʻz faoliyatini boshladi. Hozirgi kunga qadar Trast jamgʻarmasi faoliyati uchun jami 26,1 mln AQSH dollariga
teng mablagʻ jalb qilingan. Norvegiya – 1,1 mln. dollar, Finlyandiya – 1 mln. yevro, Birlashgan Arab Amirliklari – 10,7
mln. dollar, Yaponiya – 3,2 mln. dollar, Janubiya Koreya – 1 mln. dollar, Yevropa Ittifoqi – 5,5 mln. dollar.
Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari orqali Trast
jamgʻarmasiga yangi moliyaviy mablagʻlarni jalb etish maqsadida potensial donorlar va xayriya jamgʻarmalar bilan
tizimli ishlarni davom ettirmoqda".
12
12
www.xs.uz
Xalq so‘zi (
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-tashqi-siyosij-faoliyat-kontseptsiyasi)
31
mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muhim qo‘shma qarorlar qabul qilinmoqda.Natijada, tarixan qisqa vaqtda
O‘zbekistonning mintaqadagi barcha davlatlar bilan munosabatlari tubdan yaxshilandi. Davlat rahbarlari o‘rtasida ochiq
va ishonchli siyosiy muloqotning mustahkamlash natijasida mintaqadagi qo‘shnilar bilan munosabatlarda 2016-yilgacha
mavjud bo‘lgan ko‘plab murakkab muammolarga yechim topildi. Prezidentlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch
mustahkamlandi.
Qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi aloqalarimiz izchil rivojlanib
bormoqda. 2019-yil yakuniga ko‘ra, ular bilan savdo aylanmasi hajmi 5,2 milliard dollarga ko‘tarildi. Pandemiya
sharoitiga qaramay, 2020-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo
aylanmasining umumiy hajmi 2,17 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, biz yaqin qo‘shnilarimiz haqida
gapirganimizda, nafaqat Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston, balki Afg‘onistonni ham nazarda
tutamiz.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, Afg‘oniston Markaziy Osiyo mintaqasining bir qismi
hisoblanadi, “O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlari asrlar davomida yagona madaniy-sivilizatsion makonda yashab
kelgan”. Afg‘oniston hududida Beruniy, Navoiy, Bobur kabi ko‘plab mutafakkir olimlarimiz yashagan va o‘zidan ulkan
meros qoldirgan. Bugungi kunda O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-
gumanitar aloqalar rivojlanib bormoqda. Afg‘oniston xavfsizligini mamlakatimiz xavfsizligi va butun mintaqaning
barqarorligi va farovonligi kafolati, deb qabul qilmoqdamiz. Davlatimiz tashqi siyosatining zamonaviy ustuvor
yo‘nalishlari haqida gapirganda, O‘zbekistonning yetakchi xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan
strategik aloqalarining rivojlanib borayotganiga alohida e’tibor qaratish lozim.
O‘zbekiston taraqqiyotning tarixiy va hal etuvchi bosqichidan o‘tib bormoqda. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy
va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning misli ko‘rilmagan keng ko‘lamli dasturi amalga oshirilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida,
O‘zbekistonning 2035-yilga kelib dunyoning 50 ta iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishiga xizmat qiladi.
Ushbu maqsadga faqat jahon iqtisodiy va moliyaviy tizimiga muvaffaqiyatli va izchil integratsiyalashuv orqali erishish
mumkin.
O‘zbekiston uchun dunyoning Rossiya, AQSh va Xitoy kabi yetakchi davlatlari, Osiyo-Tinch okeani
mintaqasidagi rivojlangan mamlakatlar, xususan, Koreya Respublikasi va Yaponiya, Yevropa mamlakatlari va Yevropa
Ittifoqi, arab-musulmon hamda turkiy tilli davlatlar bilan o‘zaro manfaatli, samarali va ko‘p qirrali hamkorlikni
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, qayd etilgan ustuvor yo‘nalishlar tartibiga muayyan tuzatishlar
kiritish mumkin. Tashqi siyosat nafaqat puxta o‘ylangan, vazmin, balki bir vaqtning o‘zida ildam va qulay bo‘lishi
hamda hozirgi tez o‘zgaruvchan, dunyoda yuzaga kelishini oldindan aytib bo‘lmaydigan yangi muammo va tahlikalarga
o‘z vaqtida va munosib javob berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: