Book · February 022 citations reads 5,337 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/149
Sana18.07.2022
Hajmi5,24 Mb.
#823640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
1.14-

Mas’ul muharrir: 
R.H.Murtazaeva- O‘zMU professori, t.f.d.
Taqrizchilar: 
D.B. Bobojonova - O‘zDJTU professori, t.f.d.
M.N. Inatov – ToshDTU dotsenti, t.f.n. 
Toshkent davlat texnika universiteti, 2021 



KIRISH 
 
Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish 
kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri 
bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq 
olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni 
tarix 
ilmi, 
tarixiy 
tafakkur 
bilan 
qurollantirishimiz zarur. 
Sh.M.Mirziyoyev 
 
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan keyingi o‘tgan 
30 yil davomida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy 
sohalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bir 
qator yangilanishlar amalga oshirilib, barkamol avlodni shakllantirishga 
yo‘naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. Hozirgi globallashuv jarayonida 
jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning 
mazmun-mohiyatini tahlil etish, turli xil yot g‘oyalardan yoshlarni himoya qilish 
uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’lim 
muassasalarida O‘zbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur o‘rganish yosh 
mutaxassislarning bugungi davr siyosatini, jahon hamjamiyatidagi o‘rnini, davr 
qahramonlarini, ayniqsa bugungi yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida o‘zining 
ham shu jarayondagi faol ishtirokchi ekanligini to‘g‘ri va to‘liq anglashi jamiyat 
taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. 
Mustaqillik yillari mamlakatimiz ta’lim sohasida yuz bergan o‘zgarishlar 
tufayli mamlakatimizda kadrlar tayyorlash sifat jihatidan yangi pog‘onaga 
ko‘tarildi. Ayniqsa «Yangilanayotgan O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash» 
g‘oyasi ostida bugungi kunda kechayotgan o‘zgarishlar ta’lim tizimini ham chetlab 
o‘tayotgani yo‘q. O‘zbekistonda Oliy ta’limni rivojlantirishning 2030-yilgacha 
bo‘lgan konsepsiyasining qabul qilinishi, qo‘shma dasturlar orqali nufuzli oliy 
o‘quv yurtlari bilan o‘zaro hamkorliklarning yo‘lga qo‘yilishi, O‘zbekistonda 
dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlari filiallarining ochilishi, xalqaro reyting va 
indekslarda respublika oliy ta’lim tizimining nufuzini oshirish borasida amalga 
oshirilayotgan ishlar buning misolidir.
Malakali kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, bugungi kunda ta’lim 
to‘g‘risidagi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Unda mamlakatimizda 
mustaqillik yillari ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar va undagi ayrim 
kamchilik va nuqsonlarni tanqidiy tahlil etilgan holda bu tizimda o‘zgarishlar 
amalga oshirilmoqda. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan 
chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Fanlarni optimallashtirish yo‘lidan borilmoqda.
Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fani 
joriy etildi. Ushbu fan mamlakatimizning mustaqillik arafasi va mustaqillik yillari 
tarixini o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning xronologik chegarasi 1989-yildan 
to bugungi kunlargacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. 
Ushbu qo‘llanma texnika oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan bakalavr 
yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 8 ta mavzu doirasida 



O‘zbekistonning eng yangi tarixi, ya’ni O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga 
erishishi arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, yuzaga kelgan 
murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy 
ahamiyati, O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li, huquqiy 
demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, iqtisodiy 
islohotlar, 
xususiy 
mulkchilikning 
shakllanishi, 
O‘zbekistonda 
bozor 
munosabatlarining rivojlanishi, ijtimoiy o‘zgarishlar, ma’naviy va madaniy 
taraqqiyot, respublikada ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, mustaqillik 
yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, O‘zbekiston 
va jahon hamjamiyati, yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy 
yuksalish sari kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan. 
Mazkur o‘quv qo‘llanma mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlarning 
umume’tirof etilgan natijalari bilan boyitilganligi, fan bo‘yicha innovatsiyalarning 
o‘quv jarayoniga joriy etilganligi bilan ilgarigi o‘quv adabiyotlaridan farq qiladi. 
Mavzular Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nomutaxassis 
fakultetlar talabalari uchun mo‘ljallangan hamda shu yo‘nalishda tasdiqlangan 
«O‘zbekistonning eng yangi tarixi» namunaviy dasturi asosida yoritilgan. Mavzu 
so‘nggida texnologik usullar, nazorat savollari va topshiriqlari, tayanch 
tushunchalar, glossariy va testlar berilgan. 
Qo‘llanmani tayyorlash jarayonida prof. R.X.Murtazayeva, prof. 
D.B.Bobojonova, prof. N.Jo‘rayev darsliklari va o‘quv qo‘llanmalaridan 
foydalanildi. Biz mualliflarga o‘z samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. 
Umuman, ushbu o‘quv qo‘llanma nafaqat oliy o‘quv yurtlari professor-
o‘qituvchilar va talabalariga, balki O‘zbekistonning eng yangi tarixi davriga 
qiziquvchi va uni o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganlar uchun ham 
mo‘ljallangan. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish