Xalqaro islom akademiyasi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana18.07.2022
Hajmi0,64 Mb.
#824390
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi. Abdusamatova Gulnozaxon1

 
 
 
 
 
 
8
Jahon iqtisodiyoti va halqaro iqtisodiy munosabatlar 

V, Vahabov (21-bet) 



1.1 DUNYO MAMALAKATLARINING GLOBALLASHUVIDA XALQARO 
IQTISODIYOTNING TUTGAN O‘RNI 
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlaming guruhlanishi XXI asrning boshida rivojlangan bozor 
iqtisodiyotiga ega mamlakatlar guruhi G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo, Avstraliya va Okeaniyada 
joylashgan qirqqa yaqin mamlakatlarni o‘z ichiga oladi. Ularning 34 tasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti 
(IHTT) a’zosi hisoblanadi. 
 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlar. 
1961 -yilda a’zo bo‘Igan mamlakatlar.
 
Keyingi yillarda a’zo bo‘lgan mamlakatlar.
 
AQSh, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Kanada, 
Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Turkiya, 
Fransiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Germaniya, Gretsiya, 
Daniya, Irlandiya, Islanciya, Ispaniya, Italiya, 
Portugaliya
 
Yaponiya (1964), Finlyandiya (1969), Avstraliya 
(1971), Yangi Zelandiya (1973), Meksika (1994), 
Chexiya (1995), Vengriya (1996), Polsha (1996), 
Janubiy Koreya (1996), Slovakiya (2000), Sloveniya 
(2010), Isroil (2010), Chili (2010), Estoniya (2010)
 
 
Lshbu mamlakatlarni jahon iqtisodiyotida tutgan o'miga qarab uch guruhga bo'lish mumkin. 22 Birinchi guruhni 
«Katta yettilik» mamlakatlari tashkil etadi: AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va 
Italiya. Katta yettilik mamlakatlari jahon xo‘jaligi tizimining rivojlanish yo‘nalishlarini va barcha davlatlarda ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot tendensiyalarini belgilab beradi. Bu yetakchilik mamlakatlar hududining hajmi va aholisining soni 
bilan emas, balki jahon iqtisodiyotidagi o‘rni, yuqori mehnat unumdorligi, fan va texnika sohasidagi ulkan yutuqlari 
bilan belgilanadi. 
Ikkinchi guruhni hududiy jihatdan nisbatan katta bo'lmagan, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga 
ega (Avstriya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Shvetsiya va b.) mamlakatlar tashkil etadi. Ushbu mamlakatlarning 
ba’zilari jahon tovarlar va xizmatlar savdosida yetakchi o'ringa ega. U chinchi guruhga «ko‘chirib o‘tkazilgan 
kapitalizm» mamlakatlari (Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR, Isroil) kiradi. Xalqaro valuta fondi (XVF) 
mutaxassislari rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar guruhiga Yevropa Ittifoqining 15 mamlakatini, 
Janubiy-Sharqiy Osiyoning to ‘rtta yangi industrial mamlakatlari (Koreya Respublikasi, Singapur, Tayvan, Gonkong) 
hamda AQSh, Yaponiya, Kanada, Meksika, Avstraliya, Islandiya, Isroil, Yangi Zelandiya, Norvegiya va 
Shveytsariyani kiritishadi. 
Shuni ta’kidlab o ‘tish lozimki, xalqaro maqomiga muvofiq Tayvan Xitoy provinsiyasi, Gonkong esa 1997-
yil 1-iyuldan boshlab Xitoyning maxsus ma’muriy hududi sifatida qaraladi. Jahon savdo tashkiloti rivojlangan 
mamlakatlar guruhiga 36 ta mamlakatni kiritadi.
9
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar jahonning uch 
9
World Economic Outlook: October 2001. IM F, 2001. P. 185.; World Economic Outlook: 0ctober2013. IM F, 2011. P. 139. 
ma

lumotlari asosida tuzilgan. 


10 
iqtisodiy va siyosiy markazini («triada») tashkil etadi. Tahlillar ko‘rsatishicha, 2013-yilda rivojlangan mamlakatlar 
hissasiga jahon yalpi milliy mahsulotining (YaMM ) 43,6 foizi, tovarlar va xizm atlar eksportining 61,2 foizi, jahon 
aholisining 14,7 foizi to ‘g ‘ri kelgan. 
Shunga qaramasdan 2001—2012-yillarda rivojlangan mamlakatlarning jahon YaMM dagi ulushi 77,1 % dan 
50,4 %gacha, tovarlar va xizmatlar eksportidagi ulushi esa 64,3 % dan 61,0 % gacha qisqargan. Xususan, «Katta 
yettilik» va AQShning jahon YaMM ham da tovarlar va xizmatlar eksportidagi ulushi sezilarli qisqargan (mos 
ravishda 64,2 % dan 33,8 % gacha va 29,9 % dan 9,8 % gacha). Ushbu holat jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan 
mamlakatlar rolining yaqqol ortib borayotganligini ko‘rsatadi.
10
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining tarkibi XXI asming boshlariga kelib rivojlangan mamlakatlar 
iqtisodiyotining tarkibi postindustrial tarkibga ega bo’la boshladi. Tahlillar ko‘rsatishicha, rivojlangan mamlakatlar 
iqtisodiyotining tarkibida 1980-yilda birlamchi (qishloq xo‘jaligi, qazib chiqarish, o‘rmon va baliqchilik xo'jaligi) 
tarmoqlarining ulushi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,5% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilda l % gacha qisqargan. 
Ushbu vaqt ichida ikkilamchi tarmoqlar (sanoat va qurilish) ulushi 33,5%dan 25%gacha qisqargani holda, uchlainchi 
tarmoqlar (xizmatlar sohasi) ulushi 63% dan 73%gacha oshgan. 
Rivojlangan mamlakatlarda «yangi iqtisodiyotining shakllanishi. Rivojlangan mamlakatlarda «yangi 
iqtisodiyotning» shakllanishi XX asr oxiri XXI asr boshlarida jahon iqtisodiyotidagi eng muhim yo‘nalishlardan 
biridir. 
Ushbu hodisaning asosi global bozor iqtisodiyoti hisoblanadi. Biroq, bunday iqtisodiy hodisaning eng muhim 
jihatini axborot texnologiyalari ifodalaydi. Yangi iqtisodiyot bu — inson kapitalining moddiy-ashyoviy resurslar — 
yer va kapitalga nisbatan katta ulushga ega boiganligi bilan tavsiflanadigan sohalar majmuyidir. Yangi iqtisodiyot 
quyidagi sohalam i o ‘z ichiga oladi: - ta’lim; - axborot-kommunikatsiya bozorlari; - innovatsiyalarni ishlab chiqish; - 
yuqori texnologiyalar; - intellektual xizmatlar. Yangi iqtisodiyot ba’zida mahsulotni yaratish jarayonida axborotlar va 
bilimlarning yetakchi o‘rin tutishini e’tiboiga olgan holda «axborotlashgan iqtisodiyot», «bilimlar iqtisodiyoti» yoki 
«intensiv iqtisodiyot», deb ham ataladi.
Yangi iqtisodiyot insoniyat tarixidagi iqtisodiy inqiloblaming (birinchisi — agrar, ikkinchisi — sanoat) 
uchinchisi — axborot inqilobidan keyin vujudga kelgan. Mutaxassislar ushbu inqilobning rivojlangan mamlakatlarda 
boshlanish sababini investitsiyalaming umumiy hajmida inson kapitaliga sarflangan investitsiyalar ulushining ortib 
borishi bilan bog‘laydilar. Ushbu ko'rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 1950-2000-yillarda 47-48 %dan 70 %gacha 
o‘sgan. Rivojlangan mamlakatlarda XX asr boshida moddiy-ashyoviy kapital inson kapitaliga sarflangan 
investitsiyalardan qiymati bo‘yicha ikki barobar oshgan bo‘lsa, XXI asr boshida bu kapital inson kapitalidan o‘rtacha 
1,5 barobarga kamaydi. AQShda ushbu ko'rsatkich 2,4—2,6 barobarga kamaygan.
Inson kapitali iqtisodiyot tarkibida tub o‘zgarishlar va yangi sohalarning rivojlanishiga yordam beradi. 
Rivojlangan mamlakatlar jahon texnologik rivojlanishidagi yetakchi mavqeyini faol innovatsion faoliyat olib borish 
10
Мировая экономика и международные экономические отношения: учебник. / Под ред. Проф. А.С.Булатова, проф. 
Н.Н.Ливенцева. —
М.: Магистр, 2010. С. 253, 254; World Development Report 2012. World Bank. P. 399.


11 
orqali ta’minlaydi. Ushbu maqsadga erishish uchun rivojlangan mamlakatlar ITTKI ga katta miqdorda mablag‘ 
sarflaydilar. Misol uchun 2010-yilda birgina AQSh ITTKI ni rivojlantirish uchun 395,8 mlrd dollar hajmida m ablag‘ 
sarflagan. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, faol innovatsion faoliyat davlatning fan-texnika 
taraqqiyoti sohasidagi yetakchi roli orqali belgilanadi. Davlat ushbu sohadagi milliy ustuvorliklami aniqlaydi, 
innovatsion rivojlanishga moliyalashtirish va iqtisodiy rag‘batlantirish tizimi orqali faol ta’sir o‘tkazadi. Bundan 
tashqari davlat tomonidan innovatsion faoliyatda tadbirkorlik sektorining qatnashis'nini rag‘batlantirib borishi 
natijasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmlarga sarflanayotgan ichki xarajatlarning katta qismi biznes tomonidan 
ta’minlanmoqda. Misol uchun ushbu ko‘rsatkich YEI da 56 % ga, AQShda 63 % ga, Yaponiyada esa 74 % ga teng. 
IHTT mamlakatlarida korporatsiyalarning umum milliy tadqiqotlar va ishlanm alarga sarflanayotgan xarajatlar 
tarkibidagi ulushi o ‘rtacha 70 % ga yaqinlashmoqda.
11
ITTK Iga katta miqdorda mabiag sarflaydigan va yirik intellektual kapitalga ega kompaniyalarga xos belgi bu 
kom paniyalar aksiyalarining yuqori darajada kotirovka qilinishidir. Transmilliy kompaniyalarni bu belgisi va ularda 
ishlovchilar soniga qarab «eski» va «yangi» iqtisodiyot kompaniyalariga ajratish mumkin . Jahonda ishlab 
chiqariladigan avtom obillaming yarmini ishlab chiqaradigan, 368,0 ming kishini ish bilan ta’minlaydigan, dunyo 
bo‘ylab zavod
va fabrikalariga ega AQSh avtomobil sanoatining «katta uchligi» tovarlari moliya bozorida mol-mulki 
komyuterlar va bir nechta ofislardan iborat, mahsulotini esa global internet tarm og‘iga kirish huquqisiz ko‘rib bo'lm 
aydigan yosh Internetkom paniyalar u
chligiga qaraganda to‘rt barobar past baholanadi,
Axborot texnologiyalarini o ‘zlashtirishda rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida tabaqalashuv mavjud bo ‘lib, 
AQSh ushbu sohada yetakchi mavqega ega. AQShda har ming kishiga to ‘g‘ri keluvchi 
kompyuterlar soni 1990-yilda 
190-210 tani, 2000-
yilda 500 tani tashkil etgan bo'lsa, ushbu ko‘rsatkich 2012
-yilda 806 taga yetdi. Intemetdan 
foydalanuvchilar soni 1995 yilda - 32,8 %, 2000-yilda - 50 %, 2012- yilda esa 74,2 % ga yetdi.16 Umuman XXI asr 
boshida AQShda jahon kompyuter imkoniyatining taxminan 40 foizi tasarruf etilgan. 
 
Rivojlanayotgan mamlakatlaming jahon iqtisodiyotidagi mavqeyining ortib borishi Rivojlanayotgan 
mamlakatla
ктing jahon xo‘jaligidagi o‘rni ularning iqtisodiy rivojlanishida muh
im ahamiyat kasb etadi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga 2013-yilda jahon yalpi milliy mahsulotining 56,4 foizi, jahon eksportining 
38,8 foizi to ‘g‘ri keldi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda barqaror rivojlanish tendensiyasining istiqbolda saqlanib 
qolishi quyidagi sabablar bilan belgilanadi:
- budjet taqchilligining yuqori emasligi;
- boshqariladigan davlat qarzi;
11
R&E1 Magazin. 2011 Global R&D Funding Forecast. P. 5. 


12 
- barqaror bank tizimi;
- past siklik ishsizlik darajasi;

barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari. Rivojlanayotgan mamlakatlarda kambag‘
allik muammosi. Jahon iqtisod 
iyotidagi dolzarb muammolardan biri - 
bu rivojlanayotgan mamlakatlardagi kambag‘allik muammosidir. Jahon 
banki aholi tarkibida kambag‘allikni aniqlash uchun uy xo‘jalildarida aholi jon boshiga to ‘g‘ri keluvchi 
daromadlar va x
arajatlar ko‘rsatkichidan foydalanadi. Aholi xarajatlarida: 
- insonning oziq-
ovqatga bo ‘lgan 
minimal ehtiyojlari; - yashash minimumiga mos keluvchi tovarlar va xizm atlar uchun xarajatlar. 
Jahon iqtisodiyot fani va amaliyotida aholi tarkibida kambag‘alli
kni aniqlashning mutlaq, nisbiy va subyektiv 
usullari mavjud. Mutlaq kambag‘alik darajasiga muayyan mutlaq minimumdan past daromadga ega bo
lgan uy 
xo‘jaliklari va individlar kiritiladi. Nisbiy kam 

bag‘allikka esa daromadi jamiyatda shakllangan standart 
i
ste’molga yetmaydigan uy xo‘jaliklari va individlar kiritiladi. Subyektiv kam bag ‘allik ko'rsatkichi esa aholining 
o‘z moddiy holatini baholashlari natijasidir. Mutlaq ko‘rsatkich kam bag'allikni aniqlashning iqtisodiy, qolganlari 
esa kompleks yondashuviga taalluqlidir. 
Mutlaq ko‘rsatkich kam bag'allikni aniqlashning iqtisodiy, qolganlari esa kompleks yondashuviga taalluqlidir. 
Mutlaq kambag‘allikni aniqlashda Jahon banki tomonidan taklif qilingan qator mezonlardan foydalaniladi. Jahon 
amaliyotida keng tarqalgan ko‘rsatkichlardan biri — bu kishi boshiga bir kunlikda ( World Economic Outlook. 
October 2014. IMF, 2014. P. 159. 36 rom ad yoki xarajat 1,25 dollardan (xarid qobiliyati bo'yicha) oshmaydigan 
m utlaq kambag‘allik tushunchasidir (2008-yilgacha 1 dollar). Mazkur ko‘rsatkich mutlaq kambag‘allik 
darajasining chegarasi hisoblanadi va hozirda dunyoda 1,4 mlrd kishi ushbu chegarada yashamoqda. Bundan 
tashqari xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan aholi tarkibida kambag‘allikni aniqlashda kunlik daromadi 2.0 
va 2,5 dollargacha bo ‘lgan ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi. Tahlillar ko‘rsatishicha, past daromadli m am 
lakatlarda aholining 83,2 foizi bir kunlik daromadi 2,5 dollargacha bolgan kambag‘allik darajasidan past darajada 
yashaydi. Ushbu ko'rsatkich Afrika va Osiyoning ba’zi mamlakatlarida 85,0 %dan past emas (Mali (87,2), 
Nigeriya (86,3), Liberiya (97,0), Madagaskar (95,4), Bangladesh (8 6 ,2 ). 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim koʻrinishlaridan biri. Jahon xujaligining rivojlanib, globallashuv 
jarayonining chuqurlashib borishi bilan Xalqaro iqtisodiy hamkorlikh.ning milliy iqtisodiyot taraqqiyotidagi ahamiyati 
ortib boradi. Uning asosiy subʼyektlari — davlatlar, transmilliy kompaniyalar, mintaqaviy va xalqaro iktisodiy 
tashkilotlar hisoblanadi. 20-asrning 80-yillaridan eʼtiboran, Xalqaro iqtisodiy hamkorlikh. doirasi kengayib, iqtisodiy 
munosabatlarni keng koʻlamda qamrab oddi, tashki va xalqaro savdo, kredit munosabatlari, valyuta va toʻlov — 
hisobkitob sohasi, migratsiya va kapital chiqarish, mintaqaviy integratsiya, transmilliy kompaniyalarni tashkil etish va 
kreditmoliya intlarini shakllantirish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib, ilmiytexnika va i.ch. sohalarida 
muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Xalqaro iqtisodiy hamkorlikh. uning subʼyektlari iktisodiy manfaatlarini milliy 
chegaralardan tashqarida roʻyobga chikdrishning eng maqbul yoʻli hisoblanadi. Jahon davlatlari oʻzlarining tub ichki 
manfaatlarini amalga oshirish maqsadida, ijtimoiyiqgisodiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda Xalqaro 
iqtisodiy hamkorlikh.ning muayyan yoʻnalishlarida faollik koʻrsatadilar.


13 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish