4. O‘zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi
Bugungi kunda O‘zbekistonning xalqaro maydonda tutgan keng o‘rni
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi mamlakat tashqi siyosatining o‘ziga
xos xususiyati bo‘lib qolmoqda.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul
qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan
nutqida mamlakatning tashqi siyosat qay tarzda olib borilishi xususida to‘xtalib,
«Biz tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni avvalo xalqimiz, Vatanimiz
manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda amalga oshiramiz.
Bu siyosatning asosini tinchlikparvarlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat tinch,
siyosiy yo‘l bilan hal etish tashkil etadi.
Biz bundan buyon ham uzoq-yaqindagi barcha xorijiy mamlakatlar, jahon
hamjamiyati bilan samarali hamkorligimizni davom ettiramiz. Bu borada ochiq,
do‘stona va pragmatik siyosat olib borish tamoyiliga sodiq qolamiz.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil
Davlatlar Hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar
bilan faol munosabatlar va hamkorlik olib borish O‘zbekistonning milliy
manfaatlariga xizmat qiladi.
Biz Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro
valyuta jamg‘armasi, boshqa xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan amaliy
hamkorlikni yanada rivojlantiramiz», deb ta’kidlagan.
O‘zbekiston xalqaro maydonda o‘zining pragmatik siyosatini davom ettirgan
holda, o‘z tashabbuslarini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Bu borada
194
xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, O‘zbekiston xalqaro
darajada tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etmoqda. Jumladan, «Yoshlar-2020:
global hamjihatlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari» mavzusidagi inson
huquqlari bo‘yicha Samarqand onlayn forumi o‘tkazildi. Unda taniqli xorijiy
olimlar, jamoat arboblari, BMT, YUNESKO, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro
migratsiya tashkiloti, Parlamentlararo ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik
tashkiloti, SHHT, MDH, IHT vakillari va boshqalar ishtirok etdi.
Tashabbuskorligi va pragmatizmi bilan ajralib turadigan Shanxay hamkorlik
tashkiloti (SHHT) faoliyatida ham O‘zbekiston faol ishtirok etmoqda.
Toshkentning
tashkilotdagi
yangi
faol
kursi
sharofati
bilan
2017- yildan buyon O‘zbekistonning SHHTdagi xavfsizlik, iqtisodiyot, transport,
ilm-fan, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada
mustahkamlashga yo‘naltirilgan 10 dan ortiq tashabbusi amalga oshirildi.
O‘zbekiston SHHTda yangi platformalarni yaratish bo‘yicha tashabbuskorga
aylandi. SHHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi, Temir yo‘l
ma’muriyatlari rahbarlarining uchrashuvi, Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li»
xalqaro turizm universitetini tashkil etildi.
YUNESKO
bilan
hamkorlik
faollashdi,
Toshkent
«Ta’limni
rag‘batlantiradigan shaharlar«» xalqaro tizimiga kiritildi.
O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasida YUNESKOning «Dinlar tarixini
o‘rganish» kafedrasi faoliyati tiklandi.
O‘zbekiston 2019-yil 15-oktyabrda Bakuda o‘tgan sammitda O‘zbekiston
Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashining teng huquqli a’zosiga aylandi.
O‘zbekiston o‘tgan qisqa davrda Turkiy kengashdagi ishtiroki doirasida
qator muhim tashabbuslarni amalga oshirishga erishdi. Xiva shahri «Turkiy
dunyoning madaniyat poytaxti» deb e’lon qilindi, TDHKning COVID-19
pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruhi va Transport
sohasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhi tashkil qilindi.
Mamlakatimizning Turkiy kengashda ishtiroki nafaqat Markaziy Osiyo,
balki Kavkaz va Yevropa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy
aloqalarning rivojlanishi va kengayishiga xizmat qiladi. Bu bilan mazkur
mintaqalar transport-logistika yo‘nalishlarini o‘zaro bog‘lash uchun yangi
istiqbollar yaratilmoqda, hududlararo savdoni rivojlantirish bilan birga
mamlakatlarga yangi bozorlarga chiqish, transport yo‘laklarini diversifikatsiya
qilish imkoni yaratilmoqda.
Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti(TYURKSOY) Xiva shahrini Turkiy
dunyoning madaniy poytaxti, Islom hamkorlik tashkiloti esa Buxoro shahrini islom
olamining madaniy poytaxti deb e’lon qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiy Kengashning norasmiy
sammitida 2021-yil 31-mart kuni ishtirok etar ekan, davlatimiz rahbari diniy –
axloqiy qarashlari bilan mintaqamizda ulkan e’tibor qozongan hazrat Yassaviyga
sohibqiron Amir Temur ixlos qo‘ygani hamda uning xotirasiga atab Turkiston
shahrida muhtasham maqbara bunyod etganini qayd etdi. Bugungi kunda Ahmad
Yassaviy maqbarasi barcha qardosh xalqlarimiz uchun tabarruk qadamjo
hisoblanadi. Prezident ushbu sammitda bir necha takliflarni ilgari surdi:
195
-Koronavirus pandemiya ta’siri davom etayotgan global inqirozning salbiy
oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish yo‘lida kengashning yaqin va o‘rta
istiqbolga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik stratergiyasini ishlab chiqish;
-Turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va
yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish;
-Turkiy kengash doirasida Investitsiya jamg‘armasi va Taraqqiyot bankini
tashkil etish;
-Markaziy Osiyo hududida transport yo‘laklarini rivojlantirish va logistika
infratuzilmasini kengaytirish;
-Turkiy kengashga a’zo mamlakatlardagi muqaddas qadamjolar bo‘ylab
«Tabarruk ziyorat» loyihasini amalga oshirish;
-Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning turkiy
dunyo ma’naviy-ma’rifiy hayotiga qo‘shgan beqiyos hissasini inobatga olib, fan,
ta’lim, adabiyot, san’at, ijtimoiy sohalardagi yutuqlar hamda turkiy dunyo birligini
mustahkamlash yo‘lidagi sa’y –harakatlarini rag‘batlantirish maqsadida Turkiy
kengash doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis qilish kabi
ushbu takliflar sammit ishtirokchilari tomonidan qo‘llab -quvvatlandi
O‘zining qadimgi madaniyati va islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan
hissasini inobatga olib, O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkiloti doirasida ham faol
hamkorlik qilinmoqda. 2017-yil 10-sentyabr kuni Ostona (Nur-Sulton) shahrida
o‘tkazilgan IHTning fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida a’zo
davlatlar Prezidentimizning ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifatni yanada rivojlantirish
bo‘yicha amaliy tashabbuslarini olqishladi.
Respublika rahbari tashabbusi bilan Toshkent shahrida dunyoda yagona
Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etildi.
So‘nggi uch yilda O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi
integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirdi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston
MDHning 84 organidan maqsad-vazifalari milliy manfaatlarga javob beradigan 40
dan ortig‘ida ishtirok etmoqda. So‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston MDH
Iqtisodiy kengashi, Hamdo‘stlik Parlamentlararo Assambleyasi va MDHning 18 ta
sohaviy organiga qo‘shildi.
2020 - yilda O‘zbekiston MDH tashkil topganidan buyon birinchi marotaba
Hamdo‘stlik raisligini qabul qilgani va uni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgani
ko‘p narsadan dalolat beradi.
Zamonaviy O‘zbekiston tashqi siyosati xalqaro aloqalarning to‘laqonli
subyekti sifatidagi roli va o‘rnini kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar
qatoriga kirish, respublika atrofida xavfsizlik, barqarorlik va do‘stona qo‘shnichilik
doirasini
shakllantirishga
qaratilgan.
Shavkat
Mirziyoyev
BMT
Bosh
Assambleyasi 72 sessiyasidagi nutqida ta’kidlaganidek, o‘z tashqi siyosatida
O‘zbekiston Markaziy Osiyoga asosiy e’tiborini qaratadi.
Ta’kidlash lozimki, so‘nggi to‘rt yilda mintaqaning barcha mamlakatlari
bilan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi amalga oshirildi. Mintaqa davlatlari
yetakchilari o‘rtasidagi siyosiy muloqot o‘zaro ishonchga asoslangan muntazamlik
va doimiylik kasb etdi. Bunday muloqotlar davomida Markaziy Osiyo davlatlarini
qiziqtiradigan xavfsizlik, iqtisodiyot, investitsiya, turizm, madaniyat, sog‘liqni
196
saqlash va ekologiya sohalarida mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muhim
qo‘shma qarorlar qabul qilinmoqda.
Natijada tarixan qisqa vaqtda O‘zbekistonning mintaqadagi barcha davlatlar
bilan munosabatlari tubdan yaxshilandi. Davlat rahbarlari o‘rtasida ochiq va
ishonchli siyosiy muloqotning mustahkamlanishi natijasida mintaqadagi qo‘shnilar
bilan munosabatlarda 2016-yilgacha mavjud bo‘lgan ko‘plab murakkab
muammolarga
yechim
topildi.
Prezidentlar
o‘rtasidagi o‘zaro ishonch
mustahkamlandi.
2018-yil 22-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh
Assambleyasining «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil
taraqqiyotni
ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni
mustahkamlash» rezolyutsiyasi qabul qilindi.
2018-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi
bilan Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi konsultativ
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashabbus an’anaga aylangan holda 2019-yil
29-noyabrda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining
navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sammitda prezidentlar umumiy muammolarni hal etish va mintaqada
hamkorlikka oid dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun mintaqaviy muloqot
maydoni sifatida keyinchalik ham maslahat uchrashuvlarini uyushtirishga kelishib
olishdi.
Maslahat uchrashuvi arafasida Toshkentda muhim ko‘p tomonlama tadbirlar
bo‘lib o‘tdi: mintaqadagi beshta mamlakat bosh vazirlari, va 200 dan ortiq davlat
organlari va ishbilarmonlari ishtirokida Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi,
«Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: yangi tahdid va imkoniyatlar» mavzusida
xalqaro anjuman, unda 30 mamlakatdan siyosatshunoslar va rasmiy vakillar
ishtirok etdi.
2019-yilda o‘zbek diplomatiyasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan
mintaqa uchun muhim bo‘lgan ikkita yangi rezolyutsiya qabul qilinishini
ta’minladi - «Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish» hamda
«Orolbo‘yi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon
qilish».
Shuningdek, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, sanoat ishlab
chiqarishi sohalaridagi aloqalarimiz izchil rivojlanib bormoqda. 2019-yil yakuniga
ko‘ra, ular bilan savdo aylanmasi hajmi 5,2 milliard dollarga ko‘tarildi.
Pandemiya
sharoitiga
qaramay,
2020-yilning
birinchi
yarmida
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasining umumiy
hajmi 2,17 milliard dollarni tashkil etdi.
Qozog‘iston bilan davlat chegarasi chiziqlarini delimitatsiya qilish ishlari
yakunlangan bo‘lsa, Qirg‘iziston bilan chegaraning 95 foiz, Tojikiston bilan 99,9
foiz uchastkasi kelishilgan.
Butun dunyo 2020-yil Koronavirus pandemiyasidan aziyat chekdi.
Koranavirus pandemiyasi davrida ham hamkorlikni rivojlantirish davlat e’tiborida
bo‘ldi. Karonavirusga qarshi kurash, uning oldini olish hamda mamlakat
iqtisodiyotiga salbiy ta’siri kamaytirish maqsadida 57 ta loyiha asosida
197
O‘zbekistonga boshqa mamlakatlardan (AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya,
Italiya, XXR, Singapur, Ukraina) asbob uskunalar keltirildi.
Shu bilan birga, 9 ta mamlakatga O‘zbekistonning gumanitar yuklari
yetkazildi (Ozarbayjon, Belarus, RF, XXR, Eron, Vengriya, Qirg‘iziston,
Tojikiston, Afg‘oniston).
Xorijiy investitsiyalarning oqimi va o‘zlashtirilishi 13, mlrd. AQSH dollarni
tashkil etdi. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning
umumiy investitsiyadagi ulushi 37 % ga yetkazildi (2018-yildi bu ko‘rsatkich 10,5
% ni tashkil etgan). O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritadigan davlatlar
soni 50 tadan ortdi.
Hududiy ahamiyatga ega bulgan loyihalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar va kreditlar oqimining o‘sish sur’ati 4,8 mlrd. AQSh dollarni
(shundan asosiy kapitalda - 4,2 mlrd. AQSH dollar) tashkil etib, 2018 yilga
nisbatan 4 baravar, 2017 yilga nisbatan 24 baravar ko‘paydi. Fakat xorijiy kapital
ishtirokida hududlarda umumiy qiymati 858,5 mln. AQSH dollarga teng 167 ta
loyiha foydalanishga topshirildi.
Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 42,2 mlrd. AQSH dollariga yetib,
2018 -yilga nisbatan 8,7 mlrd. AQSh dollariga yoki 26,2% ga oshishi ta’minlandi.
Ushbu natija mamlakat tarixida eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.
Bugungi kunda ham ushbu jarayon to‘xtab qolgani yo‘q. O‘zbekiston
Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surishda faol
ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi
bilan dunyo miqyosidagi ushbu o‘tkir muammoni xalqaro hamjamiyat kun
tartibiga qayta kiritishga erishildi.
2018-yil 26-27 mart kunlari Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha yuqori
darajali xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Afg‘oniston Prezidenti
Ashraf G‘ani, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy
vakili Federika Mogerini, BMT Xavfsizlik kengashiga a’zo davlatlar vakillari
ishtirok etdi. Afg‘oniston muammosini hal qilishga bag‘ishlangan bunday keng
qamrovli forum birinchi marta ana shunday yuqori darajada o‘tkazildi.
Toshkent konferensiyasi va, umuman, O‘zbekistonning Afg‘onistonga
nisbatan siyosati afg‘on mojarosini hal qilish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarning
faollashishiga, tinchlik jarayonini ilgari surishga qaratilgan mintaqaviy savdo-
iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarga ushbu mamlakatni jalb qilishga olib keldi
Bugungi kunda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash
borasida ham samarali ishlar qilinmoqda:
– «Xalqaro baxshichilik san’at festivali» (5-10 aprel, Termiz shahri), «Sharq
taronalari» (20-26 avgust, Samarqand shahri) va «Birinchi xalqaro amaliy san’at»
(10-15 sentyabr, Qo‘qon shahri) festivallari o‘tkazildi;
– Milliy madaniyat markazlari va do‘stlik jamiyatlarining rolini, shuningdek,
ularning jamoatchilik hayotidagi ishtirokini yanada oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlar dasturi tasdiqlandi;
– Toshkent shahrida xorijiy mamlakatlar ekspertlari va olimlari ishtirokida
«Markaziy Osiyo – umumiy uyimiz” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
198
Anjumanda Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorligini
mustahkamlash, madaniy-gumanitar sohada almashinuvni kengaytirish, ikki
tomonlama aloqalarni mustahkamlashda xalq diplomatiyasi rolini kuchaytirish,
xalq diplomatiyasini amalga oshirishda milliy madaniy markazlar va do‘stlik
jamiyatlarining ahamiyati va ular oldida turgan vazifalar va boshqa dolzarb
masalalar muhokama qilindi.
2019-yildan e’tiboran O‘zbekiston fuqarolari uchun «Umra» ziyoratlari
kvotasi bekor qilindi. Bugungi kunga kelib «Umra» qiluvchi fuqarolar soni 30 000
ga yetdi, «Haj» esa 5000 dan 7,200 ga ko‘paydi.
2019-yilning noyabr oyida O‘zbekistonda «Bag‘rikenglik haftaligi»
doirasida «Xalqaro bag‘rikenglik kuni»ga bag‘ishlangan tadbirlar majmuasi bo‘lib
o‘tdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish chora-
tadbirlarini amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib
chiqildi. Bunda asosiy e’tibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga
qaratildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlar “Jaholatga
qarshi ma’rifat” degan ezgu g‘oyaga asoslangan.
Mamlakatda «Jaholatga qarshi ma’rifat» degan g‘oya asosida Islom dinining
asl insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik maqsadlariga xizmat qilishini
hamda yurtimiz allomalari hayoti, ilmiy merosini dunyo hamjamiyatiga etkazish
maqsadida 2020-yilning 3-5 mart kunlari Samarqand shahrida Imom Abu Mansur
Moturidiy shaxsi va aqidaviy qarashlari, moturidiylikning mafkuraviy asosi, ushbu
ta’limotning bugungi kundagi ahamiyati muhokamasiga bag‘ishlangan “Imom
Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro
konferensiya tashkil etildi.
Ushbu tadbirda 15 ta davlatdan 55 nafar taniqli ulamolar, muftiylar,
moturidiyshunos ekspertlar, 100 nafar mahalliy olim va tadqiqotchilar qatnashdi.
Konferensiya yalpi majlisida 11 ta, sho‘ba yig‘ilishlarida 32 ta ma’ruza tinglandi.
Shu bilan birga, Imom Buxoriyning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini
yangi loyiha asosida qayta barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining
farmoyishi qabul qilindi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida jami 2276 ta diniy tashkilot va 16
ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon
tashkiloti, 166 ta xristian tashkiloti, 8 ta yahudiy jamoasi, 6 ta Baxoiylik jamiyati,
1 ta krishnachilar jamiyati va 1 ta budda ibodatxonasi, shuningdek, O‘zbekiston
konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xalqaro
diniy
erkinlik
bo‘yicha AQSH komissiyasi (USCIRF)
O‘zbekistonni «Alohida xavotirga molik davlatlar» ro‘yxatidan chiqardi.
Komissiya hisobotida O‘zbekiston tomonidan so‘ngi yillarda diniy sohada amalga
oshirilgan o‘zgarishlar e’tirof etilib, ayniqsa «Jasliq» qamoqxonasining yopilgani
alohida qayd etildi.
Mamlakatda inson huquqlarini ta’minlash sohasida esa O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
«Inson
huquqlari
bo‘yicha
O‘zbekiston
Respublikasining Milliy strategiyasi»ni tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmoni qabul
qilindi.
199
Hujjat bilan, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy
strategiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy
strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi», BMTning inson huquqlari
bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari xabarnomalari va qarorlarini
ko‘rib chiqish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining o‘zaro
hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
– 2019- yilda mamlakat Prezidenti topshirig‘iga ko‘ra 2 ta – «Mehr» va
«Mehr-2» insonparvarlik aksiyalari o‘tkazilib, ular doirasida 261 nafar O‘zbekiston
fuqarosi – asosan xotin-qizlar va bolalar Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi qurolli
mojarolar kechayotgan hududlardan o‘z vataniga qaytarildi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonning yangilangan tashqi siyosati natijasida:
-Markaziy Osiyo bilan muloqotimiz jadallashdi, munosabatlarimiz sifat
nuqtayi nazaridan yangi pog‘onaga ko‘tarildi, yangi siyosiy muhit yaratildi;
-o‘zaro ishonch va hurmat sezilarli kuchaydi;
-iqtisodiy aloqalar misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi;
-mamlakatlar hamkorligi yo‘lidagi to‘siqlar bartaraf etildi;
-mintaqa sokinlik, barqaror rivojlanish va yaxshi qo‘shnichilik hududiga
aylandi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,
bugungi kunda O‘zbekiston
Respublikasi dunyoning 130 dan ortiq davlatlari bilan diplomatik aloqalar
o‘rnatgan. Toshkentda 45 ta chet el elchixonalari, 8 ta faxriy konsullar, 19 ta
xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 18 ta xorijiy xalqaro hukumatlararo va
hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, 1 ta diplomatik maqomga ega savdo
vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xorijiy
mamlakatlarda
va
xalqaro
tashkilotlarda
O‘zbekiston
Respublikasining 47 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud.
O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lib, mamlakatimiz
turli xil ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan o‘zaro sherikchilik
aloqalarini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |