7- mavzu. Areal lingvistikada innovatsiya masalasi
Reja:
1. Lingvistik hodisaning yuzaga kelishi.
2. Innovatsiyani aniqlashda tillar va dialektlar hamkorligi.
3. Muayyan dialektal hodisaning taraqqiyot xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar
:
innovatsiya, innovatsiya markazi, til va
dialektlar hamkorligi, idiom.
Areal lingvistikada innovatsiya masalasi o‘ziga xos ravishda
tushuntiriladi. U muayyan
izoglossaning chiqib kelish, tarqalish nuqtasini,
markazini bildiradi. Demak, areal lingvistikada innovatsion markaz asosiy
tushunchalardan
biri
hisoblanadi.
Innovatsiya
markazi
tushunchasini
quyidagicha izohlash mumkin.
1. Har bir lingvistik hodisaning paydo bo‘lish nuqtasi, u aniq belgilanishi
kerak va shu hodisaning boshqa yerda ham paydo bo‘lganligini inkor etadi.
Borshqacha aytganda, bu masalada ikkilanish mumkin emas.
Oltoyshunoslik,
turkologiya hozirgi turkiy tillar va oltoy guruhiga kiradigan tillardagi leksikada
aksariyat faol so‘zlar oltoy tiliga mansubliki isbot qilingan, umlaut hodisasi
turkiy tillardan uyg‘ur tilida rivojlangan, labial singarmonizm qirg‘iz tilida har
tomonlama o‘ziga xosligi namoyon bo‘lganligi uchun ko‘rsatilgan
izoglossalarning vatani shu tillar hamda innovatsiya markazi deb yuritiladi.
2. Innovatsiya til va dialektlar hamkorligi bo‘lgan joylarda paydo bo‘ladi.
Agar bir til yoki bir sheva amal qiladigan hudud bo‘lsa, bu o‘rinda innovatsiya
haqida fikr yuritish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Innovatsion markazni aniqlashda til va
dialektlar hamkorligi, yaʼni bir necha til va dialektlar aralash va qo‘shni
faoliyatda bo‘lgan hududlarda aniqlash to‘g‘risida fikr yuritiladi. Masalan,
turkiy tillar o‘zaro va tashqi muhit, boshqa tizimdagi tillar bilan birga yashaydi.
U yoki bu izoglossaning innovatsion markazini aniqlashda ana shu “begona” til
va shevalarni inkor qilish asosida erishiladi.
3. Izoglossalar tarixini o‘rganish orqali innovatsiyani aniqlash mumkin.
Izoglossalar tarixini o‘rganish ancha murakkab hisoblanadi. Innovatsion
markazni aniqlash ayni zamonda u yoki bu izoglossaning tarixiga kirib borish
demakdir. Til tarixi aslida izoglossalar tarixidan iboratdir. Maʼlumki, til tarixiga
kirib borgan sari aniqlik darajasi, yaʼni markazni
aniqlash shu darajada
ravshanlashib boradi. Shuning uchun ham til tarixini o‘rganish izoglossalarning
innovatsion markazini o‘rganishda muhim omil hisoblanadi.
Til va dialektlar hamkorligi.
Muayyan hududda bir necha tillar faoliyatda
bo‘ladi, yaʼni til hamkorligi muayyan hududdagi tillarni qamrab oladi
(vibratsiya): boshqird-tatar, qirg‘iz-o‘zbek, qozoq-o‘zbek yoki qarindosh
bo‘lmagan tillar va shevalarni qamrab oladi. Bunday aloqada tillar va shevalar
kesishishadi. Bunda shunday zonalar paydo bo‘ladiki,
ularda bir til emas,
aloqada bo‘lgan tillar va dialektlar uchun umumiy bo‘lgan izoglossalar tizimi
paydo bo‘ladi. Bunday zonalar rus tilida vibratsiya tushunchasi bilan beriladi.
Uni shunday maʼnoda tarjima qilish mumkin emas, balki bu zonalar o‘zbek
tilida oraliq zonalar ded yuritilishi lozim. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasining shunday hududlari borki, ularda turkiy tillardan tashqari tojik
tili bilan hamkorlik qilinadi. Buoraliq zonada ham o‘zbek, ham tojik tili
izoglossalari qatnashadi. Bu fanda interferensiya deb ham yuritiladi.
Toshkent
viloyatining ayrim tumanlarida o‘zbek va qozoq xalqlari aralash va qo‘shni
yashaydiki, ularning tili hamkorligi kuzatiladi. Ular ham oraliq zonani tashkil
etadi.
Til hamkorligi va idiomlar.
Idiom tushunchasi qarindosh tillar bilan
bog‘liq bo‘lib, bir til oilasiga mansub tillar hamkorligi ham mavjud, lekin bir til
oilasidagi barcha tillar ham hamkor bo‘la olmaydi, balki, madaniy iqtisodiy va
hududiy aloqalari bo‘lgan idiomlargina hamkor bo‘lishi to‘g‘risida fikr
yuritiladi. Masalan, o‘zbek tili yoqut, hakas tillari bilan hamkor bo‘la olmaydi,
chunki u hudud umumiyligiga ega emas. Turkiy tillar (idiomlar)ning Markaziy
Osiyo areali borki, ular tili hamkorligi mavjud. Bu borada ko‘p
fikrlar va
misollar keltirish mumkin. Til hamkorligi tushunchasi, baʼzi adabiyotlarda til
ittifoqi (soyuz) deb yuritilgan.
Izoglossalarning taraqqiyot xususiyatlari.
Turkiy tillardagi va o‘zbek
shevalaridagi, deyarli, barcha fonetik, leksik
va morfologik hodisalarning
izoglossa sifatidagi taraqqiy qilish xususiyatlari haqida fikr yuritish mumkin.
Lekin ularning barchasi fanda hali mukammal o‘rganilgan emas. Fanda ko‘proq
ā lashish va j (dj)lashish to‘g‘risida maʼlumotlar keltiriladi.
Maʼlumki, turkiy tillar uchun ā unlisining qo‘llanishi xarakterli emas.
Shunday bo‘lsa-da, bu unli o‘zbek tilining adabiy shakli, shahar tipidagi
shevalarida, qisman, singarmonizmli shevalarida ,
boshqird, tatar tillarida
qo‘llanmoqda. Turkiy til va shevalarida bu unlining qo‘llanishi bilan bog‘liq
eʼtiborga olish mumkin bo‘lgan fikrlar bo‘lsa ham, hanuzgacha bir to‘xtamga
kelingan emas, ulardan biriuning forsiy tildan o‘zlashganligi masalasidir. j
undoshining qipchoq turkumidagi tillarda va o‘zbek tilining qipchoq shevalarida
tarqalishi ham fakt bo‘lsa-da, uning paydo bo‘lishi va baʼzan o‘zbek shevalarida
bu undoshning so‘z boshida qo‘llanishi yo‘qolib borayotgani, o‘zbek va uyg‘ur
(jil) tillarining baʼzi so‘zlarida (adabiy tilda, masalan, jo‘nalish, jun kabi)
o‘zining ilmiy talqiniga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: