partiyalarning rolini kuchaytirish yuzasidan qator amaliy chora-tadbirlar hayotga
joriy etildi.
Xususan, «Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning
mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim
qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun
qabul qilinib, unda Konstitutsiya va boshqa Qonunlarga Bosh vazir o‘rinbosarlari,
vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan
Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullash va Prezident tomonidan tasdiqlash
tartibi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, hukumat a’zoligiga nomzodning endilikda
212
sohani rivojlantirish bo‘yicha yaqin muddatga va istiqbolga mo‘ljallangan harakat
dasturi bilan deputatlar oldida chiqish qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. O‘z
navbatida, hukumat a’zosi bundan buyon o‘z harakat dasturi ijrosi bo‘yicha Oliy
Majlis palatalari, ularning qo‘mitalarida muntazam ravishda axborot berib boradi.
Hududlar kesimida esa, viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlarini
tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ma’lumki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash
olib borilmoqda. Eng avvalo, qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning
huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat
qabul qilindi. Oliy Majlis Senatida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi
kurashish, Qonunchilik palatasida esa Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq
masalalari qo‘mitalari tashkil etildi.
Davlat rahbarining «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi
kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni
qabul qilinib, unga muvofiq, 2019-2020- yillarda Korrupsiyaga qarshi kurashish
davlat dasturi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika
idoralararo komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi. Mazkur Farmon korrupsiya
bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan izchil sa’y-
harakatlarning mantiqiy davomi bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, eng yuqori
darajadagi qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning
xalqaro maydondagi ijobiy imijini oshirish va mustahkamlashga qaratilgan. Ana
shu maqsadlar yo‘lida 2019-yil 1-avgustdan eksperiment tariqasida kapital qurilish
va oliy ta’lim sohalarida «Korrupsiyasiz soha» loyihasi amalga oshirilmoqda.
Eng muhim o‘zgarishlardan yana biri, bu shubhasiz, O‘zbekiston
Respublikasi saylov kodeksining qabul qilinganidir. Mazkur kodeksda
fuqarolarning saylov huquqlari bilan bog‘liq bir birini takrorlovchi normalar aks
etgan beshta Qonun birlashtirilib, bugungi kunga qadar tarqoq holda amal qilgan
saylov to‘g‘risidagi qonunlar va qonunosti hujjatlari xalqaro norma va standartlar
hamda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib kodifikatsiya qilindi hamda saylov
jarayoniga nisbatan yagona shaffof va samarali yondashuvlar nazarda tutildi.
Natijada «Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar» shiori ostida yaqinda bo‘lib o‘tgan
saylovlar barcha demokratik tamoyillarga tayangan holda, xalqaro standartlar
talablariga mos darajada, ochiq va oshkor tashkil etilganini xalqaro missiyalar
vakillari, xalqaro ekspertlardan iborat kuzatuvchilar, xorijning yetakchi ommaviy
axborot vositalari vakillari ham e’tirof etishdi.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning
ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, bu borada sudlarning ish
yuklamasini kamaytirish hamda nizolarni sudgacha hal qilish maqsadida
mediatorlarni tayyorlash tizimi yaratilgani, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar
malakasini oshirish markazida mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus
o‘quv kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidlash joiz. Shu bilan birga,
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga ruxsat etilib, ularga sud
ekspertizalarining 44 ta turlarini o‘tkazish huquqi berildi. Sudyalar oliy kengashi
huzurida Sudyalar oliy maktabi tashkil etilgani esa, sud tizimida malakali kadrlar
213
tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha yuqori samaradorlik ta’minlanishida
muhim ahamiyat kasb etadi. Aholini bepul huquqiy yordam bilan ta’minlash
maqsadida «Advice.uz» bepul interaktiv axborot portali ochilib, unda fuqarolar
hayoti davomida to‘qnash keladigan mingdan ortiq holatlarning yuridik yechimlari
aniq va sodda tilda savol-javob shaklida bayon etib borilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani, Jasliq qo‘rg‘onida
joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi yopilganini esa,
butun jahon hamjamiyati olqishlaganiga barchamiz guvoh bo‘ldik. Hukm qilingan
shaxslarga pensiya to‘lash tartibining joriy etilgani ham mamlakatimizda inson
huquqlari va manfaatlari olib borilayotgan islohotlarning ustuvor maqsadi
ekanidan dalolatdir.
Yurtimizda har bir hududda sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha kunlik tezkor
ma’lumotlarni hokimliklarga taqdim etib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani, 1,5
mingdan ortiq profilaktika inspektori, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha 301 nafar
profilaktika katta inspektori, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha 214 nafar ofitser,
vaziyati og‘ir hududlarda 89 nafar psixolog lavozimlari joriy etilgani, o‘z
navbatida, jinoyatchilikning keskin kamayishiga sabab bo‘ldi. Misol uchun, o‘tgan
2018 yilda respublikada 49011ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2019 yilning mos
davrida bu ko‘rsatkich 46089 tani tashkil etdi yoki 2922 taga, salmoqli ravishda
kamaydi.
Shuningdek, 2019-yilda davlat notarial idoralari bosqichma-bosqich xususiy
notarial idoralarga aylantirila boshlanishi, qurilishi tugallanmagan uy-joylarni
sotishda hokimliklardan ruxsat olish talablarining bekor qilinishi, bitimlarni
videokonferensaloqa rejimida amalga oshirishga ruxsat etilish, mol-mulk lizingi va
ipoteka shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinishi kabi
yangiliklar yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lidagi izchil islohotlar samarasidir.
Umuman, davlat dasturining qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq
tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 2019-yilda 24 ta
Qonun, 13 ta Prezident Farmon va qarorlari, 51 ta Hukumat qarorining qabul
qilingani va hayotga tatbiq etilgani bu sohada naqadar keng va salmoqli sa’y-
harakatlar amalga oshirilganini tasdiqlab turibdi.
Davlat dasturi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan
ishlar natijasida poraxo‘rlik holatlari bo‘yicha 2018-yilda 1202 ta jinoyat ro‘yxatga
olingan bo‘lsa, 2019-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 1071 tani tashkil etib,
10,9 foizga qisqarishiga erishildi.
Jamiyatda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda huquqbuzarliklarning
oldini olish maqsadida har payshanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni»
deb belgilandi.
Jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirish va jinoyat sodir etgan
shaxslarni jinoiy ta’qib qilish muddatlari maqbullashtirildi.
Shuningdek, agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan
jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir
etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka
tortilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yildi.
214
Surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida tadbirkorlarning huquq va qonuniy
manfaatlari himoyasini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar yaratish
yuzasidan «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish haqida»gi Qonun qabul qilindi. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan
faktlar bo‘yicha tadbirkorlik subyektiga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atishga faqat
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar
prokurorlarining roziligi bilan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
yoki uning o‘rinbosarining roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi belgilandi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va faol investitsiya jalb etishning ustuvor
yo‘nalishlari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘tgan qisqa davr mobaynida sohada
xalqaro standartlarga mos tizimli yangilanishlarning amalga oshirilishi sohani
yanada erkinlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya
qilishning yangi imkoniyatlarini ochib berdi. Ayniqsa, milliy valyuta – so‘mning
erkin konvertatsiyasi joriy etilgani, soliq va byudjet siyosatining yangi asosda
shakllantirilgani, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoyalash keskin
kuchaytirilgani muhim o‘zgarishlardan bo‘ldi.
Ushbu o‘zgarishlarning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish borasida
ham salmoqli ishlar qilinmoqda. Jumladan, iqtisodiyotning mazkur yo‘nalishlarini
tartibga solish va takomillashtirish bo‘yicha Prezidentning qator Farmon va
qarorlari qabul qilindi, shuningdek, «Hisob palatasi to‘g‘risida»gi yangi qonun
kuchga kirdi, Soliq va Bojxona kodekslariga, Soliq va Bojxona xizmatlari
to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, takomillashtirildi.
«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi, «Bank va bank faoliyati to‘g‘risida»gi,
«Markaziy bank to‘g‘risida»gi Qonunlar qabul qilindi.
Bularning bari milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga,
tarmoqlarda jahon standartlariga mos, tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulot ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘lmoqda. Shu va boshqa omillar
evaziga 2019-yil yalpi ichki mahsulotning (YaIM) o‘sish sur’ati 5,4 foiz
belgilangan prognoz ko‘rsatkichi o‘rniga 5,5 foizni tashkil etdi hamda 2018 yilda
erishilgan 5,1 foiz ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lishi ta’minlandi. «Faol investitsiyalar
va ijtimoiy rivojlanish yili» deb e’lon qilingan 2019-yilda barcha moliyalashtirish
manbalari hisobidan investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmi 220,7 trln so‘mga
yetkazilib, tasdiqlangan yil prognoziga nisbatan 2 barobarga o‘sishga erishildi. Shu
o‘rinda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 189,9 trln so‘mni, 2018 yil
ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘sish sur’ati esa 1,3 barobarni tashkil etganini
ta’kidlash lozim.
Investitsiya faoliyatining sezilarli o‘sishi 13,3 mlrd. dollarni tashkil etgan
xorijiy investitsiyalarning oqimi va o‘zlashtirilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib,
unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 9,3 mlrd. dollar,
shundan asosiy kapitalga – 6,6 mlrd. dollar, davlat kafolati ostidagi xorijiy
investitsiyalar va kreditlar – 4,0 mlrd. dollar, shundan asosiy kapitalga – 3,2 mlrd
dollar o‘zlashtirildi. Bunda o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar
va kreditlarning umumiy investitsiyadagi ulushi 37 foizga yetkazildi.
215
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning yana bir o‘ta muhim
jihati, ularning hududlarni kompleks va jadal rivojlantirishga qaratilganidir. Bu
borada mahalliy byudjetlarning yuqori byudjetlarga bo‘lgan bog‘liqligini keskin
kamaytirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet mablag‘larini
boshqarishdagi mustaqilligi va mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-
tadbirlar barcha bo‘g‘indagi byudjetlarning barqarorligini ta’minlovchi tizimni
yaratibgina qolmay, Davlat byudjetining mutanosibligini hamda samarali ijrosini
ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlarning hayotga joriy etilishi nihoyatda qisqa muddatda
hududlarning resurs salohiyatidan unumli, samarali foydalanishga, mavjud
imkoniyat va rezervlarni ishga solishga, mahalliy byudjetlar daromadlarining
ortishiga katta imkoniyat yaratib berdi.
To‘rtinchi – Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga kelsak,
bugun yakka-yolg‘iz nuroniylarga, kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalarga hamda
nogironlarga ko‘rsatilayotgan mehr-oqibat, diqqat-e’tibor – ularning huquq va
manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish, uy-joy bilan ta’minlash, davlat organlari va
boshqa tashkilotlarning e’tiborini kuchaytirish, moddiy ta’minotini keskin
yaxshilash borasida olib borilayotgan xayrli ishlar ham bugungi yangi bosqichdagi
islohotlar mevasidir.
Zero, «2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar
bo‘yicha arzon uy-joylar qurish», «Obod qishloq» va «Obod mahalla», «Har bir
oila - tadbirkor», «Yoshlar – kelajagimiz», «Besh ijobiy tashabbus» kabi Davlat
dasturlari va rejalari doirasida olib borilayotgan ishlar bugun xalqning hayot
darajasi hamda farovonligini oshirish yo‘lidagi g‘amxo‘rlikning yorqin
namunasidir.
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish
sohasidagi beshinchi ustuvor yo‘nalishlar borasida O‘zbekistonning tashqi siyosat
sohasida olib borayotgan faol va samarali, ochiq va kreativ faoliyati dunyoning
barcha davlatlari, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarning yanada kengayishi va
rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda. Bu o‘rinda, birinchi navbatda, yon qo‘shni
– jon qo‘shnilar bo‘lgan Markaziy Osiyoning boshqa qardosh davlatlari bilan
munosabatlar iliqlashgani, oradagi muzlar erigani, o‘zaro manfaatli aloqalar izchil
yo‘lga qo‘yilgani, minglab oddiy odamlarning chegaralardan bemalol o‘tayotgani,
mintaqa bo‘ylab erkin harakatlanish, qarindosh-urug‘lar bilan bordi-keldi qilish
uchun barcha sharoitlarning yaratilgani muhim tarixiy qadam bo‘ldi.
Davlat rahbarining qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish
nafaqat mintaqaviy, balki global xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti ekani
to‘g‘risidagi fikrlari BMT hamda boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar, jahondagi
yetakchi davlatlar e’tiborini ushbu murakkab muammoning yechimiga qaratdi.
O‘zbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika
infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga o‘zining salmoqli
hissasini qo‘shib kelmoqda.
Shu bilan birga, jahonning eng rivojlangan davlatlari bilan savdo-iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy, ta’lim, madaniyat va sport, sog‘liqni saqlash, gumanitar
216
sohalarida, yhuningdek, terrorizm, diniy ekstremizmga qarshi kurash, xavfsizlikni
ta’minlash yuzasidan o‘rnatilgan o‘zaro teng manfaatli hamkorlik aloqalarining
tobora kengayib va mustahkamlanib borayotgani diqqatga sazovor. Bularning
barchasi mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini oshirishda muhim
ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
O‘zbekiston inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha mustaqil
siyosatini qat’iy davom ettirmoqda va bu siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan
e’tirof etilmoqda. Mamlakatda mahbuslarni avf etish instituti joriy etilib, keyingi
uch yilda yetti marta avf e’lon qilindi. Natijada qilmishidan chin dildan pushaymon
bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 4 ming nafarga yaqin mahbus jazoni o‘tash
joylaridan ozod etildi. Mustaqillik bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jasliq qo‘rg‘onidagi jazoni ijro etish koloniyasining yopilgani, 156
nafar fuqaro (asosan ayollar va bolalar) jangovar harakatlar davom etayotgan
Suriyadan qaytarib olib kelinib, ularning fuqarolik huquqlari tiklangani xalqaro
jamoatchilik tomonidan olqishlanib, bu mamlakatda amalga oshirilayotgan
insonparvar siyosatning yana bir hayotiy ifodasi ekani ta’kidlandi. Umuman,
bugungi O‘zbekiston o‘z fuqarolarining haq-huquqlari, manfaatlari va
erkinliklarini ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, himoya qilishga qodir davlat
sifatida o‘zini namoyon etmoqda
50
.
Eng muhimi, bugun O‘zbekistonda jamiyatdagi mavjud muammolarga ko‘z
yumish, uni xaspo‘shlash emas, balki aholini qiynayotgan har qanday masalaga
ijobiy yechim topishga bo‘lgan intilish kuchaydi, qonunlar ijrosi ustidan parlament
va jamoatchilik nazoratining ta’siri ortib bormoqda. Ayniqsa, mansabdor
shaxslarning va davlat organlarining mas’uliyati anchayin oshgani, «Xalq davlat
idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak», degan ezgu tamoyil
hayotda o‘z amaliy ifodasini topayotgani muvaffaqiyatlar omili bo‘lmoqda.
Bularning barchasi, o‘z navbatida, erkin va adolatli jamiyat shakllanishiga,
unda sog‘lom muhit qaror topishiga, odamlarning rozi bo‘lishiga va amalga
oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissi kuchayishiga hamda yurt taraqqiyoti
yo‘lida astoydil, faol ishtirok etishiga zamin yaratmoqda. Bu hayotbaxsh islohot va
yangilanishlar butun jamiyatni, uning a’zolari bo‘lgan har bir insonni amaliy
ishlarga safarbar etib, el-yurt manfaatlari, Vatan kelajagi yo‘lida jipslashtirmoqda.
Darhaqiqat, mamlakatimiz tarixida o‘chmas sahifa ochgan buyuk istiqlol
tufayli O‘zbekiston o‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin
egallab, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab bormoqda.
Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi
Mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi
nutqi bu o‘zgarishlarni yanada teranroq anglashimiz, idrok etishimizda muhim
ahamiyat kasb etdi. «Istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga tayanib, milliy
tiklanishdan-milliy yuksalish sari
dadil qadam qo‘ymoqdamiz»
51
, deb ta’kidlangan
Davlatimiz rahbarining so‘zlari xalqimiz qalbida iftixor tuyg‘ularini yanada jo‘sh
50
Туляков Э. Тараққиёт стратегияси маркази материллари асосида. 2020 йил.
51
Мирзиёев Ш.М. «Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари дадил қадам қўймоқдамиз». Ўзбекистон
Республикаси давлат мустақиллигининг йигирма етти йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги
нутқи. 01.09. 2018 йил.
217
urdirdi. Shubhasiz, bundan ruhlangan xalqimiz davlatimizning har qarich yerida
yuksalish davri bo‘lishi uchun azmu qaror qilmoqdalar.
Prezidentimiz nutqida ta’kidlaganidek, Milliy yuksalish deganda, biz
mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har
tomonlama yuqori bosqichga ko‘tarishni tushunamiz. Ilm-fan, ta’lim-tarbiya,
sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarida bo‘layotgan katta o‘zgarishlar
hayotimizda muhim voqelikka aylanmoqda.
Yurtimizda ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘ziga xos tizim shakllanmoqda.
Bu borada 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan
vazifalarni amalga oshirilayotgani, «
Do'stlaringiz bilan baham: |