Xalqaro islom akademiyasi


O‘ZBERKISTONNING TASHQI SIYOSIY KONSEPSIYASI



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana18.07.2022
Hajmi0,64 Mb.
#824390
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi. Abdusamatova Gulnozaxon1

2.1 O‘ZBERKISTONNING TASHQI SIYOSIY KONSEPSIYASI 
 
2021-yil 19-fevral kuni “Mamlakatimiz olib borayotgan ochiq, pragmatik, va amaliy tashqi siyosatni inobatga 
olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini takomillashtirish borasida belgilangan 
ustuvor vazifalar” mavzusida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida shu kabi savollarga batafsil javob berildi. Unda Tashqi 
ishlar vazirining oʻrinbosari mavzu yuzasidan nutq soʻzladi. 
"Mamlakatimizda keyingi yillarda tashqi siyosat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mintaqamizda 
tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga, mamlakatimizning xalqaro maydondagi salohiyatini kengaytirishga va 
xorijiy davlatlar bilan keng qamrovli hamda oʻzaro manfaatli aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda. 
Davlatimiz Konstitutsiyasi Tashqi siyosat bobining 17-moddasida «Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro 
munosabatlarning toʻla huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki 
kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki 
ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga 
asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida 
ittifoqlar tuzishi, hamdoʻstliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin» deb 
belgilangan. Soʻnggi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan 
Oʻzbekiston hayotining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy va boshqa sohalarida muhim va dolzarb ulkan 
islohot hamda oʻzgarishlar izchil amalga oshirilmoqda. 
Davlatimiz rahbari tomonidan, Tashqi siyosiy faoliyatimizni ustuvor tamoyillaridan biri deb, birinchi navbatda, 
mintaqamizda, xususan, qoʻshni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston Respublikalari va Turkmaniston bilan hamda 
jahonning yetakchi mamlakatlari (Rossiya, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Xitoy, shuningdek, Osiyo, Yevropa va Yaqin 
Sharqdagi qator davlatlar) bilan ochiq, pragmatik va amaliy yondashuv asosida, ikki hamda koʻp tomonlama, barcha 
yoʻnalishlardagi munosabatlarimizni rivojlantirish va kengaytirish belgilangan. 
Bundan tashqari, 2020-yilda pandemiya oqibatida yuzaga kelgan xalqaro miqyosdagi iqtisodiy va ijtimoiy 
qiyinchiliklar, ayrim mintaqalardagi umumiy ahvol va davlatlararo munosabatlarning keskinlashishi tashqi 
siyosatimizdan yangi maqsad va yondashuvlarni talab etmoqda. 
Ushbu fikr va mulohazalardan kelib chiqib, muhtaram Prezidentimiz 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga 
yoʻllagan Murojaatnomasida Tashqi ishlar vazirligining ustuvor va dolzarb vazifalaridan biri sifatida “Tashqi siyosiy 
faoliyat konsepsiya”sini yana-da takomillashtirib, uning yangi tahririni ishlab chiqishni belgilab berdi. Mazkur 
topshiriqning ijrosi yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralararo maxsus ishchi guruh tuzilib, tegishli ishlar jadal amalga 
oshirilmoqda. Yuqorida zikr etilgan talablar, kutilayotgan tahdidlar va vujudga kelayotgan imkoniyatlarni inobatga 
olgan holda, yangi tahrirdagi “Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiya”sining asosiy maqsad va vazifalari, deb quyidagilar 
belgilangan: - zamonaviy xalqaro sharoitlardagi tashqi siyosiy, tashqi iqtisodiy sohalarda Oʻzbekiston Respublikasining 
milliy manfaatlarini ilgari surish;


25 
- 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha 
Harakatlar strategiyasining samarali bajarilishini taʼminlash; 
- mamlakatimizning milliy xavfsizligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini mustahkamlash; 
- Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi — Markaziy Osiyoda doimiy tinchlik, 
barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash, mintaqa davlatlari bilan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash, 
barcha mintaqaviy va ikki tomonlama muammolarni konstruktiv yondashuv, oʻzaro hurmat va bir-birining manfaatlarini 
hisobga olgan holda, oqilona murosa va umumiy javobgarlik asosida birgalikda hal etishni taʼminlash; 
- Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imiji, oʻrni va obroʻsini mustahkamlashga qaratilgan 
barcha davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik va doʻstlik munosabatlarining barqaror tizimini 
barpo etish.
Shu bilan birga, yangi tahrirdagi Konsepsiyada tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy vazifalarning iyerarxiyasi 
kengaytirilib, bir qator quyidagi masalalar, yaʼni: 
- jahon siyosatining madaniy-sivilizatsiyaviy va gumanitar qismi, diniy omil, inson huquq va erkinliklarini 
taʼminlash; 
- Oʻzbekistonning xorijdagi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash, xorijda istiqomat 
qilayotgan vatandoshlar bilan muloqot va hamkorlikni rivojlantirish; 
- yangi muhim xalqaro tendensiyalar, shu jumladan, iqtisodiy, tabiiy-xomashyoviy, texnologik va axborot 
omillarining ahamiyatini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 
Xulosa sifatida shuni taʼkidlash joizki, yangi tahrirdagi Tashqi siyosiy faoliyat Konsepsiyasi: 
- xorijda Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini tizimli ravishda ilgari surishga; 
- xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona, teng huquqli munosabatlarni va oʻzaro manfaatli hamkorlikni muttasil va 
izchil rivojlantirishga; 
- Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga chuqur integratsiyalashuvi va xalqaro 
raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yuksaltirish uchun qulay tashqi shart-sharoitlarni yaratishga; 
- mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda samarali mintaqaviy hamkorlik 
tizimini shakllantirishga; 
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi fuqarolari va yuridik shaxslarining qonuniy huquq va manfaatlarini 
himoya qilish faoliyatini tubdan yaxshilashga; 


26 
- Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro imiji va nufuzini yana-da mustahkamlashga moʻljallangan. 
Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi loyihasi idoralararo kelishuvdan oʻtgan va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib 
chiqish uchun kiritilgan. Hujjat loyihasi oʻrnatilgan tartibda qabul qilinadi" dedi vazir oʻrinbosari oʻz nutqida. 
Tadbirda Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqin munosabatlari haqida ham qisqacha 
toʻxtalib oʻtildi: 
"Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi Markaziy Osiyo mintaqasi, birinchi navbatda 
Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston kabi qoʻshni davlatlar bilan uzoq muddatli va manfaatli 
munosabatlarni kengaytirish va rivojlantirish hisoblanadi. 
Soʻnggi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan mintaqaning 
barcha mamlakatlariga yuqori darajadagi tashriflar amalga oshirildi. Mazkur tashriflar davomida Markaziy Osiyo 
mamlakatlari uchun oʻzaro manfaatli boʻlgan xavfsizlik, iqtisodiyot, investitsiya, madaniyat va ekologiya masalalari 
boʻyicha qarorlar qabul qilindi. Buning natijasi oʻlaroq tarixan qisqa vaqt ichida Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo 
mamlakatlari oʻrtasidagi munosabatlarning yaxshi tomonga burilishiga sabab boʻlgan ulkan oʻzgarishlar roʻy berdi. 
Mintaqada mutlaqo yangi, oʻzaro ishonch va hurmatga asoslangan siyosiy muhit va geosiyosiy reallik shakllandi. 
Markaziy Osiyo davlatlari yuzaga keladigan har qanday muammolarni tinchlik yoʻli bilan, muzokaralar asosida 
va oʻzaro manfaatli tarzda hal qilish mumkinligini butun dunyoga namoyon etdilar. Bunday yutuqning asosida, tabiiyki, 
mintaqa davlatlari rahbarlari oʻrtasida siyosiy muloqot va oʻzaro ishonch yotadi. 2021-yili ham mazkur yoʻnalishdagi 
proaktiv diplomatik faoliyat davom ettiriladi. Masalan, xabaringiz bor, 2021-yilning 16-18-fevral kunlari Oʻzbekiston 
Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.H.Komilovning Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻistonga amaliy tashrifi tashkil 
etildi. Muzokaralar mobaynida mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, 
Markaziy Osiyoning global iqtisodiy jarayonlar va transport yoʻlaklariga integratsiyasi masalalari muhokama qilindi. 
Bu kabi tashriflar va diplomatik chora-tadbirlar davom ettiriladi. Qoʻshni mamlakatlar bilan siyosiy muloqot, 
savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni har tomonlama kengaytirish, hududlar va xalqlar oʻrtasidagi 
aloqalarni jadallashtirish, davlatlararo chegaralar boʻyicha muzokaralarni davom ettirish yoʻlida jadal ishlarni olib 
boramiz. 
Ushbu maqsad va vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Prezidentining tashabbusi asosida 2020-yili 
mintaqamizda yagona boʻlgan Markaziy Osiyo xalqaro ilmiy-tadqiqot institutiga asos solindi.Joriy yilda Oʻzbekistonda 
“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzuida xalqaro 
konferensiyani yuqori darajada tashkillashtirish borasida ishlar olib borilmoqda". Furkat Sidikov mamlakatimizning 
vatandoshlar bilan ishlash sohasida olib borayotgan ishlar haqida ham maʼlumot berdi:"Ayni shu yoʻnalishda 
hukumatimiz tomonidan qator hujjatlar qabul qilindi. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik 


27 
sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Muhtaram Prezidentimizning 
Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Vatandoshlar” jamgʻarmasini tuzish taklifi bildirilganidan yaxshi xabaringiz bor. Bu 
tashabbus xorijdagi hamyurtlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular bilan hamkorlikni hamda aloqalarni yana-
da mustahkamlashga, rivojlantirishga qaratilgan. Ayni paytda jamgʻarma faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishlar 
davom ettirilmoqda. Keyingi yillarda koʻplab vatandoshlarimiz yurtimizga qaytib, turli sohalar rivojiga oʻz hissalarini 
qoʻshmoqda. Hozirda ularning 150 nafardan ortigʻi rahbar hamda masʼul lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda. 
Bundan tashqari, xorijdagi vatandoshlar orasidan salohiyatli investorlar, malakali mutaxassislar, xalqaro 
tashkilotlar vakillari, olim hamda iqtidorli talabalardan iborat 30 dan ziyod xorij davlatlarida istiqomat qilayotgan 480 
dan ortiq vatandoshlar roʻyxati shakllantirildi. Shu kunga qadar roʻyxatdagi vatandoshlarning katta qismi bilan 
videomuloqotlar oʻtkazildi. Ular tomonidan bildirilgan loyihaviy takliflar viloyatlar hokimliklari hamda tegishli vazirlik 
va idoralari bilan birga amaliyotga tatbiq etish uchun ishlab chiqilmoqda. 


28 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish