Book · February 022 citations reads 5,337 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi va xalqaro nufuzining



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/149
Sana18.07.2022
Hajmi5,24 Mb.
#823640
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149
Bog'liq
1.14-

2.O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi va xalqaro nufuzining 
ortib borishi 
 
O‘zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda 
xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi 
istiqbolli natijalarni ko‘rsatdi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, 
NATO, EKO, Islom konferensiyasi, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham 
samarali hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. 1994-yil iyul oyida O‘zbekiston NATOning 
«Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik» Dasturiga qo‘shildi. Bu dasturga ko‘ra, 
O‘zbekiston harbiy qismlari Shimoliy Korolina (AQSh)dagi Kemp Lejyup dengiz 
piyodalari poligonida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda, O‘zbekiston hududida 
amerikaliklar bilan o‘tkazilgan desantchilarning «Ultrabalans-96» harbiy 
mashqlarida qatnashdilar. Shuningdek Respublika harbiy bilim yurti talabalari 
1997-yil Norvegiyada o‘tkazilgan «Kooperativ bankers-97» mashqlarida ham 
qatnashdilar. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun o‘ziga xos mahorat 
maktabi, tajriba bo‘lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam 
berdi. 1999-yil aprelda I.A.Karimov Shimoliy Atlantika Ittifoqi qoshidagi 
«Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturining a’zosi sifatida NATO ning 50 yillik 
yubiley tantanalarida qatnashdi. O‘zbekistonning «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» 
Dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va 
barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O‘zbekistonning 
ishtirokini kafolatladi. NATO Bosh kotibi X.Solana va AQSHning NATOdagi 
doimiy vakili R.Xanterning O‘zbekistonga tashriflari O‘zbekiston va mazkur 
tashkilot o‘rtasidagi tinchlik yo‘lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham 
ko‘rsatdi.
O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lib kirgan yillari EXHTning katta mansabdor 
xodimlari qo‘mitasining Pragadagi yig‘ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu 
tashkilotga a’zo bo‘lib kirishi masalasi ko‘tarildi. 1992-yil 26-fevralga kelib 
O‘zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi. 
Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O‘zbekistonning Yevropa xavfsizlik va 
hamkorlik tashkiloti bo‘linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. 
EXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo‘yicha Byurosi mintaqada 
barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni 
yo‘lga qo‘yib olgani quvonarli holdir. Ushbu byuroning tashabbusi bilan 
Toshkentda EXHTning «Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar», «Ommaviy 
axborot vositalari demokratlashtirish sharoitida» mavzusidagi bir qator anjumanlari 
o‘tkazildi. Seminarlar Markaziy va Sharqiy Yevropada inson huquqlari bo‘yicha 
milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot 
vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalasini ko‘rib chiqdi. Bunday 
yig‘ilishlarda O‘zbekistonning ishtiroki tinchlikparvar tashqi siyosat yuritishida 
asosiy omil bo‘lib qoldi. O‘zbekistonning 1996-yil Lissabon Sammitida ishtiroki 


174 
respublika rahbariyatining xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etishga 
ham imkon berdi. Unda O‘zbekiston rahbariyati tomonidan “xavfsizlikning, shu 
jumladan, Yevropa xavfsizligining chegarasi o‘q. Shundan kelib chiqqan holda, 
bizning fikrimizcha, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining roli, 
ahamiyati, Qolaversa, mas’uliyati Yevropa bilangina chegaralanib qolmasligi
undan tashqaridan kelayotgan xavfni ham hisobga olishi kerak bo‘ladi” deb 
aytilgan so‘zlari alohida ahamiyat kasb etdi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston 
xavfsizlik muammosiga doir o‘z qarashlarini bayon etish huquqiga ega bo‘ldi. 
Prezidentimiz yig‘ilish ishtirokchilariga Markaziy Osiyo mintaqasini yadrosiz zona 
deb yana bir bor e’lon qildi. O‘zbekiston rahbariyatining mojarolar kuchayib 
borayotgan yerlarga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi fikri 
Lissabon uchrashuvining yakunlovchi hujjatiga kiritildi.
1999-yil 18-19-noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat 
rahbarlari uchun Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuv bo‘lib 
o‘tdi. Mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan Yevropada 
xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan 
edi. Yig‘ilishda O‘zbekiston rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy 
taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlikni 
ta’minlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti yig‘ilishda global ahamiyatga ega bo‘lgan terrorrizmga 
qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini kiritdi va turli qabih niyatdagilarga yordam 
berayotgan tashkilotlarni ildizi bilan yo‘qotish orqaligina mamlakatlar xavfsizligini 
ta’minlash mumkinligini alohida ta’kidladi. XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro 
terrorizmga qarshi keskin kurash davri bo‘ldi. Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining 
katta hissasini qo‘shmoqda. 
Bu o‘rinda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga 
ham to‘xtab o‘tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim 
bo‘yicha ishlar respublikada 1995-yildan boshlangan bo‘lib, bu muzokaralar 1996-
yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o‘laroq O‘zbekiston bilan 
Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi bitim 1996-yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning 
Florensiya shahrida EI davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida O‘zbekiston birinchi 
Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning «Fortezza de basso» 
qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining 
navbatdagi uchrashuv - sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi 
bu hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o‘z o‘rni va 
ovoziga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi. Mazkur bitim O‘zbekistonni 
Yevropaning rivojlangan davlatlari bilan har tomonlama aloqalari respublika 
salohiyatini yuzaga chiqarishda, demokratiya va bozor islohotlarini amalga 
oshirish yo‘lida muvaffaqiyatli harakat qilish uchun katta imkoniyat yaratdi. 
Xususan, Italiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi ilg‘or davlatlar bilan 
bo‘layotgan hamkorliklar davlatlarning iqtisodiy, madaniy aloqalarida katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim sohasidagi o‘zaro 
hamkorlikning keng ko‘lamda olib borilishi ham respublika taraqqiyoti uchun 
muhim omil bo‘lib xizmat qildi.


175 
O‘zbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkiloti, Qo‘shilmaslik 
harakati kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan ham samarali aloqalar o‘rnatdi. Bular 
orasida, ayniqsa, yuzdan ortiq a’zoga ega. 1985-yilda tuzilgan Qo‘shilmaslik 
harakati tomonidan olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston tashqi siyosatining 
asosiy tamoyillariga, xalqaro kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish, turli 
harbiy-siyosiy 
bloklar 
faoliyatida 
qatnashmaslik, 
tinchliksevarlik 
kabi 
yo‘nalishlarga to‘la mos keladi. O‘zbekiston bu tashkilotga 105-a’zo bo‘lib kirdi. 
O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosatida jahon 
hamjamiyatiga qo‘shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, 
ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifalar qatoriga 
kirdi. Shu bois O‘zbekiston jahon iqtisodiyotida integratsiyalashish yo‘lidan borib, 
Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy 
taraqqiyotga ko‘maklashuv tashkiloti va boshqa moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarga 
a’zo bo‘lib kirdi va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib oldi. Shu bilan birga 
O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar-Jahon sog‘liqni saqlash 
tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning 
bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon 
meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar 
ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni tiklab oldi. Ularning 
vakolatxonalari Respublikamizda ochildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. BMT ning 
ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan YUNESKO tashkiloti 
bilan ham Respublikamiz o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari shu kunlarda 
muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. 1994-yilga kelib esa O‘zbekiston 
Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi tashkil etildi va 
bu ham o‘zaro hamkorligimizning samaradorligini oshirishda muhim qadam 
bo‘ldi. 
1996-yilga 
kelib 
Toshkentda 
YUNESKOning vakolatxonasi ochildi. Shu 
o‘tgan vaqtdan beri O‘zbekiston va YUNESKO 
tashkiloti o‘rtasidagi aloqalar yildan yilga 
kengayib bordi.
1996-yil 
O‘zbekiston 
Prezidenti
YUNESKO qarorgohiga rasmiy tashrif bilan 
bordi. Bu tashrif chog‘ida I.A.Karimov 
YUNESKO 
ijroiya 
kengashining 
149-
sessiyasida nutq so‘zladi. YUNESKOning Bosh 
direktori va Fransiya Prezidenti ishtirokida YUNESKO qarorgohida «Temuriylar 
davrida fan, madaniyat va ma’rifatning gullab-yashnashi» ko‘rgazmasini ochdi.
O‘zbekiston bilan YUNESKOning o‘zaro hamkorligi kengayishi natijasida 
YUNESKO ishtirokida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi, 2000-
yilda 28-dekabrda esa Shahrisabz YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi. Shahrisabz bu 
ro‘yxatga kiritilgan respublikamizdagi uchinchi shahar bo‘ldi. Mustaqillik yillari 
respublikada o‘tkazilgan barcha tadbirlarda YUNESKO ishtirok etdi. Amir Temur 
tavallud topgan kunining 660 yilligi, Axmad al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, 
Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk shaxslarning yubileylari nishonlandi. 2017-yil 
sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72 sessiysida Ozbekiston tashabbusi 


176 
bilan muhim bir hujjat imzolandi, bu tarixga «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» 
rezolyutsiyasi nomi bilan kirdi. O‘zbekistonning bu taklifini BMT tashkilotiga a’zo 
bolgan 193 ta davlat keng qo‘llab quvvatladi. Bu esa O‘zbekistonning sa’yi 
harakatlariga berilgan yuksak e’tirofdir. O‘zbekistonning BMT doirasidagi 
faoliyati davom etmoqda. 
Mustaqil O‘zbekiston 2001-yilning iyun oyida «Shanxay beshligi» deb 
yuritilgan xalqaro tashkilotning XXRning Shanxay shahrida chaqirilgan sammitida 
bu tashkilotning to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi. 1998-yili tashkil etilgan «Shanxay 
beshligi»ga Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izston va Tojikiston Respublikalari 
a’zodir. Shundan keyin «Shanxay hamkorlik tashkiloti» nomi bilan yuritilib bosh 
maqsad har tomonlama hamkorlik o‘rnatishdan iborat bo‘lib, ayni bir vaqtda 
xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda tashkilotning faoliyat 
markazida turadigan bo‘ldi. Terrorizmga qarshi kurash qarorgohi (shtabi) 
Bishkekdan Toshkentga ko‘chirildi. Tashkilotning aniq vazifalari tashqi ishlar, 
mudofaa vazirliklarining kengashlarida hal qilinadi.
2005-yilning 2-iyul kuni Qozog‘istonning Astana shahrida «Shanxay 
hamkorligi» tashkilotining o‘ninchi marta uchrashuvi o‘tdi. Sammitda doimiy a’zo 
davlat rahbarlaridan tashqari Mo‘g‘uliston Respublikasining vakili kuzatuvchi 
sifatida qatnashdi. Kengash Hindiston, Pokiston va Eron davlatlarini tashkilotga 
kuzatuvchi sifatida qabul qildi va ularning vakillari sammitda ishtirok etdi. Astana 
uchrashuvi 
qatnashchilari 
«Terrorizm 
va 
ekstremizmga 
qarshi 
kurash 
konsepsiyasi»ni yakdillik bilan qabul qildi. O‘zaro iqtisodiy aloqalarni 
kengaytirish to‘g‘risida hujjatlarni imzoladi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari bilan ko‘p 
tomonlama aloqalar o‘rnatish bilan bir vaqtda taraqqiy etgan davlatlar va qo‘shni 
mamlakatlar bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirdi. Bugungi kunda Shanxay 
hamkorlik tashkiloti bir qator obro‘li va nufuzli xalqaro tashkilotlar orasida 
o‘zining munosib o‘rniga ega. 
2018-yil iyun oyida Xitoyning Sindao shahrida SHHTning 18 sammiti bo‘lib 
o‘tdi. Sindaodagi sammitda davlatlar rahbarlari Xitoyning SHHTGA raislik qilgan 
yil yakunlarini, kelgusidagi hamkorlik rejalarini muhokama qildilar. Shuningdek, 
tashkilotning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Ushbu sammit SHHT 
faoliyatida yangi davrni boshlab berdi. Sindaodagi uchrashuv tashkilotga yangi 
a’zolar-Hindiston va Pokiston qo‘shilganidan keyingi ilk Sammit. 
SHHT dunyodagi eng katta hududni va sayyora aholisining deyarli yarmisini
qamrab olgan, jahon YaIMning uchdan birini ishlab chiqaradigan eng yirik 
xalqaro tashkilotdir. 
SHHTga a’zo mamlakatlarning umumiy aholisi-3,2 mliard kishi, SHXTga 
kirgan davlatlarning umumiy maydoni 34 million km
2
dan ziyod. Jahon yalpi ichki 
mahsulotining ¼ qismi SHHT hissasiga to‘g‘ri keladi. Sindaodagi Sammitda 12 
mamlakatdan davlat va hukumat boshiqlari , shuningdek 8 ta xalqaro tashkilot va 
muassasalar rahbarlari yig‘ildi. Sammitda ko‘p tomonlama aloqalarning barcha 
sohasini qamrab olgan 23 ta hujjat qabul qilindi. Sammitda SHXTga a’zo
davlatlar o‘rtasida uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik 
to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha 2018-2022 yillarga 


177 
mo‘ljallangan Harakatlar rejasi qabul qilindi. Qabul qilingan hujjatlar ichida 
terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2019-2021 
yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi 
hamkorlik konsepsiyasi, SHHTga a’zo mamlakatlarning kelgusi besh yilga 
mo‘ljallangan narkotiklarga qarshi strategiyasi Narkotik vositalar va psixotrop 
moddalarni suiste’mol qilishning oldini olish bo‘yicha SHHT Konsepsiyasi o‘rin 
olgan. Shuningdek, SHHTga a’zo davlat yetakchilarining Yoshlarga qo‘shma 
murojaati hamda Davlat rahbarlarining savdo tartib –tamoyillarini soddalashtirish 
to‘g‘risidagi bayonoti qabul qilindi. Ana shu Sammitda Prezident huzuridagi 
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norovni SHHT 
Bosh Kotibi lavozimiga tasdiqladilar. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish