163
Nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun mamlakatimizning faxri bo‘lgan,
dunyoda «Sahrodagi Luvr» deb shuhrat qozongan I.Savitskiy nomidagi
Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak
xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi.
Qoraqalpog‘iston san’atida erishilgan muvaffaqiyatlarni keng targ‘ib etishda
rassomlar uyushmasi, I.V. Saviskiy nomidagi san’at muzeyi, tarix-o‘lkashunoslik
muzeyi katta ishlarni olib bormoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchi vakillari bilan uchrashuvda:- «Nukus
shahridagi Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi o‘zining
bebaho tasviriy san’at asarlari bilan nafaqat mamlakatimizda,
balki jahonda ham
katta shuhrat qozongan, bu нerda 90 mingga yaqin nodir eksponatlar jamlangan
bo‘lib, ularning orasida o‘zbek va rus rassomlarining asarlari, qoraqalpoq xalq
amaliy san’ati namunalari, qadimiy Xorazm davlatiga mansub yodgorliklarni
ko‘rish mumkin» degan edilar
45
. Haqiqatan ushbu
muzey qoraqalpoq xalqining
faxriga aylangan.
I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston
davlat san’at muzeyi-respublikadagi yirik
muzeylardan;
Nukus
shahrida
1966-yilda
tashkil topgan, 1984-yildan N.V.Savitskiy nomi
bilan ataladi. Muzeyga I.Savitskiyning sa’y-
harakati va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy
san’ati asarlari negizida asos solingan.
Muzeyning umumiy maydoni 6,9 ming kv.m.
Muzey xalq amaliy san’ati, qadimiy va o‘rta
asrlar Xorazm san’ati, 1920-30-yillar o‘zbek va
rus tasviriy san’ati, qoraqalpoq zamonaviy
rang-tasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma’rifiy bo‘limlar, kutubxona (10 ming
dona asar), fond hamda ta’mirlash usta-xonasiga ega. Fondida 85 mingdan ortiq
eksponat mavjud.
Yaqinda muzeyda yangi galereyalar ishga tushirildi va endi 100 000ga yaqin
san’at asarlari va artefaktlardan iborat muzey kolleksiyalarining katta qismi
galereyaga tashrif buyuruvchilar uchun namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
2017-yilda galereya kolleksiyalaridan 223 ta durdona asarlar Moskva shahridagi
Pushkin muzeyida «Nukus durdonalari» ko‘rgazmasida namoyish etildi. Ilk bor
mazkur asarlar O‘zbekiston hududidan tashqarida 1960-yilda
namoyish etilgan
bo‘lsa-da, xalqaro hamkorlikni kengaytirish muzeyni rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi qarorida nazarda
tutilgan tadbirlar - ya’ni muzeylarni yangilash va amaliyotga joriy etish,
O‘zbekiston muzeylarida xodimlarni rahbarlik lavozimlariga jalb etish maqsadida
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish
45
Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз.-Тошкент,
Ўзбекистон, 2017.
164
jamg‘armasi tomonidan I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi
davlat san’at muzeyi direktori lavozimiga ochiq xalqaro tanlov tashkil etilgan va
o‘tkazilgan edi.
Moskvadagi Rerixlar muzeyi (Sharq xalqlari davlat san’at muzeyining
filiali) direktori Tigran Mkrtichev Savitskiy muzeyi direktorligiga o‘tkazilgan
ochiq tanlovda g‘olib deb topildi.
I.V. Savitskiy nomidagi Nukus muzeyi direktori lavozimiga tanlov g‘olibi
Tigran Mkrtichev 2021-yil 2-yanvardan o‘z vazifasiga kirishdi.
Qoraqalpog‘istonning
muzeylari
va
ko‘rgazma
pavilyonlarining
faoliyatidagi eng asosiy maqsad inson ma’naviy hayotining g‘oyaviy
fuqarolik
tuyg‘ularini shakllantirish hisoblanadi. Millatlararo munosabatlarning yangi
mafkurasi millatlararo muhitning sifat jihatdan o‘zgarish jarayonlariga javob
beradigan ancha unversal, harakatchan va moslashadigan, dunyoqarashli,
axloqiy yetik ustuvorlikga ega bo‘lmoqda. Xalqning jipsligi va hamfikrliligi,
millatlararo totuvlik g‘oyasi tobora ommalashib, jamiyat
milliy iqtisodiy
rivojining muhim omili hisoblanib, milliy – madaniy aloqalar doirasi, milliy va
etnik guruhlar hamkorligi kengaymoqda.
Qoraqalpoq davlat o‘lkashunoslik muzeyi binosi, O‘zbekiston Qahramoni
Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi
istirohat bog‘i, zamonaviy imkoniyatlarga ega yirik sport majmuasi bunyod etildi.
Imom Eshon Muhammad jom’e masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga
topshirildi. Bunday o‘zgarishlar
barcha tumanlarda, qishloq va ovullarda ro‘y
berdi. Hudud iqtisodiyoti rivojlandi, aholi turmush darajasi oshdi. Eng muhimi,
odamlar buni o‘z hayotlarida sezmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: