165
2010-yil «O‘rta Osiyoning transchegaraviy ekologik muammolari: ularni hal
etishda xalqaro huquq mexanizmlarini qo‘llash» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro
konferensiyada Islom Karimov transchegaraviy daryolar va ulardan foydalanishda
adolat tamoyiliga rioya etish zarurligi, aks holda mintaqaning eko olamiga ulkan
fojialarni keltirishi mumkinligi haqida yana bir bor ommaga ma’lum qildi.
2013-yilda Orolbo‘yi uchun Amudaryo deltasidagi kichik suv havzalarini
tashkil etish, sho‘rsizlantiradigan qurilmaga ega suv chiqarish inshootlarini qurish,
himoya o‘rmonini tashkil etish kabi loyiha va tadbirlarni moliyalashtirishga
mablag‘lar ajratish rejasi tasdiqlangan.
2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi va OQXJ-ning o‘sha
paytdagi
Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi 68-
sessiyasining rasmiy hujjati sifatida «Orolning qurishi oqibatlariga barham berish
va Orolbo‘yi ekotizimi halokatini oldini olish tadbirlari Dasturi» ilgari surildi.
Global miqyosda
va
mintaqamizda
ekologik
vaziyatning tobora
yomonlashuvi va chuchuk suv taqchilligi sharoitida Markaziy Osiyoda suv
resurslaridan oqilona foydalanish dolzarb masalaga aylandi.
Orol dengizi tarihiga etibor bersak, u boy tabiiy resursi bilan mashhur
bo‘lgan. Bu dengiz biologik jihatdan boy ekotizim sifatida e’tirof etilgan. 1964
yilgacha dengiz hududi 68,9 ming kvadrat kilometrni tashkil etgan. Yiliga 30-35
ming tonnagacha baliq etishtirilgan. Noyob flora va faunasi dunyoga mashhur edi.
Afsuski, suvdan noto‘g‘ri va tartibsiz foydalanish natijasida so‘nggi 50-55 yil
ichida suv hajmi 15 barobarga tushib, sathi 29 metrga pasaydi. Dengizning qurigan
hududini oq tuz konlari egalladi. Hayvonot va o‘simlik dunyosi tobora yo‘qolib
bormoqda.
Dengizning qurib qolgan tubida vaqti-vaqti bilan chang va sho‘r bo‘ronlar
kuzatiladi. Jumladan, har yili 100 million tonnaga yaqin qum-tuz bo‘ronlari bo‘lib,
400 kilometrdan ortiq masofaga tarqaladi. Bu esa insonlarning sog‘lig‘iga jiddiy
ta’sir ko‘rsatmoqda. Hududda nafas yo‘llari,
onkologik, surunkali bronxit kabi
kasalliklar kuzatilmoqda. Atrof-muhitning buzilishi iqtisodiy ko‘rsatkichlar
pasayishiga ham sabab bo‘ladi. Hududda chorvachilik va baliqchilik sohasi
oqsamoqda. Iqtisodiy zarar ko‘rsatkichi ortib bormoqda.
Orol dengizi fojiasi natijasida yuzaga kelgan suv resurslari tanqisligi, yer
degradatsiyasi, cho‘llanishning kuchayishi, bioxilma-xillikning keskin kamayishi
va boshqa jiddiy iqlim o‘zgarishlari jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
Orol halokati oqibatlarini yumshatish bo‘yicha mintaqa hududida 500 dan
ortiq keng miqyosli loyihalar amalga oshirildi, qurigan dengizning 350 ming gektar
maydoniga saksovul va sho‘rga chidamli o‘simliklar ekilib, butazorlar barpo etildi.
Bugun bunday hududlarning umumiy maydoni qariyb 700 ming gektarga yetdi.
Prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan 2017-2021- yillarda
Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi.
Moliya vazirligi
huzurida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi va unga 200
milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Hozirda ushbu mablag‘lar hisobidan
amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm
viloyati
aholisining
suv
ta’minoti,
turmush
sharoitini
yaxshilashga
ko‘maklashilmoqda.
166
Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining
72-sessiyasida Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish
xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol birlashtirish, BMT tomonidan Orol
fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2017 - yil qabul
qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi masalasiga jahon hamjamiyati
e’tiborini qaratgan edi.
Shuningdek, joriy yilning 7-8 iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan
«Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangi
yondashuvlar, innovatsion echimlar va investitsiyalar»
mavzusidagi xalqaro
anjumanda qabul qilingan rezolyutsiya bu borada amaliy yechim sifatida xizmat
qilishi shubhasiz.
Darhaqiqat, hozirgi kunda Orolbo‘yi hududida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni
yaxshilash, mintaqaning suv va ekologiya bilan bog‘liq muammolariga yechim
topish bo‘yicha qo‘shni davlatlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish lozimligi
yanada yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda.
Yaqinda Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tgan Orolni
qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining
majlisida Prezidentimiz ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratdi. O‘z navbatida, Orol
fojiasi oqibatlarini yumshatishda mintaqadagi davlatlarning o‘zaro hamkorligi
borasida ustuvor ahamiyatga molik konstruktiv yo‘nalishlar Markaziy Osiyo davlat
rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Prezidentimiz Orol muammosi mintaqa hayoti va kelajagiga daxldor dolzarb
masala ekani, muzokaralarda anchadan buyon to‘planib
qolgan savollar ochiq va
konstruktiv muhokama qilinganini, endi qog‘ozdan amaliy ishga o‘tilishini alohida
ta’kidlab o‘tdi. Ayniqsa, mintaqa davlatlari umumiy manfaatlaridan kelib chiqqan
holda, ushbu fojia oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo‘yidagi ijtimoiy-iqtisodiy
vaziyatni yaxshilash, mintaqaning suv va ekologiya bilan bog‘liq muammolariga
yechim topish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni birlashtirish lozimligi qayd etildi.
Darhaqiqat, mintaqa davlatlarining barchasi Jamg‘arma faoliyatida, jumladan, Orol
dengizi havzasidagi mamlakatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha to‘rtinchi Dasturni
ishlab chiqish va o‘zaro kelishish jarayonida to‘laqonli qatnashishi bu boradagi
umumiy muammolarni hal etish va tahdidlarni bartaraf qilishda muhim ahamiyat
kasb etishi shubhasizdir.
Davlatimiz rahbari tomonidan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish yuzasidan
taklif etilgan konstruktiv yo‘nalishlar xalqaro jamoatchilik tomonidan ham e’tirof
etilmoqda.
So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan Orol dengizining qurishi
natijasida mintaqada yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy,
ekologik muammolarni
bartaraf etishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi uch yil ichida Orolning
qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etish bo‘yicha dunyoda muqobili bo‘lmagan
ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. O‘tgan davr mobaynida qariyb 2 million
gektar maydonda o‘rmonlashtirish ishlari amalga oshirilib, saksovul va cho‘lga
chidamli boshqa o‘simliklar urug‘lari sepildi.
Shuni alohida qayd etish joizki, Orol dengizining qurigan tubini
o‘rmonlashtirish borasida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik mintaqa
167
ekotizmini barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu chora tadbirlar
tabiiy resurslar degradatsiyaning, shuningdek, dengizning qurigan tubidan qum va
chang ko‘tarilishining oldini olishni ta’minlaydi.
Bugun Qoraqalpog‘istonda hayot butunlay o‘zgarmoqda.
Barcha shahar va
tumanlar, qishloqlar, mahallalar yangicha qiyofa kasb etmoqda. Zamonaviy
korxonalar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, sport va ijtimoiy sohaning boshqa
obyektlari, kommunikatsiya tarmoqlari qurilmoqda. Bu esa, Qoraqalpog‘iston
Respublikasining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi tutgan o‘rnining
tobora oshib borayotganligidan darak beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bularning hammasi bizlar uchun cheksiz
faxr-iftixor emasmi? Yangilangan,
tobora yasharib, ko‘rkam bir diyorga
aylanayotgan
Qoraqalpog‘istonimizning
o‘rni
O‘zbekistonda
yarqirab
ko‘rinmoqda. Nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham, dunyoning
boshqa davlatlarida ham bu maskanga bo‘lgan qiziqish, e’tibor, hurmat
ortayotganini ko‘rib quvonamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: