218
ettirishimiz, yutuqlarimizni mustahkamlab, yanada
dadil va ulkan qadamlar
tashlashimiz shartligi alohida ta’kidlandi. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini
yurtimizda yashayotgan har bir inson, har bir oila bugun o‘z
hayotida his etishi,
buning uchun barcha bo‘g‘indagi rahbarlar foizlar, raqamlar, qog‘ozning ortidan
quvmasdan,
har bir fuqaro uchun, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlash uchun
ishlashi lozim, degan qoida har bir mutasaddi faoliyatining ustuvor yo‘nalishiga
aylanmog‘i darkor.
Zero, Murojaatnomada e’tirof etilganidek: «
Barchamiz bir tanu bir jon
bo‘lib, yakdil va ahil bo‘lib harakat qilsak, halol-pok bo‘lib, yaxshi niyat bilan
mehnat qilsak, har qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda,
tarixning yangi sahifasini yaratishga qodirmiz
»
52
.
4. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni
va nufuzining ortib borishi
2019-yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro reyting va
indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etildi. Uning
asosiy vazifasi sifatida ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda
O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilashda mas’ul
davlat organlari ishini
muvofiqlashtirishdan iborat edi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar
samaradorligi va natijadorligini kuchaytirish hamda ma’lumotlar olish
imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro
reytinglarda» portalini 2020-yil 1-oktyabrdan ishga tushirish to‘g‘risida Moliya
vazirligiga topshiriq berildi.
2020-yil 2-iyunda «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va
indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular
bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida» O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi. Shu asosda Kengash tuzilib
uning ishchi organi sifatida Moliya va Adliya vazirliklari belgilandi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat
organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy
qilish to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini tashkil qilish bilan bog‘liq
masalalar
muhokama qilindi.
Ustuvor xalqaro reyting va indekslar, mamlakat hayotida o‘ziga xos
«kompas» vazifasini bajarib, shunga qarab amalga oshirilayotgan islohotlarning
sifati
va samaradorligini aniqlash, kelgusi qadamlarini prognozlashtirish
imkoniyatini berishi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan hozirda xalqaro reytinglar va indekslarda O‘zbekiston
Respublikasining o‘rnini mustahkamlash masalasiga davlat darajasida e’tibor
qaratilib, bu borada huquqiy va institutsional asoslar shakllantirilmoqda.
52
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 2020 йил
25 январь
219
Jumladan, so‘nggi 3 yilda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-
huquqiy sohalarga oid xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini oshirish bo‘yicha
Davlatimiz rahbarining 13 ta farmon va qarori qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini
yaxshilash bo‘yicha 7 ta chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib,
mutasaddi vazirlik va
idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda xalqaro reytinglarni hisoblash
metodologiyalarining tahlili, ularda O‘zbekistonga berilayotgan baholarga sabab
bo‘layotgan omillar o‘rganib borilmoqda.
Xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarning
aksariyati bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Bugungi kunda O‘zbekiston
quyidagi Xalqaro reyting va indekslarda o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilashga
qaratilgan choralarni ishlab chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: