Xalqaro islom akademiyasi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana18.07.2022
Hajmi0,64 Mb.
#824390
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi. Abdusamatova Gulnozaxon1

Kurs iahining maqsadi: 
Men o‘z kurs ishimda O‘zbekistonning tashqi siyosatida xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarmasalasini tahlil qilishni atroflicha ma’lumotlar to‘plab ushbu mavzuni chuqurroq o‘rganishni maqsad 
qilib qo‘yaman.
 
Kurs ishining vazifasi: 
O‘zbekistonning tashqi siyosatida xalqaro iqtisodiy munosabatlar mavzusida 
bilimlarimni mustahkamlash. 
Kurs ishining tuzilishi: 
kirish, ikki bob, xulosa foydalanilgan adabiyotlar 
ro`yxatidan iborat bo`lib, jami 31 sahifani tashkil etadi.
 
3
Videoselektrdagi nutq 

Shavkat Mirziyoyev. 22.01.2022 



I BOB. XALQARO IQTISODIYOT HAQIDA MUMIY MA’LUMOT
lahon xo'jaligi rivojining zamonaviy bosqichida sayyoramizning barcha qit'alarida integratsion jarayonlarning 
turli shakllarini ko'rishimiz mumkin. XX asming ikkinchi yarmidan boshlab yetakchi industrial mamlakatlarning tez 
taraqqiy etishi, shuningdek, xalqaro transedrt va kommunikatsiya vositalarining takomillashuvi natijasida xalqaro 
tovar va xizmatlarning yuqori sur'atlarda rivojlanishi yuz berdi. Xalqaro savdo bilan bir qatorda ishlab chiqarish 
omillarining (kapitaL ishchi kuchi va texnologiyalar) xalqaro harakati ham rivojlanib bordi. Ya'ni, tayyor mahsulot 
bilan bir qatorda ishlab chiqarish omillari ham mamlakatlararo ko'cha boshladi. Tovar bahosida o'z aksini topgan 
foyda nafaqat milliy chegara doirasida, balki xorijda ham yaratildi. Bulaming barchasi iqtisodiy integratsiyaning 
vujudga kelishiga zamin yaratdi. Iqtisodiy integratsiya - mamlakatlar o'zaro iqtisodiy hamkorligining natijasi bo'lib. u 
xo'jalik mexanizmlarining yaqinlashuviga olib keladi va bu yaqinlashuv davlatlararo bitimlar shaklini oladi hamda 
tegishli davlatlararo organlar tomonidan tartibga solinadi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya bu - milliy xo'jaliklar 
(davlatlar) o'rtasida ko'p tomonlama o'zaro barqaror aloqalaming rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida yuzaga 
kelgan mamlakatlarning iqtisodiy. ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi bo'lib, ishlab chiqarish 
tannoqlarining turli darajada va turli ko'rinishdagi o'zaro aloqadorligini ifoda etadi. 
Hozirgi kunda integratsion jarayonlar to'g'risida mutaxassislar orasida yagona qarashlar konsepsiyasi mavjud 
emas. Bir guruh iqtisodchi olimlar integratsiyani jahon mamlakatlari o'rtasida yangi tovarlar oqimini shakllantirish 
orqali «resurslar cheklanganligi» muammosini bartaraf etish yo'li deb talqip etishsa (bu orqali jahon mamlakatlarida 
nisbatan serxarajat tovarlar ishlab chiqarishga chek qo·yilib. texnologik ayirboshlashni kengaytirish imkoniyatini 
beradi, ya'ni, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktiv ishlari (ITTKI)ga xarajatlami kamaytirish imkonini beradi), boshqa 
bir guruh olimlar integratsiyani talab etuvchi dastlabki turtki sifatida noiqtisodiy omillami ilgari suradi (masalan, 
mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va boshqalar). Uchinchi bir guruh iqtisodchilar esa integratsiya bu - 
ishlab chiqarishning barqaror o'sishi. ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlik kabi maqsadlarga yengilroq va tezroq 
erishish imkoniyatini beradi. deb hisoblashadi. Xullas, u yoki bu nazariy yondashuvlami urnumlashtirgan holda shuni 
qayd etib o'tish kerakki. integratsiya bu - hududiy miqyosda sifat jihatidan yangi iqtisodiy muhitni yaratish YO'li 
orqali milliy xo'jalik komplekslarining o'zaro yaqinlashishi va bir-biriga kirib borishi jarayonidir.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar asosan ikki darajada 
(mikro - transmilliy korporatsiyalarning tashkil etilishi orqali, makro - iqtisodiy ," siyosatni davlatlararo 
muvofiqlashtirish siyosati orqali) amalga oshiriladi. 
Mikro darajadagi integratsion jarayonlar bir-biriga hududiy jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlarning 
xo'jalik yurituvchi subyektlari kapitallarining 0 'zaro ta'sir doirasi orqali amalga oshiriladi. Ya 'ni, ushbu davlatlar 
o"rtasida integratsion jarayonlar iqtisodiy bitimlar tizimining shakllanishi. kichik shoxobchalar, shu'ba korxonalar 
tashkil etilishi orqali yuz beradi. Tashkil topgan korxona va firmalar o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy aloqalaming tez 
rivojlanishi tovar almashuvini, xizmat sohalarini, kapital va ishchi kuchining mamlakatlararo erkin harakatini 
ta'minlashga, ijtimoiyiqtisodiy va ilmiy-texnologik, tashqi iqtisodiy va mudofaa moliyaviy va valyuta sohasida yagona 



siyosatni o'tkazish zaruriyati tug'iladi. Yagona valyuta va moliyaviy fondlar, infratuzilmalar va umumiy davlatlararo 
boshqaruv organlariga ega bo'lgan iqtisodiy majmualar yaratiladi.
4
Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanish asoslari. Jahonda 193 ta m ustaqil davlat, 
61 ta qaram hudud va 6 ta nizoli hudud mavjud. Xalqaro statistikada «davlat» tushunchasi emas, balki «mamlakat» 
tushunchasi qo‘llaniladi. Chunki mamlakat albatta siyosiy mustaqillikka ega bolishi majburiy emas. Siyosiy-geografik 
ma’noda mamlakat — bu muayyan chegaralarga ega, davlat suverenitetidan foydalanuvchi hududdir. Jahon 
iqtisodiyotidagi o ‘zgarishlarni miqdoriy jihatdan aks ettiruvchi xalqaro statistika nuqtayi nazaridan esa «mamlakat» 
tushunchasi iqtisodiy ma’noda qoilaniladi va «iqtisodiyot» tushunchasi bilan mos keladi. Ushbu tushuncha davlatning 
muayyan hududini, masalan, Xitoy tarkibiga kiruvchi Tayvan va Gonkongni alohida iqtisodiy hudud sifatida ifoda 
etishi mumkin. Dunyo mamlakatlari, bir tomondan, biri-biridan iqtisodiyotining hajmi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
darajasi, institutsional va madaniy xususiyatlari bilan farq qilsa, ikkinchi tomondan, ular muayyan o‘xshashliklarga 
ham ega. U shbu holat dunyo mamlakatlarini tahliliy va statistik maqsadlarda guruhlarga ajratish, jahon 
iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish maqsadida muayyan mezonlar bo‘yicha tasniflash 
imkonini beradi.
5
6
Ushbu mamlakatlarda dunyo aholisining 14,7 foizi yashaydi, ja hon yalpi ichki mahsulotining 43,6 foizi ishlab 
chiqariladi, jahon tovarlar va xizm atlar eksportining 61,2 foizi ular hissasiga to ‘g‘ri keladi (2-jadval). «Boshqa bozor 
iqtisodiyoti shakllanayotgan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlar»ga rivojlangan mamlakatlardan tashqari 
4
Jahon iqtisodiy munosabatlari 

A. Mirsaidov 
5
Jahon iqtisodiyoti va halqaro iqtisodiy munosabatlar 

V, Vahabov 
6
Jahon iqtisodiyoti va halqaro iqtisodiy munosabatlar 

V, Vahabov (9-bet, 3.1.1-jadval) 



barcha mamlakatlar kiradi. Bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlar geografik 
jihatdan Markaziy va, Sharqiy Yevropa, MDH , Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlari, Lotin Amerikasi va Karib 
havzasi mamlakatlari, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mam lakatlari va Afrikaning Sahroyi Kabirdan janubdagi 
mamlakatlarga bo’linadi. Ushbu guruh hissasiga dunyo aholisining 85,3 foizi, jahon yalpi ichki mahsulotining 56,4 
foizi, jahon tovarlar va xizmatlar eksportining 38,8 foizi to ‘g‘ri keladi (3-jadval), 
(2-jadval) 
7
Bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlar tahliliy mezonlar bo‘yicha ham 
guruhlarga ajratiladi. Tahliliy mezonlar - mamlakatning eksport darom adlari tarkibi va boshqa tashqi daromadlarni 
ifoda etadi. Mamlakatlar o‘rtasidagi farq sof kreditor va sof debitor mamlakatlar sifatida ham tahlil etiladi. Bundan 
tashqari sof debitor mamlakatlar tashqi moliyalashtirish manbayi va qarzlarga xizmat ko‘rsatish holati kabi moliyaviy 
mezonlar bilan ham o‘rganiladi. 
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarning umumiy tavsifi Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega 
mamlakatlar — jahon iqtisodiyotining asosiy subyektlaridan biri hisoblanadi, Ushbu guruhga 35 dan ortiq mamlakat 
7
Jahon iqtisodiyoti va halqaro iqtisodiy munosabatlar 

V, Vahabov (9-bet, 3.1.2-jadval) 



kiradi va ba’zan ushbu mamlakatlar «rivojlangan» yoki «sanoat jihatdan taraqqiy etgan» mamlakatlar, deb ataladi. 
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardan biri — daromadlarining aholi 
qatlamlari o'rtasida nisbatan tekis taqsimlanishi va mamlakat hududining bir tekis o‘zlashtirilishi hisoblanadi. Bundan 
tashqari, ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti ijtimoiy yo‘naltirilganligi, jumladan, aholining kam ta’minlangan qatlam 
larini qoilab-quvvatlash, ilm -fanni rivojlantirishga katta iqdorda mablag’ sarflash (YalM ga nisbatan 2—3 %) va 
uning yutuqlarining ishlab chiqarishga joriy etilishi, tibbiyot, ta’lim, madaniyat sohalariga sarflanayotgan 
xarajatlaming yuqoriligi va atrof-muhit muhofazasiga ajratilayotgan sarf-xarajatlarning (YalM ga nisbatan 3— 4 %) 
yuqorligi bilan ajralib turadi. Rivojlangan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rni quyidagi miqdoriy va 
sifat ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. a) miqdoriy ko‘rsatkichlar: - jahon sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 57 
foizi; - jahon qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishining 40 foizi ushbu mamlakatlar hissasiga to ‘g‘ri keladi. - 
sifat ko‘rsatkichlar: - iqtisodiyotning ko‘p tarmoqli tarkibga egaligi. Xizmatlar sohasi ushbu mamlakatlar yalpi ichki 
mahsulotining 60 foizdan ortig‘ini tashkil etadi; - jahon tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishdagi ulushining yuqorligi. 
Ushbu mamlakatlar hissasiga jahon tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishining 80 % ga yaqini to ‘g‘ri keladi; - jahon 
ilmiy-tadqiqot ishlanmalari va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishdagi ulushining yuqoriligi. Ular hissasiga 
ushbu mahsulotlam ing 90 % ga yaqini to‘g‘ri keladi; - aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YalM hajmining jahondagi o 
'rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 3,8 m artaga (2012-yil) yuqoriligi (1962-yilda — 3.6 marta). Ushbu ko‘rsatkich 
mamlakatlarda 12 390 (Vengriya) dollardan 98 860 (Norvegiya) dollargacha tebranib turadi; - jam iyatning ijtimoiy 
tarkibida tabaqalashuv darajasining pastligi, yuqori turmush darajasi sifati va standartlariga ega o‘rta sinfning 
mavjudligi.
8
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlaming guruhlanishi XXI asrning boshida rivojlangan bozor 
iqtisodiyotiga ega mamlakatlar guruhi G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo, Avstraliya va Okeaniyada 
joylashgan qirqqa yaqin mamlakatlarni o‘z ichiga oladi. Ularning 34 tasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti 
(IHTT) a’zosi hisoblanadi. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish